Mo'minlar bir biriga birodardirlar! Akam bilan ozgina birga o'tirsak shu tortishib, chiqisholmay qolamiz. Bugun ham yana shu ahvol. Ko'chaga chiqib ketdim. Ko'chaga chiqsam o'lganni ustiga tepganday mahalladagi o'zimdan katta bollar ham asabimni buzyapti, urushib ketdik. Akam chiqib qolib, o'sha yigitlarni urushib ketdi: "Nima o'zing tengi yigitlar bilan urusholmay qolishdingmi? Yana bir marta ukamga yaqinlashishsang o'zlaringdan ko'rlaring...!".
Keyin bir kuni ko'chada ketayotsam, begona yigit, mendan ancha katta, o'zicha pul so'rayapti, qo'lida pichoq. Mahallada men bilan urushgan yigit ko'rib qoldi. Shaharda o'ziga yarasha hurmati bor, shuning uchun haligi yigitga: "O' nima qilyapsan, meni mahallamdan bo'ladi bu ukahon, uni tek qo'y", deb kelib qoldi, haligi pul talab qilayotgan yigit esa, boshqalarga eshitilmaydigan darajada: "Keyin gaplashamiz...", deb yonimdan o'tib ketdi. Keyin mahallamdagi yigit bilan birga uyga ketdik...
Taqdir qarangki, kurash bo'yicha musobaqaga O'zbekistonga boradigan bo'ldim, Andijonga. U yerga terma jamoa qilib olib ketayotgan edi. Hammamiz yig'ildik, ne ko'z bilan ko'rayki, mendan pul talab qilgan yigit ham ketayotgan ekan. Andijonga bordik, borib yigitchilik deganday u yerda ham ozgina tortishuv, urushlar bo'ldi Andijonlik yigitlar bilan. O'z shaxrimizda mendan pul talab qilayotgan yigit, Andijonda meni tarafimni olardi, "Hamyurtim", "Hamshaxrim" degan gaplarni gapirardi...
Yillar o'tdi ancha ulg'aydim. Taqdir taqazosi bilan Rossiyaning Novosibirsk shaxriga borishga to'g'ri kelib qoldi. U yerga borib, ancha yurdim. Ko'chada o'zimiznikilarni ko'rsam quvonib ketardim. Shu kunlarning birida bir Andijonlik yigit bilan tanishib qoldik. Ko'ngli ochiq ancha yahshi yigit edi. Keyin gaplashib u yog' bu yog'dan bir birimiz haqimizda so'rab, oxiri Andijondagi bo'lgan ishga gap to'gri kelib qoldi. Bir birimiz bilan urushganimizni o'shanda bildik. Ya'ni bir birimizni tanimayotgandik. O'zimizcha juda inoq bo'lib yurdik. O'zbekchilikni maqtab, O'zbeklarni maqtab yurardik boshqa millatlarni ko'rib... Boshqa millatlarni ko'rganda bir birimizga nisbatan sadoqatimiz jo'shib ketardi, qayerda bo'lsak bir birmizni himoya qilishga harakat qilar edik... Oylar o'tib ikkalamiz ham vatanga qaytishimizga to'g'ri kelib qoldi va ketdik...
Lekin men rosa o'ylanardim: "Nega endi hamma yerda bir hil munosabatda bo'la olmaymiz insonlar bilan...?", deb.
Vatanda bir yilcha yurib, endi Rossiyaning Moskva shaxriga ketadigan bo'ldim. Moskvaga keldim ancha katta shaxar. Yaqinda namoz boshlaganman. Lekin, masjidlar ancha uzoqda, shu bois faqat juma kunlari borar edim... Bir kun Juma namoziga bordim, namozni o'qib bo'lganimizdan keyin chap tomonimda o'tirgan rus yigit (musulmon ekan): "Assalamu aliykum", deb ko'rishdi va Juma ayyomi bilan tabrikladi, men ham alik olib uni ham tabrikladim. Masjiddan chiqib Metroga ketayotsam, bo'yniga yo'g'on hoch (krest) taqib olgan yigitlar yo'limni to'sib qolishdi: "Musulman da?", deyishdi, men: "Da...", dedim. Yur biz bilan deb qolishdi, qayoqqa desam, nima qo'rqyapsanmi dedi. Nimaga qo'rqarkanman deb birga ketdim mashinaga o'tirdik. Orqamizdan yana bitta mashina izma iz kelayotgan edi. Lekin, nimagadir ular befarq edi bunga. Qanaqadir bir o'rmonga o'xshagan yerga bordik va mashinadan tushdik. Ular keyin bilsam skin hend ekan, millatchilar. Lekin nimagadir ko'proq musulmonlarni yomon ko'risharkan. O'zlaricha hali u yog'dan hali bu yog'dan gapirib boshimni gangitishga harakt qilishardi. Qo'llarida dubinka, hammasi yo'g'on, boshi kal. Oxiri:
-Maqsadga o'tlaring mendan nima hohlashasan?
- O'ligingni!
- Nimaga gapni cho'zishyapsan unda, qo'lingdan kelganini qilmisanlarmi?
- Zo'rmisan? sendaqalarni ko'pini ko'rganmiz, bitta kaltakdan keyin oyog'imga yiqlib yalinasan!
Haqiqatdan ham hech kimni ayshmasdi bu scin hendlar lekin, nimagadir bu safar gapni yomon cho'zishdi. Oxir aytdim:
- Men faqat Allohdan qo'rqaman. Alloh taqdirimga nima yozgan bo'lsa shuni ko'raman...
- Yahshi unda Hudoingdan umr so'ra!
deb endi yaqinlashayotgandi. Orqamizdan kuzatib kelyotgan mashina kelib qoldi. Ichidan men bilan masjidda salomlashgan yigit tushib keldi. Haligi scin hendlarga militsiya ekani haqidagi hujjatini ko'rstib: "Agar hoziroq ketishmasang, chora ko'rishga majbur bo'laman", dedi. Scin hendlar ketishdi. Keyin men:
- Militsiyamisiz?
- Islomni qabul qilishimdan avval...
- Unda bu hujjat...?
- Ha bu ishlamidiku, qarang buni...
deb ochib ko'rsatdi. Haqiqatdanam srogi o'tganmi yahshi tushinmaganim uchun hm deb qo'ydim halos.
- Men uchun hayotiyzni havf ostiga qo'yib nima qilardiyz? Agar militsiya emasligingizni bilishganda... Uni ustiga biz bir birimizni tanimasak...
- Mo'minlar bir briga birodardirlar!
Bu voqeadan keyin ancha yaqin bo'lib ketdik. Vatanga qaytdim, lekin tez tez telefonda gaplashib turardik. Bir kun o'tirib o'ylanib qoldim: "Akam bitta ota onadan bo'lganimiz uchun boshqalarga hafa qildirib qo'ymaslikka harakat qiladi, lekin ikkalamiz qolsak bu haqda o'ylamasdi. Mahallada anvi akahon esa, mahallani obro'sini, qolaversa o'zini yanayam hurmatini oshirish uchun yonimni oladi, lekin mahallada bo'lsak bu haqda o'ylamaydi. Hamyurtim esa yurtda hohlagancha urushib yuraveradiyu, boshqa yerga borsa, hamyurtimlab qoladi. Millatdoshim esa, boshqa millatlar bilan bo'lsak meni o'ziga yaqin his qiladiyu, O'zbeklar bilan bo'lsak, vaqti kelsa chiqisholmay qolamiz. Lekin Alloh yo'lidagi birodarim esa, qayerda bo'lmay. Hoh masjidda, hoh nasroniylar orasida, baribir har doim men bilan bir hil munosbatda...". Shularni o'yladimu, o'zimcha bir ibora kashf qildim:
"Alloh yo'lidagi birodarlar boshqa boshqa yerlarda ham bo'lsihi mumkin. Lekin, baribir bir brilari bilan bir hil munosabatda bo'lishadi. Chunki ular bir birlarini Alloh cuhun yahshi ko'radilar!" (Bu bo'lgan voqea emas. Shunchaki tafakkur etish uchun. Bir insonning so'zlaridan ilhomlanib yozildi.)