Jamiyat va inson > Oila va jamiyat

"Yashash tilsimi"

(1/21) > >>

Munira xonim:
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!!!
OILA Alloh taoloning eng mo'jizali qo'rg'onidir. Oila buloqlarning boshi, har bir INSON uchun birinchi qarorgoh, birinchi vatandir. INSONning har bir fazilatlari, yaxshi yomon tomonlari, asosan oilada shakllanadi.
Men ajoyib bir risolani o'qib qoldim. Bundagi fikrlar, mahorat bilan o'quvchiga yetkazilgan go'zal satrlar meni lol qoldirdi. Bu nasrani har bir inson xoh erkak xoh ayol bo'lsin, o'qishi uqushi, o'z hayotiga tadbiq etishi shart deb o'yladim. Albatta bu foydadan xoli bo'lmaydi,InshaAlloh.
Bu mo'jazgina kitob muallifi Tursunoy Sodiqova. Bu insondan Alloh rozi bo'lsin.
Bu yerdagi go'zal fikrlarni bergan Allohga hamd aytmasdan ilojimiz yo'q. Bu firklar bilan har bir yigit qizlarimiz tanishib o'zlari xulosa chiqarishadi va o'zlari uchun eng kerakli narsalarni olishadi deb umid qilaman.
Bu kelajakda OILA ostonasida turgan yoki oila qurgan, farzand tarbiya qilayotgan,o'zini kleinlikka,kuyovlikka, onalikka, otalikka, qaynona qaynotalikka tayorlayotgan har bir INSON uchun manfaatli bo'lishini Allohdan so'ragan holda har kuni oz -ozdan berib borishga harakt qilaman. InshaAlloh.

Munira xonim:
Ayol - KIM?

O'zim shu toifadan bo'lsam-da, ayol iqlimini hayrat bilan kuzataman. Allohning betakror mo'jizasi u! Bir joyda aytibman:ayol sirli bir kitob - varaqlagan sayin qizig'i chiqaveradi. Yil fasllari faqat to'rtta, ayolning esa ming bitta fasli bor. Uni butkul tushunib yetgan odam yo'q bu dunyoda! Uni tomosha qilib zerikkan inson yo'q yer yuzida! Unga ishi tushmagan kishi yo'q! Uni suymagan va u deb kuymagan erkak yo'q! Uni yozmay kimni yozay, kimni ta'riflay? Ayolni tushunish o'zi bir ilm. Bu ilmga yetishganlar qancha ko'paysa, baxtli ayollar soni shuncha ko'payajakdir,InshaAlloh.

Munira xonim:
"AYOL" deb atalgan mo'jizaning hali tom ma'nodagi tarifi, o'lchovi va yarashiqli bahosi topilgani yo'q. Ayollik olamida yurgan ayolning o'zi ham o'zini tugal tanimaydi. Olis sayyorlar o'rganildi, yetti qat osmonning siri oshkor bo'ldi, ammo ayol qalbidagi ochilmagan necha-necha qit'alar shundayligicha qolib bormoqda. Ruhiyatida, imkonlarida ko'zi ochilmagan ming bir buloqlarning, qalbida sonsiz xazinalarning, bag'rida daxshatli vulqonlarning mavjudligini bilmagan ayol siniqqina qadam bosadi. Sokingina beshik tebratadi. Nimta'zim bilan xushbo'y saboday ohista va sharpasiz yoningizdan o'tib ketadi. Shikasta ovoz bilan sizdan hol so'raydi, uning etaklarining nimovoz, mayin shildirashidan atrofingizda jannatiy havolar yaraladi. Bir so'zi bilan bor bo'lasiz, bir so'zi bilan yo'q...
AYOL KIM O'ZI???

Munira xonim:
Gohida shudnay gaplarni eshitasiz:
-Ayol kishiga o'xshama!
-Ayolligiga borib xato qilibdi, hafa bo'lmang!
-Xotin kishidek maydalashma!
Mana shu gapni aytganni o'zi ushoq. Ayol xususida bunday demoqdan tiyilmoq joiz. Va ogoh bo'laylikki, dunyodagi jami yaxlitlik va butunlik AYOL bilandir! O'rmalagan jonning bari ayolga yuzlanajak, onam deb, juftimdeb, opam, singlim, momom, qizim deb undan jon olajak, nur, madad olajakdur! Ayol - Alloh yaratgan ne'matlarning sinoatlisi, mo'jizalisidir. Ayolsiz hayot darvozasi berk bo'lsa, hamma ishimiz unga tushib tursa, halovatga ha, halokatga ham ayol sababchi bo'lsa, nega ayol deb atalgan ilmni o'rganmaymiz? "O'zini tanigan kishi Allohni taniydi",deyilgan muqaddas kitobda. O'zligimizning yarim dunyosi Ayol bo'lsa, uni tanimaslik,tilini o'rganmaslik, uning ruhiyat qatlamlarini o'qiy bilmaslik gunohi azimgina bo'lib qolmay, yo'llarimizni bog'laydigan g'ofillik ham ekan.
AYOL KIM O'ZI?
O'zim ayol bo'la turib bu sinoatning poyiniga yeta bilmasman!!!

Munira xonim:
Ayolsiz uy - tun. Ranglar yo'qolgan. Atrofingiz beshakl. Gullarning hidini tuyasiz-u, o'zini ko'rmaysiz. Feruza osmon yo'q. Ko'ksingizni yayratgan qushchalar berkingan, ko'zingizni yashnatgan chechaklar yumilgan. Bu kamlikdan, bu yarimlikdan, bu huvillashdan junjikkan yuragingiz ham qobirg'alaringiz ham ostiga cho'kib, mung'ayib oladi...
-Onang qayoqqa ketdi?-zarda bilan so'raydi erkak.
-Men ertaga boraman, onam uyda bo'lib tursinlar,-deydi uzatilgan qiz.
-Ayajo-o-o-on siz qani?-ostonada onasining orqasidan chrillaydi qiz.
-Kunim oqshimga o'xshaydi, yetimlar zor qaqshaydi,
Yetimni holini so'rsang,onosi yo'qqa o'xshaydi,-deya bag'ri sim-sim oqib yig'laydi men kabi onasizlar....

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version