Talabalar shaharchasi
Yurtboshimizning yoshlarga bo'lgan alohida e'tiborlari tufayli Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11-fevraldagi 60-sonli haroriga binoan "œYoshlik" talabalar shaharchasi mustahil ma'muriy xudud sifatida tuzilgan. Ushbu hududning maydoni 600 gektardan ko'proq bo'lib, 9 ta mahallalarda 42 mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi.
Mahallalar nomlari: Universitet, Ziyo, Chiqatoy Oqtepa, Xislat, Beruniy, Beruniy maydoni, Shifokorlar, Baxouddin Naqshbandiy, Mirzo G'olib.
Shaharchada respublikamizda eng nufuzli oliy o'quv yurtlari O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, bundan tashqari Toshkent Madaniyat, Bank, Politexnika, Tibbiyot, Maishiy xizmat ko'rsatish kollejlari, Glier nomli respublika musiqa akademik litseyi va yuqorida nomlari aytilgan o'quv yurtlarining akademik litseylari faoliyat ko'rsatmoqda. Toshkent Davlat Yuridik, Moliya institutlari o'quv korpuslarining bir qismi va talabalar turar joylari hamda Toshkent Davlat Aviatsiya, San'at institutlari talabalar turar joylari joylashgan. Muxtasar qilib aytganda, shaharcha hududidagi 26 ta o'quv muassasalarida 41 mingdan ko'proq talaba va o'quvchilar ta'lim olmoqdalar va malakalarini oshirmoqdalar.
Xukumatimiz tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O'zMU, ToshDTU, Toshkent Aviatsiya, Toshkent Moliya, Toshkent Davlat San'at institutlari talabalar turar joylari zamon talablari darajasidagi talabalar turar joylariga aylantirildi.
Shaharchadagi O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Texnika universiteti hududlarida stadion, sport majmualari, tennis kortlari, voleybol va basketbol maydonchalari qayta ta'mirlanishi bilan birga ikkita gimnastika zali, ikkita yopik suzish havzasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
"œYoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi ta'lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligida o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda talaba yoshlarni vatanga muhabbat, fidoiylik ruhida tarbiyalash va barkamol inson bo'lib etishishlari, bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari hamda sport bilan shuhullanishlariga imkoniyatlar yaratish va sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish borasida muntazam faoliyat olib bormoqda.
Respublikamiz rahbariyati tomonidan yoshlarga doimiy ravishda alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ularning o'qish, dam olish va yashash sharoitlarini yaxshilash borasida hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bevosita Sizning rahbarligingizda 2005 yilning iyun oyidan boshlab "œYoshlik" talabalar shaharchasi hududida joylashgan, deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan O'zbekiston Milliy universitetiga tegishli 9 ta talabalar turar joyi, Toshkent Davlat Texnika universitetiga tegishli 8 ta talabalar turar joyi, talabalar profilaktoriysi va 32-sonli talabalar poliklinikasi hamda "œYoshlik" talabalar shaharchasi talabalar ma'naviyat va ma'rifat markazi to'liq ta'mirdan chiqarildi va bugungi kun talablari darajasida jihozlandi. Talabalarga xizmat ko'rsatuvchi qora-qamish dehqon bozori "œYoshlik" talabalar shaharchasi shahobchasi, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, umumiy ovqatlanish oshxonalari ta'mirdan chiqarildi. Shaharcha hududida ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar tomonidan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, 16000 tupdan ziyodroq igna bargli daraxtlar, 8000 ga yaqin mevali daraxtlar, 7000 ga yaqin manzarali daraxt ko'chatlari hamda 250000 tupdan ortiqroq gul ko'chatlari ekildi. Shaharchaga qadam ranjida etgan har bir kishi shaharchani umuman boshqacha tus olganligini ta'kidlamoqda. Shaharcha hududida bo'lgan chet ellik delegatsiya vakillari (Yaponiya, Rossiya) talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib yuqori darajada baholadilar. Ayniqsa shaharcha hududidagi talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar yaratilgan shart-sharoitlar uchun yurtboshimizga o'zlarining minnatdorchiliklarini bildirib kelmoqdalar.
Yurtboshimizning tashriflaridan so'ng "œYoshlik" talabalar shaharchasida bir muncha ijobiy ishlar amalga oshirildi:
- "œYoshlik" talabalar shaharchasida
www.yoshlik-city.uz sayti yaratildi. Bugungi kunga qadar ushbu saytga 2500 dan ortiqroq murojaat bo'lganligi aniqlandi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan 800 ga yaqin yoshlar ushbu saytga murojaat qildilar hamda "œYoshlik" talabalar shaharchasi va bu erda talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida qanday qilib tashrif uyushtirish bo'yicha murojaatlar bo'lmoqda;
- O'zbekiston televideniesi "œYoshlar" kanalida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o'qishdan bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish, olib borilayotgan ijobiy ishlarni keng ommaga etkazish maqsadida har oyda bir marotaba "œTalabalar shaharchasi" maxsus ko'rsatuvi namoyish etilmoqda;
- "œYoshlik" talabalar shaharchasi haqida yilning har choragida rangli tasvirda olib borilgan ijobiy ishlarni yorituvchi "œYoshlik" nomli axborot ma'lumotnoma chop etilmoqda;
- "œYoshlik" talabalar shaharchasi hududidagi ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida shaharcha ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyat ko'rsatib kelmoqda.