Mehr
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarga sevgi va shafqat ko’rsatmaganlarni xush ko’rmas edilar. Bolalarga nisbatan marhamatli bo’lmaganlarni qattiq qoralardilar.
Bir odam Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: "œYo Rasululloh! Siz bolalalarni o’pasizmi? Biz bolalarimizni o’pmaymiz", dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ul odamga tikilib qaradilar va: "œMarhamat etmagan (rahmdil bo’lmagan) kimsaga marhamat bo’lmaydi", dedilar.
Yana bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Tamim qabilasining kattalaridan biro dam keldi. Shu payt Hazrat Ali va Hazrat Fotima volidamizning o’g’illari, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Janobimizning nabiralari Hazrat Hasan roziyallohu anhu ham shu yerga keldi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nabirasi Hasanni erkaladi, quchoqlab o’pdilar.
Ul odam buni ko’rgach: "œYo Rasululloh! Mening o’nta o’g’lim bor, shu paytgacha hech birini o’pmaganman", dedi.
Unga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Alloh sening qalbingdan marhamatni chiqarib yuborgan bo’lsa, men nima qilay, - dedilar.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan