203-bob. Odamlarning aybini o'z yuziga aytmagan kishi haqida
441. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir ishni qildilar va shuni qilmoqni ashoblarga ham ruxsat berdilar. Ammo ba'zi kishilar bu ish kamolotga zid deb bu ishni qilishdan bosh tortishdi. Bu gap Rasululloh (s.a.v.)ga ma'lum bo'lganidan keyin jahllari chiqdi va masjidda xutba o'qidilar, Alloh taologa hamdu sano aytib bo'lgach: "Nima uchun ba'zi odamlar men o'zim qilayotgan ishni qilishdan tortinadilar? Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilamanki, men Allohning buyruq va ta'kidlarini ulardan ko'ra yaxshiroq biluvchi va undan qo'rquvchiroqman", dedilar".hozir chiqarib bermasang, o'zingai yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining bog'ichini yechib undan xatni olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib keldik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a Alloh taologa, uning Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qildi, ruxsat bering, men uning kalla-sini sug'urib olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Butsday xat yozib ushriklarga
yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat yubordim, lekin bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. Faqat siz bilan kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshlarini ximoya qiluvchilari bor. Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan qarindoshlarimni himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mushriklar ularni himoya qilarmikan, degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xotib to'g'risini gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnash-ganlardan-ku, Alloh taolo Badrda qataashgan-larga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlar-ga jannat lozim bo'ldi, degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-man, degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biluvchidir", dedilar.
Bir ishni - mazkur asar sharhdovchyasi Fazlulloh Jiyloniy izohiga ko'ra, janobi Payg'ambar (s.a.v.) uzluksiz ro'zador bo'lishlik, bir umr beva o'tishlikka qarshi chiqqanlar. Ba'zi taqvodorlarning fikricha, uzluksiz ro'zador bo'lish va o'z ayolini bo'sa qilmaslik, safarda ham ro'za tutish kerak emish. Rasululloh (s.a.v.) mana shu ishlarning aksini qildilar, ya'ni kishi uzluksiz ro'za tutmasin, uylansin, ro'zador kishi ayolini bo'sa qilsa, ro'zasi ochilmaydi va safarda tutmaslik yaxshi, deganlarida, ba'zi kishilar bu ish bilan kamolotga erishib bo'lmaydi, deb o'ylashdi.