Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 485233 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 114 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:17:23

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AL-MOIDA» SURASINING TAFSIRI

1-   bob («Al-Moida» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)


«Hurumun» ko‘plik bo‘lib, birligi «haromun», ya’ni «ehrom kiygan, ehrom boglagan holat» «Fa-bi-mo naqzihim miysoqahum»—«Ahdlarini buzganlari sababli», «alla-ti kataballohu»—«Olloh taqdir qilgan», «tabua» — «o‘z ustingga olmogingni», «doiratun» — «yomon hodisa, kulfat» demakdur. «Al-Igro» — «undash», «ujuruhunna» — «mahr-larini», «al-muhaymin» — «Qur’onga hamda undan burungi barcha kitoblarga iymon keltirgan shaxs» degan ma’noda-dur»,— deydi bir  mufassir.  Sufyon «Mening uchun Qur’onda «lastun alo shay’in hatto tuqiymuu-t-tavrota val-injiyla va mo unzila ilaykum min rabbikum» — «toki Tavrot va Injilga hamda parvardigoringizdan o‘zlaringiz-ga nozil qilingan barcha narsalarga amal qilmas erkansizlar, (to‘g‘ri) yulda bo‘lolmaysizlar» degan oyatdan ko‘ra kuchliroq oyat io‘q «Maxmasa» — «ochlik», «man ahioho», ya’ni «kimki bir kishini nohaq o‘ldirilmog‘idan saqlab qolsa, (go‘yo barcha odamlarni nohaq o‘ldirilmog‘idan asrab qolgandek bo‘ladi)», «shir’atan va minhojan» — «shari’at va sunnat (bergandur)», «Fa-in usira» — «Agar xabar topilsa agar ma’lum bo‘lib qolsa», «al-avlayoni» — «ikkisi hammadan yaqinroq» demakdur»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:17:37

2-   bob Olloh taoloning qavli: «Bugun men sizlarga diyningizni mukammal qilib berdim»

Ibn Abbos: «Maxmasa—ochlik» degani deydilar.

Toriq ibn Shihobrivoyat qiladilar «Yahudiylar Hazrat Umarga «Sizlar bir oyatni qiroat qilursizlar, agar o‘shal oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘shal kunni bayram qilib olur erdik!»—deyishdi. Hazrat Umar: «Men bu oyatning qachon va qaerda nozil bo‘lganidan bexabarman»,— dedilar. Yahudiylardan biri: «Xudo haqi, men arafa kuni bu oyat nozil bo‘lganida Janob Rasulullohning qaerda turganlarini bilaman!» — dedi. Sufyon: «Ushal kun jum’amidi, yo‘qmidi, aniq bilmayman»,— deydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:17:55

3- bob Olloh taoloning qavli: «Agar suv topolmasangizlar, ul holda pok  tuproqqa tayammum qilingizlar...»

«Tayammamuu» — «(astoydil) niyat qilingizlar» «Ommiyna» — «kelib tururlar» deganidur «Amamtu» va «tayammamtu» bir ma’noda

Ibn Abbos «Lomastum», «tamassuuhunna», «vallotiy daxaltum bihinna» va «al-ifzo» so‘zlarining barchasi ayolga yaqinlik qilishni anglatadi»,— deydilar.

Payg’ambarimizning xotinlari Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasulullohning safarlaridan birida u kishiga hamroh bo‘ldik. Baydo’ nomli joyga yetganimizda mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Rasululloh uni qidirish uchun to‘xtadilar. Odamlar ham to‘xtashdi. Qaqragan cho‘l bo‘lib, odamlarda ham suv yo‘q erdi. Ko‘pchilik Abu Bakr Siddiqning oldilariga borib «Ko‘rmaysizmi qizingiz Oishaning qilgan ishini, Rasulullohni va odamlarni to‘xtatib, yo‘ldan qoldirdi?»—deb shikoyat qilishdi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu tepamga kelganlarida Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlab yotar erdilar. Abu Bakr «Sen Rasulullohni ham, boshqalarni ham suvsiz cho‘lda yo‘ldan qoldirding, odamlarning o‘zlarida ham suv yo‘q» — deb menga dashnom berib, ko‘ksimga turta boshladilar. Rasululloh tizzamda uxlab yotganlari uchungina meni yiqitib yubormadilar. Tong otganda Rasululloh uyg‘ondilar, ammo suv yo‘q erdi. Shunda Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi. Usayd ibn Hazir menga: «Ey Abu Bakr zurriyoti, bu muruvvat sizning sharofatingiz birlan bo‘ldi!» — deb xursandchilik izhor etdi. Keyin o‘zi mingan tuyani joyidan qo‘zgatgan erdik, marjonim uning tagidan chiqdi».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:18:03

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Baydo’da mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Madinaga yetay deb qolgan erdik. Payg‘ambar alayhissalom tuyani cho‘ktirdilar. Tuyadan tushib, mening quchog‘imda uxlab qoldilar. Abu Bakr kelib mening ko‘kragimga qattiq turtdilar-da «Marjoningni deb odamlarni yo‘ldan qoldirding!»—dedilar. Jonim qattiq og‘ridi, lekin Rasulullohning uyg‘onib qolishlaridan xavotir olib, qimirlamadim. Nihoyat, Rasululloh uyg‘ondilar subh namozi yaqinlashgan erdi, suv topolmadilar. Shu payt «Ey mo‘minlar, namoz o‘qimoqchi bo‘lsalaringiz» degan oyat nozil bo‘ldi Shunda Usayd ibn Hazir menga «Olloh taolo siz tufayli odamlarga muruvvat qildi, ey Abu Bakr zurriyoti! Sizlar Olloh taolo odamlarga ato etgan bir marhamatdursizlam!» — dedi»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:18:28

4-bob. Olloh taoloning qavli: «O’zingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib  kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Badr kuni Miqdod: «Ey Ollohning rasuli, Banu Isroilning Muso alayhissalomga «Uzingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz» degan gapini biz sizga aytmaymiz, aksincha bizni yetaklangiz, biz siz birlan birgamiz!» — dedi. Bu gap Janob Rasulullohni mamnun qildi. Miqdodning Janob Rasulullohga shunday deganini Toriq ham rivoyat qilib tasdiqlaydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:18:50

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh va uning rasuliga qarshi urush olib boruvchi va mamlakatda buzg‘unchilik qiluvchi odamlarning jazosi shuldurkim, ular qatl qilinsinlar yokim dorga osilsinlar yohud qo‘lu oyoqlari qarama-qarshi tarafidan kesilsin yo ular mamlakatdan badarga qilinsinlar»

«Al-Muhoraba lillohi» — «Ollohga ishonmaslik»dur.

Salmon Abu Rajo rivoyat qiladilar: «Abu Qiloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdulazizning taxtlari orqasida o‘ltirgan erdilar. Saroy a’yonlari turli narsalar haqida so‘zlashishdi. So‘ng, qasam haqida gap ketdi, shunda barcha xalifalar ham qasamga binoan qasos olmoqni amr qilganlar, deb aytishdi. Xalifa o‘z orqalarida o‘ltirgan Abu Qilobaga qarab: «Ey Abdulloh ibn Zayd, bu masalada sizning fikringiz qanday?» — deb so‘radilar. «Shunda men,— deydilar Abu Qiloba,— uylangandan keyin zino qilgan kishi, birovni nohaq o‘ldirgan kishi va Olloh birlan uning rasuliga qarshi urush qilgan kishigina o‘ldirilishi kerak, deb bilurman»,— dedim. Anbasa o‘rnidan turib: «Anas bu haqda bizga unday va bunday deb rivoyat qilib bergan erdilar»,— dedi. Men (ya’ni, Abu Qiloba): «Anas ibn Molik menga ham shul haqda bunday deb rivoyat qilgan erdilar, ya’ni: «Bir qavm Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, islomni qabul qildi. So‘ng, ular: «Bu yerning havosi bizni ilgadi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Cho‘lda bizning tuyalarimiz bor, u yerga borib, tuya suti va siydigidan ichib davolaningizlar!»—dedilar. Ular cho‘lga borib, tuya suti va siydigidan ichib shifo topishdi. Keyin, islomni qabul qilib ichgan qasamlarini buzishib, tuyabonni o‘ldirishdi-da, tuyalarni haydab ketishdi. Aytingizlarchi, ularning islomdan qaytib, odam o‘ldirib, o‘grilik qilganlaridan ham ogirroq gunoh bormi?!»—dedim. Anbasa: «Subhonalloh!»—dedi. «Meni yolgonchi, deb o‘ylayapsanmi? Anas xuddi shunday rivoyat qilib berganlar»,— dedim men. Anbasa o‘ltirganlarga: «Ey Shom ahli, modomiki mana shu odam (Abu Qiloba) oralaringizda bor erkanlar, xayriyatga erishaverasizlar!» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:19:02

6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetkazilgan jarohatlar uchun qasos olinadi»

Humayd raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan nakl qiladilar: «Anas ibn Molikning ammalari Rabi’ bir ansoriya qizning tishini sindirib qo‘ydi. Qiz tomondagilar qasos olmoqni talab qilib Rasulullohning huzurlariga kelishgan erdi, ul zot qasos olmoqni buyurdilar. Anas ibn Molikning amakilari Anas ibn an-Nazr: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, singlimning tishini sindirmangiz!» — dedi. Rasululloh: «Ey Anas, Ollohning buyurgani qasosdur!» — dedilar. Keyin, qizning qarindoshlari o‘zaro maslahatlashib, singan tish evaziga tovon olishga rozi bo‘lishdi. Rasululloh: «Ollohning shunday bandalari borki, qasam ichsalar, unga vafo qiladilar!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:19:13

7-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni (ummatingizga) yetkazingiz!»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Kimki sizga: «Muhammad Olloh nozil qilgan narsalardan birortasini yashirdi»,— desa, shubhasiz, u yolgon gapiribdi, chunki Olloh: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni yetkazingiz!» — degandur».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:19:27

8- bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarni bil-may og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi»

Oisha raziyallouu anho bunday deydilar: «Mana bu «Olloh sizlarni bilmay ogzingizdan chikib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi» degan oyat kishining «Yo‘q, xudo haqi!», «Ha, shunday, xudo haqi!» deb qasam ichishi haqida nozil qilingandur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr Siddiq, Olloh taolo qasam kafforati haqidagi oyatini nozil qilguncha, bir marta xam qasamlarini buzmagan erdilar. Oyat nozil bo‘lgach: «Men bo‘lar bo‘lmasga qasam ustiga qasam ichmagayman, agar ilgari ichgan qasamim ustiga qasam ichmogim zarur bo‘lsa, Olloh taoloning ruxsatini qabul qilgayman-da, so‘ng boshqa qasam ichgayman»,— der erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:19:38

9-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!»

Abdullohu ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Rasululloh birlan birga gazotga chiqur erdik. Xotinlarimiz uyda qolur erdi. Shunda biz: «Uzimizni bichib qo‘ymaymizmi?»—deb o‘zaro so‘zlashdik. Janob Rasululloh bizni bundan qaytardilar. Shundan keyin, (begona) ayollarga (ular rozi bo‘ladirgan) mablag evaziga (vaqtinchalik) uylanishga ijozat berdilar. Keyin, ushbu «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!» degan oyatni qiroat qildilar». (Bu hadisda rivoyat qilingan voqea islomning boshida bo‘lgan bo‘lib, ayollarga muvaqqat uylanishga ruxsat jihodda yurgan musulmonlar uchun yengillik tariqasida berilgan erdi. Bunday vaqtinchalik nikohni Rasululloh keyinroq harom, deb man’ etganlar. Hozirda ham bunday nikoh mavjud bo‘lib, u «siyga!» nikoh. deb ataladi, unga faqat shiy’a mazhabidagilar amal qiladilar).

Qayd etilgan