Besh toifadurki, Xudoning g‘azabiga giriftor bo‘lurlar. Haq taolo agar xoxlasa, bu olamda jazo va sazo berur; xohlasa do‘zaxga solur: Avval (1) qavmki, begunoh qul va xizmatkorlariga zulm va ta’addi (g‘azab, do‘q-po‘pisa) qilurlar. Ikkinchi, ul hokimki, ra’iat aning hukmi va farmonini tutg‘ay, ammo rahbar ularga adolat va g‘amxo‘rlik qilmag‘ay. Uchinchi, kishi (boshliq bo‘lganidan kibrlanib) ahli ayolini toat-ibodatga (musulmonchilik odoblariga) targ‘ib qilmag‘ay, shariat ilmini halol va haromni ajratishni, farqlashni o‘rgatmagay (buni o‘zi ham bilmaydi). To‘rtinchi, kiraga mardikor olsa, xizmatini tamom qilganidan keyin haqini to‘liq bermas. Beshinchi, rahbar xotinining va farzandlarining haqqini bermay zulm qilsa.
Hazrati Umar r.a.ga janoza namozini o‘tamakga turib edilar, kimdir kelib, hazrati Umarning oddilariga o‘tib, namozga turdi. Namozdan forig‘ bo‘lib, o‘likni dafn qildilar, ul kishi go‘rga qo‘lini qo‘yib, aytdiki, «Ey, bori Xudoyo, agar bu odam senga osiy bo‘lgan bo‘lsa, azob qilmoqg‘a qodirsan va agar rahm qilsang, bu odam rahmatingga mux^ojdur. Saodatmandsan, ey murda, hargiz podshoh va amir emas eding, g‘avg‘ochi (ig‘vogar) va navisanda (birovlarning ustidan yozg‘uvchi) emassan, - deb g‘oyib bo‘ldi. Uni izladilar, topmadilar. Hazrati Umar r.a. aytdilarki, bu odam hazrati Iso alayhissalom edilar».
Rasul alayhissalom aytdilarki, «Voy podshoh va amirlarning holiga, voy a’moli navisandalar holigaki, qiyomat kuni ularning gisulari - sochlaridan osib, azob qilurlarki, hech xayrli amallari bo‘lmas. Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiy (boshliq) bo‘lishdan ehtiyot bo‘linglarki; ularni qiyomatda g‘ul-zanjirlar bilan bog‘lab keltirarlar. Agar amali xayr qilgan bo‘lsa, xalos bo‘lur, yo‘q esa qo‘l-oyokdariga zanjir solurlar».
Hazrati Umar r.a. aytdilarki: «Voy, ro‘yi zamin mutasaddiylarigaki, osmon va zamin podshohidan (Haq taolodan) na uqubatlar ko‘rgusidurlar. Va agar elga adolat qilgan bo‘lsa, va shariat hukmlarini pas tutgan (buzmagan) bo‘lsa, nafs xohishiga qaramagan bo‘lsa, xushomadlarga uchmagan bo‘lsa, rahbardan qo‘rqib va yoki sovg‘a umidi bilan hukm qilmagan bo‘lsa, oyatlar va hadislarning mazmuniga qarab hukm qilgan bo‘lsa, najot topg‘usidur».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni podshoh, amir va mutasaddiylarni keltirurlar. Haq taolo aytur: «Sizlar, qo‘ylarimning qo‘ychisi (cho‘poni) va zamin mamlakatlarining xazinachisi edingizlar, nima uchun bandalarimga ranju uqubat yetkazdinglar? Ayturlar: «Ey, Xudovando, g‘azabingdan qo‘rqutdikki, agar biz ularga siyosat va uqubat qilmasak, senga nofarmonliq qilur edilar». Haq taolo aytur: «Nima uchun sizlarning g‘azabinglar mening g‘azabimdan ilgari bo‘ladur? Va bir guruh odamlarga xitob bo‘lurki, «Nima uchun azob-uqubatni nisabiga yetkurmasdan qildinglar?» Ayturlarki: «Parvardigoro, rahm qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga bo‘ysunmadinglar».