Bandalarning fe’llari
Bandalar o‘z fe’llarini o‘zlari kasb va hosil qiladilar. Ammo bo‘ldirguvchi va yaratuvchi Alloh taolodir. Bandalarning qilmoqchi bo‘lgan fe’llarini Alloh taolo qudrat va quvvat berib, xalq qilmasa, bandalar faqat o‘zlari hech bir ishni qilmoqqa qodir bo‘lmaydilar. Alloh taolo bandalarga iroda ixtiyor, ya’ni xohishi uchun kifoya qilgudek biroz quvvat beradi, banda bir ishni qilmak uchun ixtiyor bilan o‘sha quvvatni sarf qiladi. Shundan so‘ng Alloh taolo banda xoxlagan ishlni xohishiga muvofiq xalq qiladi. Demak, banda o‘z fe’lini o‘zi kasb qiluvchidir. Alloh taolo esa yaratuvchidir. Masalan, banda yurmoqni ixtiyor qiladi. O’sha holda Alloh taolo unga quvvat beradi va yurmagini xalq qiladi, banda yurishni kasb va hosil qiladi. Bas, Alloh taoloning xalq qilishi bilan banda yurishga qodir bo‘ladi. Bandalarning yaxshi fe’llariga ham, yomon fe’llariga ham Alloh taolo xoliqdir. Ammo bandalar o‘z fe’llariga kosibdirlar.
Banda qanday fe’lni kasb qilmoqni ixtiyor qilsa, Alloh taolo niyatiga ko‘ra o‘sha fe’lni xalq qiladi. Agar banda ixtiyori birla yaxshi va savob fe’lni kasb qilmoqchi bo‘lsa, Alloh taolo istasa, rozi bo‘lib xalq qiladi. Ammo banda gunoh fe’lni kasb qilmoqchi bo‘lsa, Allohtaolo istasa, rozi bo‘lmay xalq qiladi.
Bandalar qilgan fe’llari uchun savobli yoki gunohli bo‘ladilar. Agar banda o‘z ixtiyori bilan yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi va agar yomon fe’lni kasb qilsa, gunohkor bo‘ladi.