Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur».
Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur.
Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor, ogoxdur.
Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur.
Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi, dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur edi.
Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan ziyoda nasiba topmas.