4. As-Sa’olibiyning tarjimai holi.
As-Sa’olibiyning to‘liq ismi Abu Zayd Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Maxluf As-Sa’olibiy Al-Jazoiriy Al-Mag‘ribiy Al-Molikiy Valiyulloh As-Solih Al-Orif Billahi bo‘lib, bu zot dunyodan va uning ahlidan yuz o‘girgan, Allohning do‘sti, uning solih bandalari ichida ham yaxshirog‘i edi.
Shogirdi Ibn Saloma Al-Bakriyning aytishicha, As-Sa’olibiy solih, zohid, olim, orif, avliyolarning ulug‘i, Al-Imom Al-Ubay va Al-Valiy Al-Iroqiy singari ustozlari uning salohiyatiga, imomatiga, ilmi va diyonatiga tan bergan buyuk kishi edi.
O’zining muallafotlarida xabar berishicha, As-Sa’olibiy ilm talabida sakkizinchi asrning oxirida Jazoirdan safar qilib, Tunisga, undan Misrga keladi va yana Tunisga hadis ilmini o‘rganish uchun qaytadi.
Mag‘ribga borganida esa mag‘ribliklar uni hadis ilmining bilimdoni sifatida kutib oladilar.
As-Sa’olibiydan juda ko‘p asarlar, jumladan: "œAl-javohir Al-Hison fiy tafsiril-Qur’on", "œKtiabuz-zahab Al-ibriz fiy g‘aroibi Al-Qur’onil Aziz", "œTuxfatul-ixvon fiy i’robi ba’zi ayati Al-Qur’on", "œKitob jomi’ al-ummahot fiy ahkami al-ibodat" va boshqalar meros qolgan.
As-Sa’olibiy sakkiz yuz yetmish oltinchi hijriy yilda to‘qson yoshida vafot etdi va Jazoir shahrida dafn etildi.