AL-MO'MIYT
O'lim nadir, o'lim Sening qarzingdir, yo, Mo'miyt,
Hayot nadir, hayot Sening darsingdir, yo, Mo'miyt,
Farishtalar xizmatida muntazir, yo Mo'miyt,
Odam nadir, odam Sening farzingdir, yo, Mo'miyt!
AL-HAYY
Bilmadim bu dunyoda netkinchimiz, yo, Hayy,
Dunyo o'rmon, balki biz o'tinchimiz, yo, Hayy,
Abadiyat mulkining sohibisan, yo, Hayy,
Sen yashaysan, biz esa o'tkinchimiz, yo, Hayy!
AL-QAYYUM
Sadaf tishni terganingday dunyo tizding, yo, Qayyum,
Savob gunoh orasida bizni tuzding, yo, Qayyum,
Istaganda bor ayalding, yor aylading, yo, Qayyum,
Istaganda barchasini qayta buzding, yo, Qayyum!