FASL
Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida
Bilgilki, ro‘za tutmoqda olti nimarsa farzdur. Avval ulki, ramazon oyining avvalini tahqiq qilg‘aykim, sha’bon oyining yigirma to‘qqizi va yo o‘ttuzi erkanini bilg‘ay. Bas, ro‘za tutmokda bir rostgo‘y kishining xabarig‘a e’timod qilib, ro‘za tutmoq durustdur. Ammo iyd (hayit) kunida ikki odil guvoqlik bermaguncha durust ermas. Kishigakim, mo‘‘tamad (e’timodli, ishonchli) kishi bu kun Ro‘za oyini ko‘rdim, deb aytsa, ul kishiga ro‘za tutmoq joiz va vojibdur. Agarchi, qozi aning so‘zini rostlig‘iga hukm qilmasa qam.
Va agar falon shaharda ro‘za oyini ko‘rdim, deb xabar qilsa, bu shaharning xalqiga ro‘za tutmoq vojib ermas, bashartiki, bu ikki shaharning orasi o‘n olti farsangdin (bir farsang taxminan 7-8 kilometrga teng masofa) yiroqroq bo‘lsa. Ammo o‘n olti farsangdin oz bo‘lsa, bu shahar xalqiga ham ro‘za tutmoq vojibdur.
Ikkinchi farz niyatdur. Har kecha bu niyatni yodida tutg‘aykim, ertalikka ramazon ro‘zasini ado qilurmen va har musulmonga ramazon ro‘zasi xotirida bo‘lsa, niyat ko‘nglida bo‘lg‘usidur. Agar shak oqshomi bu tariqada niyat qilsakim, tongla ramazondin bo‘lsa tutg‘aymen, agar sha’bondin bo‘lsa, tutmag‘aymen desa, bu niyat durust ermasdur. Va niyat qilg‘ondin so‘ng kechalarda bir nima yemak birla niyat botil bo‘lmas. Va agar xotun kishi hayzdin munqati’ (ajralgan) bo‘lur vaqtda niyat qilsa, ro‘zasi durust bo‘lur.
Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni, qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb, iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini tutar, kaforat lozim bo‘lmas.
To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas.