Assalomu alaykum!
Shokirbek aka, sizga bir savolim bor edi. Payshanba kungi o'lim haqida bo'lgan suhbatda, Oisha onamiz "Payg'ambar (SAV) ning o'limlari oldidagi holatni ko'rib, bu holni boshqa hech kimga ravo ko'rmayman degan ma'nodagi hadisni, yana, mo'minlarning joni xuddi meshdan suv oqib tushgandek silliq olinishi haqidagi hadisni aytdingiz. Insonlarning eng afzali bo'lgan kishi o'limlari oldidan qiynalgan ekanlar, boshqa mo'minlarning joni qanday qilib silliq olinishi mumkin. Yoki man noto'g'ri tushundimmi? Iltimos shunga salgina oydinlik kiritsangiz.
Alloh darslarning davomiy bo'lishligida sizga kuch-quvvat bersin.