Assalomu alaykum!
Kechagi uchrashuv juda mazmunli o'tdi. Unda Uchrashuvlar tarixida eng ko'p user yig'ildi. Ummatiy hikoya qilganidek, "Baraka" kafesining yaxshi joy ekan, tinch, g'ala-g'ovursiz, yana tennis stoli ham bor ekan.
Uchrashuvga tashrif buyurolmagan, lekin telefonda salomlarini yetkazgan
Abu Muso aka, Nodirbek, Bahriddin Botirovlarga ham minnatdorchilik izhor etamiz.
Menimcha, hamma mamnun bo'lgan holda uylariga qaytdi.
Uchrashuvda hozir bo'lganlar:1.
Ummatiy_Muhammadiy (Kapalak opa, Ummatiy siz o'ylagan 12-13 yoshli bolakay emas, Bo'yi naqd 1.90 mujik ekan
)
2.
Abdulaziz Toshmatov (Viktorinada 4-o'rinni egallagan, eng ko'p tortishuvlarga va eng ko'z manbalar titkilanishiga sabab bo'lgan savol muallifi)
3.
Mahmudjon (vaqtinchalik
Bahodir Ashurov vazifasini qoyilmaqom qilib uddaladilar)
4.
Nodirshoh (Viktorinda eng ko'p savol bilan qatnashgan user, yosh bo'lsa-da aqlli bola ekan, tezroq o'qishga kirib keting deb niyat qildik)
5.
Javlonbek (Nodirshohning do'stlari, Habib ikkovlari offline tanish chiqib qolishdi, lekin qayerda ko'rishganliklarini eslay olishmadi)
6.
Habib (Uchrashuvning eng gavdali kishi nominatsiyasi g'olibi)
7.
Muallim (Doimo kulib turuvchi user, asosan Ummatiy bilan gaplashishdi)
8.
Abdumuhaymin (userimiz ham talaba bo'lishga harakatda ekanlar, omad tilaymiz)
9.
Dilmurod (Abdumuhayminning do'stlari, yaxshiyam shu bola "Baraka" kafesini topdi. Aks holda "Zamin taomlari"da xotiunlarning gapi, g'ala-g'ovur, ur-to'polon orasida qolardik
)
10.
Abdulloh (o'sha-o'sha Abdulloh, har narsaga qiziquvchan, har ilmdan xabardor bo'lishga intiluvchan yosh user)
11.
Mr.Twister (eng katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan mavzu muallifi, offline uzerimiz, u kishi hech kimdan xafa emasliklari yuzlaridan bilinib turibdi)
12.
Y_U_R_I_S_T (qulog'imga chalinib qolgani, u kishi har sonni jinoyat kodeksi moddalari bilan bog'lashlari bo'ldi. O'zbekiston-Qatar o'yinidagi sharmandali holat videotasmasini ham aynan Yuristning tashabbusi ila maroq bilan tomosha qildik)
13.
ORIF (Doim bir ryukzag, ichida nouytbuk, zaryadkalar, yana allanimalar yetmagandek, ikki fotoapparat ko'tarib oladigan yigit tarixda birinchi marta hech narsasiz keldilar)
14.
Ziyovuddin (Uning suhbatdoshi adashmasam Titan bo'ldi. IT haqida gaplashishdi)
15.
Braupov (Mezbon, menimcha tennisni ham yaxshi o'ynaydilar. Ha aytgancha tennis musobaqasi ham o'tkazdik, lekin kim g'olib bo'lganini bilolmadim)
16.
Al-Laziz (Andijondan ataylab Javikni qo'riqlash uchun tashrif buyurgan user.
17.
Javik (ertalabda tumanda yo'lga chiqqan, peshinga Toshkanga kirib kelgan, o'zi birinchi marta Toshkanga kelib, biz o'zimiz ham zo'rg'a topgan kafelarni qidiraverib, Toshkan manga yoqmadi, degan user. Ibi, tong otsin, hali hammasini ko'rasiz
)
18.
Muhammad Amin (yangi kuyovg bola, avvaliga iye, kuyov bola uylanib bo'yingiz pastlab ketibdimi dessam, yo'q, krossovka kiyib olgan ekan. Lekin uncha o'zgarmabdi)
19.
Titan-Uz (keyingi safar "eng ko'p off-top qiluvchi" naminatsiyasini menga topshiringlar deb taklif qilgan uzer. Asosiy suhbati IT haqida bo'ldi
)
20.
Mo'min Mirzo (kattadan soat 3.30 gacha ruxsat olgan ekanlar xolos, tezda ketib qoldilar
)
21.
AbdulAziz (eng ko'p men gapirdim shekilli-a
)
Yana uchrashuvga bora olmagan (vaqtini 18.30 deb o'ylagan ekanlar) va chin qalbdan borish niyatlarini borligini, do'stlar diydoridan qolib ketganlarini izhor qilgan
AbdurRahmon va
Muhammad Sohib - mundoq bir mavzularga qarab qo'yadi-da, biz ham yumushlar bilan bo'lib, sizlarga xabar qilmabmiz. Inshaalloh, kelasi uchrashuvlarda birga bo'lamiz.