Va abadning ma’nosi uldurki, agar hamma olamdagi tariq donalarini bir joyga yig‘salar, bir tovuqg‘a farmon bo‘lsaki, har ming yilda tariq dona.iridan birini yegay, ushbu tariqa birla olam yuzidagi tariq donalari tamom bo‘lsa, abaddan bir lahza o‘tar. Bu borada ablah munkirlar mutlaqo andisha qilmaslar va o‘zini ehtiyot qilmoqni vojib deb bilmaslar.
Bas, har kishining o‘z nafsiga shafqati va marhamati bo‘lsa, shariat yo‘liii mahkam tutg‘ay. Amiral - mo‘miniyn Ali karamallohu vajhahu dini islomni harchand dalillari bilan sharh qildilar, mulhid (dinsiz, dahriy) ishonmadi. Oxiri hazrat Ali s.a.v. aytdilarki, «Agar so‘z sening deganingdek bo‘lsa, sen ham xalosdursan, men ham. Agar mening so‘zim haq bo‘lsa, men xalos bo‘lurman, sen azobi abadiyga giriftor bo‘lursan, dedi. Bas, hazrat Alining bu so‘zlari mulhidning e’tiqodi za’ifligi jihatdan emas. (Unda oxiratga, Alloh va farishtalarga, qiyomat kuniga ishonch, etiqod yo‘q).
Bas, oxiratda mo‘‘minlar (iymonlilar)ning rohati va kofirlarning azob-uqubati hamma musulmonlarga aniq-ravshan ma’lumdir. Bilgilki, har kishi bu olamda oxirat uchun zodi roh (yo‘l ozig‘i, ma’rifiy, ruhiy oziq) topishdan o‘zga ishlar, hoyu-havas bilan shug‘ullansa bag‘oyat ahmoqdur.
Buning sababi g‘aflatdurki, bu dunyoning lazzati va rohati oxiratni andisha qilgali qo‘ymas. Ba’zi toifalar aniq ravshan dalillar bilan, ba’zi toifalar turli za’if gumon, shubhalar bilan behisht va do‘zaxning haqligini bilibdurlar, hammasiga vojibdurki, farosat aql-idrok birla ul azim xatardan hazar aylab, shariat yo‘liga, payg‘ambar alayhissalom yo‘liga pokizalik birla qadam qo‘yg‘aylar.
«Musulmonchilik unvoni» bayoni tamom bo‘ldi o‘zni tanimoq va Haq taoloni va oxiratni tanimoq birla. Bas, bundan keyin «Musulmonchilik muomalasi» ruknlarini ibtido qilgum (boshlagum)dir. Inshoollohu taolo. Vahdahu va lo sharika lah. Lahul-mulku va laxul-hamdu yuhyi va yumit. Haq taolo yagonadir, Uning sherigi yo‘kdir. Olamning bor mulki Uniki. Hamdu sanolar faqat Ungadir. U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidur.