Hazrati Rasul alayhissalom har vaqt bir narsa olur bo‘lsalar, aytur edilarkim: «Rost tortg‘il, andek yengilroq tortg‘il». Fuzayl Ayoz rahmatullohi alayh o‘g‘lini ko‘rdiki, kishig‘a bergali oshliq tortgali turib, naqshning orasig‘a kirib qolg‘on kirni pok qilib tortti. Fuzayl dediki, «Bu ishing hajdagi umradin fozilroqdur. Salaf rahmatullohi alayh aytur: «Kishikim, ikki (xil) tarozi tutquvchi bo‘lsa, andin fosiqroq odam yo‘qdur». Ya’ni, olmoq uchun og‘ir va sotmoq uchun yengil tutguvchidan fosiqroq kishi yo‘qdur. Bas, xamma musulmonlarga vojibdurki, savdo va muomala ishida rostlik va adolatni lozim tutgay. Haq subhonahu va taolo xabar berur:
«Va in minkum illo voriduho kona ala robbika hatman maqziyyan». (Maryam, 71).
Oyatning mazmuni: «Hech kishi yo‘qdurki, do‘zaxga kirmagay, faqat ul kishi xalos toparki, rostlik va adlni lozim tutubdur».
To‘rtinchi vajh ulki, matoning narxida hech makr va firib qilmagay. Rasul alayhissalom nahiy qilibdurlar, ul ishniki, savdogar barchadan avval karvonning oldiga borib. shahardagi narxni yashirib, matohni arzon narxda Oltaylar. Kishi bu tariqa ish qilsa, matoh egasiga lozimdurki, qilingan bayni, ya’ni savdoni bekor qilgay. Va yana aytibdurlar: «Matohni o‘z bahosidan ortiqroqqa yana birovga qimmatbahoga olib bermagay». Harchand bunday savdolarga zohir shariatda durustligiga fatvo berurlar, va lekin haqiqatda gunohkor bo‘lurlar.
Tobe’inlardan birlari o‘z xizmatkorini Basra shahridan Tus shahriga savdoga yubordi. Xizmatkor xojasiga maktub bittiki, «Bu yil shakarga ofat yetti. Bu xabar hammaga oshkor bo‘lguncha shakarni ko‘p sotib olsunlar». Esa xojasi ko‘p shakar oldi. Bir muncha vaqtdan keyin shakarni sotib, o‘ttiz ming dirham foyda qildi. Xoja taammul qilib (o‘ylab ko‘rib) dedikim, «Shakarga ofat yetganini xalqdan yashirib, musulmonlarga makr va firib berib edim, bu nechuk ravo bo‘lgay?» deb, o‘ttiz ming dirhamni olib, shakar sotguvchi qoshiga borib dedi: «Bu sening haqingdur». Shakar sotgan dedikim: «Nima uchun?» Xoja voqeani bayon qildi. (Shakar sotuvchi) «Bay’i savdoni o‘z ixtiyorim birla qilgan edim, senga baxsh qildim», deb olishga unamadi. Xoja uyiga qaytib, kechasi o‘y-andisha qilib, dedikim: «Shoyad m gndan uyalib olmag‘ondur». Ertasi (Yana shakar Oltan joyiga borib) o‘ttiz ming dirhamni zo‘r birla berib qaytdi. Bilgilki, olmoq va sotmoq ishlarida makr va firib yoki ziyon bo‘lgudek ishni zinhor qilmasinlar. Bas, bu bobning tafsili uzoq edi, munchalikka muxtasar qildim.