Islom dinining asosiy hissiyoti aslida fitrat, ya'ni inson tabiati birlamchiligining bir bo‘lagi, bizni dunyoga keltirgan inoyat holati -muhabbatdir, ming bir mashaqqat bilan o‘zimiz suygan Allohga qaytish istagidir. Qur'onda: «Imon keltirganlarning Allohga bo‘lgan muhabbatlari esa (ularnikidan) kuchliroqdir»[47], deyiladi. Bir narsaning asli bilmoq uni sevmoqdir.
Kelib chiqish nuqtasiga qaytish sog‘inchli shavqdir. Buning uchun Ka'ba yerdagi ramz va eslatmadan boshqa narsa emas. U Islomning go‘zal va inja poetik an'anasiga xos umumiy motivga aylanib qoldi. Alisher Navoiy Ka'baga qarab ibodat qilish aql darvozalarini ochadi, degan edi:
Bihamdik fathi abvobi ma'ni,
Nasib et ko‘nglima fath o‘lmak ani.
Ayni paytda Hoji Bayram Vali markazga intilgan holda bo‘shliq tomon chiqib borishni bunday tasvirlaydi:
Yon, ey ko‘ngil, yon, yon, ey ko‘ngil, yon,
Yonmoqdin o‘ldi dardingga darmon:
Parvona kibi, parvona kibi
Sham'iga oshiq yondi bu ko‘nglim.