— Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman. Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning) har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi».
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu (er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!» dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan, mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar».