Assalomu alaykum!
Bu ma'ruzani kasetada eshitgan edim.
Yaqinda pochtadan bir do'stim ham yubordilar.........
Rasulalloh salallohu alayhi vasallam 62 yoshga kirganlarida qattiq imtihonni boshlaridan o'tkazdilar. 62 yoshga kirudila, 63 yoshda olamdan o 'tganlar. Butun yaqinlaridan ayrildilar. Hadicha onamiz, qancha sahobalari, qancha do'stlari, hammalaridan ayrilgan, Vatandan ayrilgan, Makkadan Madinaga ko'chib kelgan, qiyinchiliklarni boshidan o'tkizgan shunday holatda Madinada yashab hamma imtihonlarga bardosh bilan yengib Allohga hamdu-sano aytib yurgan bu Zot(s.a.v) ohirgi paytda inson bolasi boshiqa bunaqa musibat tushsa sabr qilolmidigan imtihonga to'g'ri kep qoldila, Rasulalloh salallohu alayhi vasallam o'g'il farzand ko'rmagandila, avval Hadicha onamizdan risolatdan avvalgi holatlarida ikkita o'g'il ko'rganidila, birlari Tohir, birlari Qosim, lekin bu o'g'illari kichiligida olamdan o'tib ketgan, ba'zi tarixiy manbalarda Rasalulloh salallohu alayhi vasallamning ismlarini o'rniga Abu Qosim dib keltiriladi, Qosimni otasi deb qo'yadi, ya'ni o'g'illariga kuniya qilib keltiriladi, lekin Rasalulloh salallohu alayhi vasallam payg 'ambar bo 'lganlaridan buyog'iga o'g'il ko'rmaganlar, umuman o'g'il farzand ko 'rmagan, umuman barcha farzandlarini Hadicha onamizdan ko'rganla, lekin Rasulalloh salallohu alayhi vasallam doimo o'g'il ko'rishni orzu qilardilar, mana bizlar o'g'il ko'rsak aqiqa qilamiz, to'y qilamiz, o'g'il ko'rmase qancha ranjimiz, ey Xudo o'g'il ber diymiz, xuddi shuningdek Rasulalloh salallohu alayhi vasallam bir o'g'illik bo'lishni orzu qilardilar, lekin Alloh o'g'il bermadi, shuning uchun johillar usha paytda kofirlarda 15-20 talab o'g'il bo'lardi, xatto ulani xotinlarini sanog'i yo'g'idi, bitta kofirri 100 dan ortiq o'g'li boridi, u judayam fahralanardi, Rasalulloh salallohu alayhi vasallamni ashaddiy dushmanidi, mana shu Rasulalloh salallohu alayhi vasallam laqab chiqarib kofirlar ettiki: "Ey hafa bo'vurmela bu ABTAR, Rasulalloh salallohu alayhi vasallam abtar, dumi kesiq, o'g'li yo'q, ertaga olamdan o'tgandan keyin ishi to'htab qoladi, Abtar digani dumi kesik digani o'zbekchasiga, bu laqabni eshitib Rasulalloh salallohu alayhi vasallam hujraga kirib juda yig'ladilar, "Yo Rabbi, nahotki abtar bo'p qosam, nahotki mendan keyin ishim to'htab qosa, menga bitta o'g'il bergin dib yig'ladila, shunda Jabroil alayhissalom Qur'onni ichida eng kichkina, ammo hikmatga to'la bir surani ob keldi, "Auzu billahi minashshaytonir rojiyim, Inna atoyna kal-kavsar, fasolili robbika vanhar, inna shaniaka huval abtar", ya Rasulalloh salallohu alayhi vasallam sizga haqiqatda o'g'il bermadik, ammo sizga Jannatdagi hovzi-Kavsarni berdikku dedi Alloh Taolo, birorta payg'ambarga berilmagan bu Kavsar suv, bu Kavsar suvni nima hikmati bor, ming yil do'zaxda yotib chiqqan odamni bir piyola kavsar suvidan quyvorsa 15 kunlik oydek chiroyli qib qo'yarkan, mana shu suvni faqatgina bizni payg'ambar(s.a.v) ishlata oladila, shuni sizga berdikku "fasoli li robbika vanhar " shunday ekan namozingizni o'qing, qurbonliklarni qilovurin, "inna shaniaka huval abtar" dushmanlarni o'zini abtar qip qo'yaman diydi Alloh, kofirlani o'zi abtar bo'ldi, 100lab o'g'illariyam yordam beromidi Allohni huzurida, hammasi yo' bo'p ketti, Rasalulloh salalloh alayhi vasallam ko'ngillari ancha ravshan bo'ldi-yu, ammo bari bir otalik mehri jo'sh urib hamisha o'g'il ko'rishni orzu qilib yurdilar, keyinchalik Allohning hikmati ilohiy, Muvoiya Qiptiya digan onamizdan bir o'g'il ko'rib qoldila, 50 yoshdan o'tgan mahallarida, quvonchlari ichlariga sig'mi ketti, aqiqalar qildila, hammaga duolar qilib, judayam hursan bo'p kettila, 7 kunlik bo'ganda aqiqa qildilar, Ibrohim halilullohni orzu qilib o'g'lim Ibrohimdek bo'sin, halilullohdek bo'sin deb Ibrohim deb ism qo'ydila Payg'ambar (s.a.v), mana shu o'g'illari 5-6 yoshga kirganda kasal bo'p qoldi, Rasulallohni qalblariga chiroq yoqsa yorishmasidi, ranjib qoldila, yig'lab o'tirvurdila hujrada "Yo Rabbi, 5-6 ga kirgan bu o'g'limdan endi ayrilib qolamanmi, yo Rabbi o'zing shifoi karam ato qilgin " dib yig'lab o'tirudila o'gillari shundo yugurib chiqib qoldi, hujrani oynasidan qarasala yugurib ketyapti, bir hursan bo'lib Alhamdulillah, Subhanalloh o'g'li yaxshi bo'p qopti, duoimni qabul qipsan deb turudila Jabroil alayhissalom keb qoldila, vahiy ob keldila, odatda Jabroil alayhissalom bir a'robiy ko'rinishda kelardila, yoki hich kim ko'rmasidiyu Rasulallohni bir yuk bosardi, shunda Allohning habari kelardi, bu safar Jabroil alayhissalom keldilarda Rasulallohni yelkalariga boshlarini qo'yib yig'lab yubordila,
-Ey Jabroil nimaga yig'layapsiz?! Qiyomatni habari kep qoldimi?
-Yo'q Qiyomatni habari kegani yo'q, o'g'lim tuzalib qoldi dib hursand bo'lyapsiz, o'g'lizzi yaxshi ko'rasiz didila
-Ya Jabroil o'g'limni dunyoga ishonmiman, haqiqatda yaxshi ko 'raman, judayam o'g'limga muhabbatim baland dedila Jabroil alayhissalom yana yig 'ladila,
-Ya Rasulalloh "Men bilan kim keganini bilasmi?"
-Kim keldi ya Jabroil?
-Azroil alayhissalom keldila, Bugun o'g'lizzi ruhi qabs qilinadi, Alloh sizga hech qachon o'g'il farzand bermasakan, sizdan keyin o'g'lizzi payg'ambar maqomiga op chiqip qo'yiladi dib tashvish qilinadi, hamda bitta qalbda ikkita muhabbat jamlanmaydi, yo ummatni tanlang, yo o'g'lizzi tanlen Rasulallohni butun vujudlari qaltirab ketdi, DOD! divordila, yo Rabbi qarigan chog'imda bu qanday imtihon bo 'ldi endi, Ey Jabroil birodar, bu qando menga imtihon, qandog' bo'ldi endi, shunday o'tirib qoldila, yig'lavordila, Jabroil alayhissalom ham yig'lab turib ettilaki
-Ya Rasulalloh, hamma farishtalarni duoga qo'lini ochib qo'ydi, men o'zimam duo qilaman, sizzi duozi shubhasiz qabul, keling Allohga duo qilaylik, siz olamdan o'tguncha o'g'liz turib tursin didila
-Shundomi ya Jabroil, men o'g'limni umrini so'rashga kegan payg'ambarmasmanda, mayli ya Jabroil, men agar ihtiyor berilsa ummatni tanladim, lekin duo qiling, men ham duo qilaylikki, o'g'limni o'rniga islomga hizmat qiladigan farzandlardan sahoba ummatlarimga, ohiri zamon ummatlarimga Alloh o'g'limni o'rniga sadoqatli o'g'ilni bersa ajabmas, duo qiling dib yig'lab duo qildilar, ya Jabroil o'g'lim bilan hayrlashib olishlikka ruxsat berilarmnikin?!
-Azroil alayhissalom sizzi ishorezzi kutyapti, hayo qilyaptila, uyalyaptila Rasulalloh chiqib qarasala o'g'illari sog'lom bo'p qogan, bir nechta sahoba bolla bilan o'ynab yurganakan, yong'oq o'yinga o'hshagan bir o'yinni, qarasala ichida eng chiroyligi o'zlarini o'g'illari, go'zal xulqli, go'zal suratli, Rasulalloh salallohu alayhi vasallam uzoq o'g'illariga tikilib turdilarda
-Ey ko'zimni qarosi, buyoqqa keling didilar o'g'illari yugurib keludila, o'g'illarini boshini silab, bag'riga bosib
-O'g'lim siz safarga ketadigan bo'p qoldingizku dedila Hursan bo'lib o'g'illari
-Unday bo'sa yangi kiyimlarimni kiyib olaymikin?!
Rasulalloh yig'lab yubordila
-Ey bolam, siz kiyim kere bo 'midigan, dunyo kere bo 'midigan joyga ketadigan bo 'p qoldingiz, uyga kirib bir mehmonni ziyorat qib chiqishiz kere didila. Fahmu farosatda Rasulallohni qoni bo'lgani uchun farzanda darxol chundilar
-Unday bo'sa mana bu yong'oqni omonat oludim, berib qo'yay dedila o'g'illari Ibrohim. Bu gapni eshitib Rasulalloh dod devordila, yo Rabbi shunday omonatli, shunday sahovatli o'g'lim boridiya dedila. O'g'illari borib haligi yong'oqni o'rtolariga berib, hammasi bilan qo'l berib hayrlashdi, xuddi kottalarda ulani ba'zi birlarini yuziga yuzini qo'yib bag'riga mahkam bosdi, Jabroil alayhissalom chidamayaptila, yig'lab turiptila, yo Rasulalloh Allohg duo qiling, Allohga duo qilin dib turiptila Jabroil alayhissalom Rasulalloh yig'lab o'g'illarini tomosha qildila, hamma o'rtolari bilan qucholashdi, keldilar, Rasulallohga aytdilarki
-Ey Otajon, endi siz boshlang, chunki siz otaning ehtiromi haqida ko 'p xadislar aytgansiz, sizzi oldingizda ketsam beodobchilik bo'masin, orqezdan boraman. Bu gap yana Rasulallohga olov quydi, yo Rabbi farosatli, aqlli, taqvodor o'g'lim boridi. Orqalaridan ketdi, yo'lda sahobalar bilan ham hayrlashdi, Abu Bakr Siddiqlani quchoqladi bola, ular nima bo'layatgonani chunmaydi, nimaga Rasulalloh yig'layaptilar, nimaga bu go'dak hamma bilan quchoqlashib hayrlashyapti, hech kim chunmaydi. uyga kirishlari bilan burchakda o'tirgan Azroil alayhisallomga o'g'illari Ibrohimni ko'zi tushdi,
-Mehmon deganiniz shumi? -dedilar,
-Ha,shu o'g'lim.
-Otajon, bu mehmonga qarasam qaltirab ketyapman, qo'rqib ketyapman.
-Ey bolam, bu mehmon shunaqa odamlani qo'rqitadigan, otadan bolani ajratadigan, qabristonni obod qilib, shahristonni barbod qiladigan mehmon —dedilar
Shu zahoti o'g'illarini boshiga og'riq keldi, mahkam boshini ushlab "Boshim qattiq og'rib ketyapti" deb qoldilar, Rasulalloh o'tirdilarda "Keling o'g'lim, boshingizni qo'yvoling oyog'imga" dedilar, shunda tizzalariga boshini mahkam qo'yvoldi, Rasulalloh uni mahkam ushlab
-Ya Jabroil qaerdasiz?
-Shu yerdaman Rasulalloh
-Azroilga ayting, o'g'limni jonini sekin osin, o'g'limni qiynamasin, Allohga berdim, qiynamasdan jonini osin —dedilar Jabroil alayhissalom yig'layaptila, o'g'illari bir qaltiroq tutdida Rasulallohga bir qarab tabassum qilib bir kuldilarda jon taslim qildi. Rasulalloh o'zlari yuvdilar, o'zlari kafanladilar, o'zlari Janoza o'qidilar, o'zlari borib qabrga qo'yib, tuproq tortgandan keyin DOD deb yig'lab yubordilar, ashoblar aytdilarki -Ya Rasullaloh o'ziz qaytargan narsani o'ziz qilasizmi?! Ahir yig'lamen deyardingizku,
-Ey azizlarim, bo'gan voqeadan sizlar behabarsizlar, bugungi mening boshimga tushgan imtihon insonni boshiga tushsa toqat qilolmas edi, bugun Alloh uchun ummatimni ihtiyor qilib, o'g'limni topshirdim, agar o'g'lim sizlarni o'g'lingiz bo'lganida o'ynab yurgan bo'lardi. Hamma sahobalar yig'ladilar"¦"¦
Azizlarim, haqiqatda Rasulalloh salallohu alayhi vasallam orzu qildilarki, "Meni o'g'limni o'rniga meni ummatimdan o'rnini bosadigan o'g'illar chiqadi" deb, endi bir fikr qilaylikchi, biz shunaqa farzand bo'lib boryapmizmikin?! Ya Rasulalloh salallohu alayhi vasallam, o'g'lingizni bizning o'rnimizga fido qilganakansiz, biz shunga loyiq farzand bo'ldik diyapmizmi?! Yoki bizga bergan farzanlarni shunga munosib tarbiya qilyapmizmi, mana sizni o'g'lingizni o 'rniga namozxon, ibodatchi o'g'il ob keldik deyapmizmi, yo ichuvchi, benamoz, baddoh o'g'il op keldik deyapmizmi?! Qiyomatda qaysinisini aytamiz, qaysi yuz bilan, qaysi dil bilan Rasullaloh salollohu alayhi vasallammi oldilariga boramiz, ammo azizlar Rasulalloh salallohu alayhi vasallam shunday holatda ham bizni ihtiyor qildilar, bizni ihtiyor qilib bu imtihondan o'tib kettilar, oradan bir yil o'tmasdan o'zlari ham bu dunyodan rixlat qildilar, endi shunday holatda ham "Ummatim, Ummatim, Ummatim" degan zotni ismlarini eshitganda "Alayhissalom yoki salallohu alayhi vasallam" deb qo'ymagan inson, ummat Jabroil alayhissalomni duoibadlariga uchraydi (Jabroil alayhissalom Pay'gambarimiz (s.a.v) ni oldilarida turganlarida 3 marta duoibad qiganla, bu 2-duoibad, ya'ni Sizzi muqaddas ismizzi eshitganda salovot etmagan odam xor bo 'lsin, zor bo'lsin, burni bilan yerga ishqalanib do'zaxga tashlansin diganlarida, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallam "Amin" diganakanla"), ushanchun qatta eshitishizdan qat'iy nazar ichizda bo'sayam SALALLOHU ALAYHI VASALLAM deb qo'yin, har kuni etin, ILTIMOS!