Bir farz hususida.
Payg’ambar (s.a.v) aytadilar: "œNafsim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar yoki Alloh taolo o’z huzuridan azob yuboradi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi".
Termiziy rivoyati
Hazrati ali (r.a.) Payg’ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAgar ummatim zolimni ko’rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo’rqsalar, ular foyda bermaydigan kishiga aylanadi".
Ahmad va Hokim rivoyati
Abu Dardo (r.a.) aytadi: "œAlbatta yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar. Bu ishni ado etmasangizlar, Alloh sizlarga zolim podshohni ega qilib qo’yadi. Kattalaringizni hurmat qilmaydi, kichiklaringizga rahm etmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so’rashadi, yordam berilmaydi, istig’for aytishadi, mag’firat qilinmaydi".
Bazzor rivoyati