Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 751806 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 155 B


Ziyovuddin  06 Avgust 2009, 09:34:39

кукнорихаёл
:as:
Nima digani u... Ma`nosi nima?

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Avgust 2009, 15:25:30

Bir kuni buvim bilan Qur'on ta'limini birga olgan, Umra ziyoratidan aytgan onaxonni ziyorat qilish uchun bordik. Uyga kirib bordik uyda bizdan boshqa ayollar ham ko'p ekan. Mashalloh onaxonga hoji ona bo'lish juda yarashgan ekan. Onaxon hikoyalarini boshladilar.
-Biz diniy qo'mita bilan kelishilmagan holda ketgan edik, yani sayohatchi tarzida, bizni bu yerdan Dubayga olib borishdi, hali Makkaga ruhsat yo'q deb. 6 kun turdik hamki ruhsat yo'q. Na tomoig'imizdan ovqat o'tadi, na uxlagandek bo'lamiz.
Aeroportga chiqdik, bizni guruhni o'tkazmaymiz deyishdi sababi guruh bilan mumkin emas ekan. Shunda ichimizda bir kishi kelinglar tinmasdan istig'for aytaylik dedi. Shu yerga kelganda onaxonni ko'zlarida yosh ko'rindi, Allohni biz gunohkor noshukurlarga qilgan mehribonchiligini qarangki, 5 minut oldin oyog'ini tirab turgan yigitni o'zi bizni chaqirib bitta-bitta samolyotga chiqarib yubordi. Makkaga keldik...Ey voh shunaqangiyam chiroyli joy bo'ladimi a, debman.
Onaxon hikoya qilar ekanlar ko'zlaridan tinmay yosh quyilardi, o'tirganlar hammasi xavas bilan qarashdi.
Madinaga keldik, deb hikoyani davom ettiradilar onaxon.
Tog'larga qaradim, yo Allohim shu tog'larga Rasululloh  :sw: ning ko'zlari tushgan ediya, naxot men ham shularga qarayapman deymanu, tinmasdan yig'layman.
Onaxonni gaplarini eshitib, har qanday muslimni ham o'sha yerlarga borish uchun ishtiyoqi oshadi.
Allohim barchamizga o'sha duolar ijobat, tavbalar qabul bo'ladigan makon ziyoratini nasib qilsin, amin...



Bu postni o’qib maniyam esimga bir holat tushdi.
2 yil oldin qishda hunar o’rganish maqsadida Qo’qonda 2 oycha bo’lgandim.
Bu orada Qurbon hayiti yaqinlashayotgandi.

Ustozimni xolalari (yoshlari taxmiman 60 dan oshgan) Haj safariga boradiganlar qatorida ekan. Ayoliga ruxsat berib, turmush o’rtog’lariga ruxsat berishmabdi.
Xola Hajga ketguncha rosa tayyorlandilar, ustozim xolam Hajda kiyadilar deb oppoq hijob tikib berdilar. Xola har kelganida yig’lar, boshqa bu yerlarga qaytib kelmaydigandek tinmay "œU yerlarda o’lib ketsamchi" deya qayta qayta gapirardi.
Bu xolani o’rnida bo’lib qolish uchun butun borlig’imni so’rashsa berishga tayyor edim.
Hojilar Hajga borib kelgunlaricha man ham o’zimni Hajda tasavvur qilaverardim.
Makka Madinada ibodatlarni ado etayotganim ko’z oldimga kelaverardi.
Har gal shular hayolimdan o’tsa ko’zim yoshga to’lib ichim achirdi.

Hajga ham borib kelishdi. Xola Hajdan kelganlaridan kn ancha ziyopatlar bo’ldi.

Biz har doimgidek ustozimizni uylarida o’z ishlarimiz bn band, tikib o’tirardik. Hajga borganlaridan kn uylarida bo’lib o’tgan marosimni diskini olib kelishdi va bizlarga ham qo’yib berishdi. Kelin bn kiyovning yo’qligini hisobga olmasa TO’Y de!

3-4 kun o’tib xola singillarini, jiyanlari yo’qlab keldilar. Hajdan jiyanlariga sovg’alar olib kelibdilar.
Biz ham honada o’tirgandik xola kirib keldilar. Hoji onani ko’rdimu ichimdan allanimalar o’tdi. Hayollarim bn bir o’zimni Kabani yonida, bir Arofat tog’ida, bir Payg’ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallamning masjidlarida tasavvur qila boshladim.

Xola bn so’rashib Haj ta’surotlarini so’radik.
LOL!
Xolani gapirayotgan gaplarini eshitib umuman LOL qoldim.
Siz ham eshitib ko’rin:
"œAvval Madinaga bordik, Kn Makkaga olib borishdi. Mani oyog’im og’rigani uchun o’shetta pulga hizmat qiladigan 1 negr aravachada Ka’bani atrofida 7 marta aylantirdi"¦
Mexmonhonalari mazza. 5 mahal ovqat. Nima disez hamma narsa bor.
Bozorlarniyu gapirmasa bo’ladi. Sizga ham (jiyanlariga qarata aytyabdilar) zo’r bilak uzuk olib keldim, to’yizda taqasiz Hudo hohlasa. Pulim kam qoludi ko’p ololmadim. Ko’proq olganimda edi, bu yerda unaqa bilakuzuklar ancha qimmat, 4-5 baravar narxiga sotardik.
Ha mayli Opoqiz borsalar Hudo hohlasa har xil ranglisidan zakaz bervoramiz"¦"

NIMA DEYISHNI BILMAY QOLDIM!
NIMANI KUTGANDIMU NIMALARNI ESHITDIM.
"œHoji ona" ko’zimga "œBOZORCHI XOLA" bo’b ko’rindi.

Yanagi yili yozda yana ustozimni yo’qlab Qo’qonga bordim.
Tasodifan o’sha kuni xolalariyam uylarida ekan.
Kechagina "œHOJILAR" ziyopatidan kelayotganlarini aytib berdilar:
"œHajga biz bn borgan, ya’ni bizni kollektiv hammamiz ancha yaqin bob qolgandik. Har oyda ziyopat beramiz. Bu safar ziyopat beradigan ayol uyidan hijolat bo’lib RESTORANda bizni mehmon qildi. Uyi sal eskiroq ekan shekilli.
Endi RESTORANDA nimalar yo’q disiz. Hamma narsa bor"¦" deya birin ketin necha hil va qanday ovqatlar dasturxonga qo’yilganini og’zilarini to’ldirib gapirib ketdilar.

O’ylab qoldim, manga arab yozuvini o’rgatgan dugonam, qo’shnim har doim Haj haqida gap chiqsa yig’lagudek bo’lib etardi: "œHajga borvolsam bo’lgani, u yerda pol artamanmi, yerlarni supuramanmi nima qilish bo’sa tayyorman. ENG ASOSIYSI HAJGA BORSAM BO’LGANI!"

ALLOH HAQ YO’LDAN ADASHTIRMASIN! OMIN!


Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Avgust 2009, 15:26:23

SOATGA QARABMAN-U, VAQTGA QARAMABMAN...

Qayd etilgan


Kumush  06 Avgust 2009, 16:15:05

кукнорихаёл
:as:
Nima digani u... Ma`nosi nima?
Амалга ошмайдиган нарсаларни хаёл киладиган, (романтик) одамга нисбатан ишлатиладиган суз.Халкимизда кукнорихаёл килма деган ибора бор.
*****
Бироз хаёл килиш иктидори бор одам учун чала чулпа сшитилган гаплар,тасодифий ва оний учрашувлар,рад стиб булмас далилга айланади.
(Шиллер)
*****
Ашликнинг снг ажойиб томони шундаки бу орзуларга узинг хам ишонганингдир.

P/S:А­чкиларнинг маъраши кулогимга найни овози булиб сшитилар,юлдузларга кул узатсам етадигандек сди,мусичанинг сайрашидан завкланиб кузларимдан ёш чикиб кетарди ва табиийки хаёлларим хам шунга сраша сди да.Улгайганим сайин ХААТ аталмиш улкан ва машаккатли мактабнинг залвори "нозик елкача"ларга туша бошлагач беихтиёр хаёлларим хам тумандек таркаб кетди.Уларни сслаб мийигида кулиб кусдиган булдим.

P/P/S:Шу кунига хам шукур лекин бир суз айтардим.Агар имкони булса болаликка кайтардим :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Avgust 2009, 11:58:53

Suyukli do’st

Alloh bilan do’stligini odamlar orasida unutib, o’zi yolg’iz qolganida eslaydigan kishi zaif do’stdir.
Alloh bilan do’stligini ko’pchilik ichida xotirga keltirib, yolg’iz qolganida unutadigan kishi kasaldir.
Na odamlar orasida, na xilvatda bu do’stlikni topgan, balki ikkala holatda ham undan xoli bo’lgan kishi ko’chaga uloqtirilgan jasaddir.
Xilvatda ham, odamlar orasida ham Alloh bilan do’stligini unutmagan odam haqiqiy suyukli do’stdir.

manbasi esimda yo'q

Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2009, 14:55:07

 :as:

Yana bir suhbatdan... Judayam xayolga sig'maydigan xayolda  Bir eshitib ko'ring-a...

Bir kun dugonam, bozordan u-bu narsa xarid qilib kelaylik birga boring deb qoldi. Sherikchilik maqsadida qo'shildim... Bozorga kiraverishda yonimizdan velosipedda harbiy kiyingan yoshi kattaroq bir kishi menga qarab: "Вот сто второй раз, увидим в третий раз как встретимсьс..." desa bo'ladimi?.. Juda hayron qoldim, bozorda yuribmiz ham fikri xayolim o'sha gapda-da, ahyon-ahyon dugonamdan so'rab ham qo'yaman: "Menga aytdimi?" deb...

Xullas, xaridlarni qilib chiqdik, men esa atrofga qarayman,haligi kishi uchraydimi,yo'qmi deb... Yo'q ko'rmadim deb tursam, shundoq oldimizda turibdida, dugonamga ana o'sha kishi desam, u ham qo'rqib ketdi... Sekin yonidan o'tib ketdik (bizga orqa qilib turgandi)... Tez-tez yurib ketayotsak, velosipedini haydab kepqoldi, shundoq o'taturib orqaga qaradida: "Ана, бу учинчиси булди, айтгандимку, булди тамом" dedida ketdi...

Hayratda uyga qanday yetib kelganimni ham bilmay qoldim...

Hali hanuz nega bunaqa deganini tushunmay hayronman...

Qayd etilgan


Ziyovuddin  07 Avgust 2009, 16:01:47

Birinchi martta qatta ko'rganikin?

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Avgust 2009, 17:10:11

Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi.
Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi.
Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi.
Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi.
Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi.
Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi.
Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi.
Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi.
Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!

Tog'ay Murod

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Avgust 2009, 10:19:22

SEVGI - bu telbalarcha seni yaxshi ko'rishlari emas, balki seni inson kabi TUSHUNISHLARI ekan!!!

Qayd etilgan


Hadija  11 Avgust 2009, 14:26:51

Яқиндагина икки сзбек аёллари миллатпараслик қилиб, Тошкентлик аёллар бошқа вилост вакиласини ҳақоратлаб урушиб турганини ксрган икки сёл кампиржонлар, Тавба, А оссисда Ўзбекларни урушспти, слдиришспти деб гапириб ётишибди-ю, сзибеклар сзини сзи ғажиётганини ксришмади шекилли деб, айтишстганини сшитиб қолдим. :) Тавба...

Чеҳмик жаноблари, мусофир юртларда мусофирчилик мақомига сришганингиз билан, илм истаб йслга отланганингиз билан табриклайман. Бу Йслдаги сафарингиз беҳатар, бе ташвиш асосийси нист қилиб отланган йслингизда нистингизда Ўзи сриштирсин. Ҳас, Алҳамдулиллаҳ юртдан узоқ бслишликнинг асосий сезилгани қизларнинг фарқидан билинибдими? :))))

Qayd etilgan