Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1373826 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 ... 310 B

Musannif Adham  13 Avgust 2010, 10:11:54

Assalamu alaykum!

ChehMik, men postda ayol emas, bolalarning suhbatini yozgandim.

Oddiy xalq sodda, ishonuvchan, yolg'on xabarlarni ham rost deb biladi, lekin aldamaydi...

waaleykum assalom.

"Oddiy xalq aldamaydi" degani pafos gap..Pressa/media uchun aytiladigan so'zlarni eslatdi manga.

Oddiy xalqni bilmas ekansiz..Oddiy xalq bir-birini,davlatni aldaydi.Bu -- isbot talab qilmaydigan oddiygina haqiqat.

Real xayot--kitobiy gaplardan,shoirona so'zlardan juda ham katta farq qiladi.

2.(Aldash haqidagi gap manga tekkizilgan bo'lsa,2 kishining boshqa joydagi gaplarini begona joyda notanish inson muhokama qilishi---absurd)

3.Bizda bug'doy bor,ularda esa yo'q,shuning uchun biz boymiz" deb xulosa qiladigan,manipulyatsiya ta'sirida katta bo'layotgan yoshlar--o'rnak emas,kelajakda tovonga qadaladigan zirapcha bo'ladi.  (Shunchaki,ularni o'rnak qilganingiz uchun qarshi mulohazamni bildirgandim).

ps: Biz haliyam bug'doyni Qozoqlardan sotvolamiz....

Rahmat, ChehMik. Mana shunday haqiqatni yozadigan, yozganda ham dalillar bilan keltirib, yozadigan jurnalistlarimiz bo'lganida (ko'p bo'lganida emas, umuman o'zi bor bo'lganida) xalqimiz ham yuqoridagidek ham aldanib, ham birovlarni aldab yurmasmidi?!

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Avgust 2010, 10:13:47

ps: mundoo odamga o'xshab muomalat va murojaat qilishni ham o'rganing!

Hayron qolayapmanda, haqiqatdan o'tgan vaqt mobaynida juda odobli yigitga aylanib qoldizmi yoki ko'nglingiz o'ta noziklashib ketdimi...

Xo'p, sizga beklardek murojaat qilamiz endi...

Lekin tanqidni qabul qilishni ham bilish kerak...

Men unaqa degandim, bunaqa degandim demasdan...

Keyin faqat xato qilingan joylardan iqtibos olmasdan (o'zizni oqlash uchun asos bo'ladigan), boshqa fikrlarga ham qarab qo'yish kerak... Sizni tushunaman tan olish qiyinda baribir...

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Avgust 2010, 10:16:39

Rahmat, ChehMik. Mana shunday haqiqatni yozadigan, yozganda ham dalillar bilan keltirib, yozadigan jurnalistlarimiz bo'lganida (ko'p bo'lganida emas, umuman o'zi bor bo'lganida)

Siz dalil deganda nimani tushunasiz? Qaysi dalil haqida gapirayapsiz?

Iqtibos
xalqimiz ham yuqoridagidek ham aldanib, ham birovlarni aldab yurmasmidi?!

Siz ham o'sha xalqni ichiga kirasiz... Xo'sh, aldanayapsizmi yoki aldayapsizmi?!

Qayd etilgan

Musannif Adham  13 Avgust 2010, 10:45:54

Men har holda o'z-o'zimni aldamayapman. Bor va ko'rgan narsamni (menga bejab ko'rsatishgan narsani emas) haqiqat deb qabul qilyapman.

Y_U_R_I_S_T, ayni kezi kelganda, bir gapni aytib ketay. Siz xuddi men yurgan yo'ldan ketyapsiz. Men Sizda ko'p hollarda o'zimning yoshligimni, yoshlikdagi fikrlarimni ko'raman. Xafa bo'lmang, agar Sizni o'zimga o'xshatganligim yoqmagan bo'lsa. Lekin Sizga o'xshab fikrlashim 16 yoshimda tugadi. O'shanda nima aslida nimaligini, qanday yolg'onlar bilan aldanib yurganligimni bilib qoldim. Balki Siz ham bir kun kelib, men hozir o'ylayotgandek o'ylarsiz, balki o'z yo'lingizda sobit qolarsiz.

Haqiqat masalasiga kelsak, O'zbekiston Qozog'istondan har yili 1 million tonna un sotib oladi. Demak, O'zbekiston Ispaniyadan boy emas. (Ya'ni ayni shu nazariya bo'yicha. Boshqa parametrlarda O'zbekiston Ispaniyadan ustun bo'lishi mumkin va bu alohida ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan masala.)

Yana bir haqiqat shuki, bizda bolalar emas, kattalar ham yolg'on bilan to'yintiriladi. Mana men ham, Siz ham o'zimizga ustoz deb biladigan Xayrulloh Hamidov 2010 yil 21 yanvarda hibsga olindi. Bu ma'lumotni biz birinchi marta qayerdan oldik? O'sha Sizning asabingizni buzadigan "muxolif saytlar"dan. Keyin bir forumdoshimiz - Muhseena buni tekshirib ko'rmoqchi bo'libdilar. Va o'zlari telefon raqamini bilgan "Chempion"chilarga qo'ng'iroq qilib, shu haqida so'rab quyidagi javobni yozib qoldirgandilar(Islom.Uz forumida):

Vaziyatni yaxshilab o'rgansam,haqiqat ekan...Ular haqidagi mish-mishlarning ko'pligidan ishonqiramay Chempiondagilardan so'ragan edim.Qanchalik yashirishga urinishmasin bu rost xabar ekan.Xayrulla akaning hamkasblari hamma gapga to'la ishonib ketavermasligingizni so'rashmoqda.InshaALloh bu ziddiyat tez orada hal bo'ladi.Xayrulla aka tez orada chiqib ketadilar.

Lekin "Chempion"onchilar o'z hamkasblariga nima bo'lganini yaxshi bilib turib, buni yashirgan deb o'ylayman. (Oddiy qilib aytganda aldashgan.) Keyin Xayrulloh Hamidov 6,5 yilga qamaldi. Bu kishi ishlagan gazetada ham, gazetaning minbari bo'lgan Uff.Uz saytida ham bu voqeaga munosabat bildirilmadi. Mana Siz ham shu gazetada ishlaysiz. Nima deb o'ylaysiz? Futbolda bo'layotgan aldovlarni aytib, haqiqatni yoritish kerag-u, real hayotdagidan ko'z yumsa ham bo'ladimi?

Birodar, eshitaverib, yodlab olgan jumlalarimiz bilan emas, o'zingizning oddiy so'zlaringiz bilan yozing, postlaringizni. Muomala masalasida ham ChehMik haq deb bilaman.

P.S. Dalil deganda, xalqning holatini topib gapirgan ChehMikning so'zlari va O'zbekiston Qozog'izstondan hali ham un sotib olishi haqidagi gapini aytdim. Siz inkor qilsangiz ham mana shu eng kuchli dalil. Siz istalgan novvoyning oldiga borib so'rangchi, qaysi undan non yopar ekan?

Qayd etilgan

Robiya  13 Avgust 2010, 11:04:35

Assalamu alaykum!

Birgina postni ham siyosatga aralashtirib yuboribsizlar a? ChehMik, men bu postda nimani nazarda tutganimni tushunib turib, yana gapni aylantirdingiz a? Men shunchaki yosh bolakayda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg'usining jo'sh urganligini quvonch bilan aytgandim, xolos.. Ularning nega, nimaga asoslanib bunday degani muhim emas. Muhimi, bolada O'zbekiston Mening Vatanim degan aqida shakllanyapti.. O'zbekistonning Qozog'istondan un sotib olishining nima daxli bor bu yerda?

Barcha forumdoshlardan qosir fikrim ila bahsga sabab bo'lganim uchun uwyr so'rayman..

P/s.: ChehMik, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, ketgan vaqtingizga rozi bo'linglar..

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Avgust 2010, 11:13:41

Musannif Adham, sizga oddiy bitta savol?

Bug'doy bilan unning farqi bormi?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Avgust 2010, 11:49:43

Biz siz bilan doimo bir xil mavzuda tortishamiz. Bu "an'ana" anchadan buyon davom etib kelmoqda. Lekin har bir bahsimizda, biron bir yechimga erisha olmaganmiz. Nima uchun bilasizmi? Chunki siz ham, men ham doimo o'zimiz uchun kerak bo'lgan joyni ushlab olib, o'sha so'zlardan iqtibos olib keltiramiz. O'zimizning kamchiligimiz bayon qilingan jumlalarni esa e'tiborsiz qoldirib ketamiz.

Xuddi ChehMik faqat mening "Beee" degan so'zimdan iqtibos olgani kabi. Chunki haqiqatdan men o'sha yerda muomala qilishda katta xatoga yo'l qo'ygan edim. Qolgan so'zlar esa e'tiborsiz qoldi...

Keling bu safar shu ishni qilmasdan, to'g'ri bahs yuritaylik... Men uhbu mavzu yopilishini istamayman. Siz ham qarshi bo'lmasangiz...

Keling bir boshidan boshlaylik...

Bor va ko'rgan narsamni (menga bejab ko'rsatishgan narsani emas) haqiqat deb qabul qilyapman.

Bor va ko'rgan narsangiz har doim ham haqiqat bo'lavermaydi. Chunki siz ko'rayotgan narsalar sizga bejab ko'rsatilmayotganligiga kim kafolat bera oladi...

Iqtibos
Y_U_R_I_S_T, ayni kezi kelganda, bir gapni aytib ketay. Siz xuddi men yurgan yo'ldan ketyapsiz. Men Sizda ko'p hollarda o'zimning yoshligimni, yoshlikdagi fikrlarimni ko'raman. Xafa bo'lmang, agar Sizni o'zimga o'xshatganligim yoqmagan bo'lsa. Lekin Sizga o'xshab fikrlashim 16 yoshimda tugadi. O'shanda nima aslida nimaligini, qanday yolg'onlar bilan aldanib yurganligimni bilib qoldim. Balki Siz ham bir kun kelib, men hozir o'ylayotgandek o'ylarsiz, balki o'z yo'lingizda sobit qolarsiz.

Men hech ham xafa bo'lmadim, samimiy.

Faqat meni bir narsa o'ylantirayapti... Siz mendan farqli ravishda fikrlayman debsiz. Men Vatanparvarlik ruhida fikrlayman. Unda siz...?!

Iqtibos
Haqiqat masalasiga kelsak, O'zbekiston Qozog'istondan har yili 1 million tonna un sotib oladi. Demak, O'zbekiston Ispaniyadan boy emas.

O'zbekistonnning Qozog'istondan un sotib olishi bu yuqorida bayon etilgan bug'doy mavzusiga aloqasi yo'q. Gap bug'doy haqida ketmoqda.

Voy, deyishingiz mumkin, gapni aylantirayapti deb. Tushuntiraman. Bug'doy bu - hom ashyo... Uni unga aylantirish esa umuman boshqa mavzu. Balki ularda un ishlab chiqarish sifati yaxshiroq bo'lishi mumkin, ularda un ishlab chiqarish tannarxi arzonroqqa tushishi mumkin, ularda bizdan ko'ra kuchliroq texnologiyalar bo'lishi mumkin. Tushunyapsizmi, bu umuman boshqa masala!

Bu xuddi bizda paxta sanoati yaxshi bo'lgan bilan, paxtadan tikilgan sifatli kiyim-kechaklarni chetdan olganimiz bilan barobar!

Iqtibos
Yana bir haqiqat shuki, bizda bolalar emas, kattalar ham yolg'on bilan to'yintiriladi.

Marhamat qilib, menga yana bir haqiqatni anglash uchun yordam bersangiz:

Dunyodagi qaysi davlatda bolalar ham, kattalar ham yolg'on bilan to'yintirilmaydi. Hech bo'lmasa bitta variant ayting - Utopiyadan boshqa...

X.Hamidov masalasiga kelsak, haqiqatdan biz ular haqida hech narsa yozmadik. Tahririyatdagilar ham o'sha vaqtda qanday javob berganliklari ma'lum.

Xo'sh, o'zingiz nima deya javob bergan bo'lar edingiz. Ha, kecha qamoqqa olindi. Munaqa bo'libdi, unaqa bo'libdi, shuncha berishmoqchi ekan degan bo'lardingizmi? Vaholanki, o'sha vaqti voqealar rivojini o'zingiz ham aniq bilmaysizku... Keyin siz o'sha vaqtda insonlar orasida gap qanday tarqalishini ham hisobga olishingiz zarur. "Voy, munday bo'pti", degan gap, ikkinchisiga, "voy-voy, munday bo'pti" deb yetib boradi. Uchinchi insonga esa "Voy-voy-voy, munday bo'pti" deyiladi... Bu ham isbot talab qilmaydi...

Gazeta va saytda nega yozilmaganini esa ma'sul insonlar hal qilishadi... Lekin futbol gazetasida "Falonchi shuncha yilga ozodlikdan mahrum qilindi" degan xabar ketishi...

Iqtibos
Birodar, eshitaverib, yodlab olgan jumlalarimiz bilan emas, o'zingizning oddiy so'zlaringiz bilan yozing, postlaringizni. Muomala masalasida ham ChehMik haq deb bilaman.

Deyarli hammasi o'zimning jumlalarim... Agar maqollarni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, unda siz haqsiz...

Muomala masalasida men nohaq edim... Buning uchun uzr so'rayman ChehMikdan...

Iqtibos
P.S. Dalil deganda, xalqning holatini topib gapirgan ChehMikning so'zlari va O'zbekiston Qozog'izstondan hali ham un sotib olishi haqidagi gapini aytdim. Siz inkor qilsangiz ham mana shu eng kuchli dalil. Siz istalgan novvoyning oldiga borib so'rangchi, qaysi undan non yopar ekan?

Men shuning uchun atayin dalil deganda nimani nazarda tutyapsiz deb so'ragandim. Un masalasiga boshqa qaytmayman. Yuqorida gapirdim...

Lekin ChehMikning topib gapirgan gapi dalil bo'lishiga qarshiman. Har bir odamning gapi dalil bo'laversa, dalilning kuchi qayerda qoladi... Dalil bu - hujjat, qayd etilgan fakt hisoblanadi.

Islomda ham birorta domla topib gapirgan bilan uning so'zlari dalil bo'lolmaydi. Dalil - bu Qur'on bo'ladi.

Qayd etilgan

Habib  13 Avgust 2010, 11:56:18

Bo'ldida endi akalar! Jum'aga oz vaqt qoldi, shuni payida bo'linglar!
Jum'a muborak!

Qayd etilgan

Muhseena  13 Avgust 2010, 12:29:37

Bu faqatgina sinovli dunyo.Xayrulla aka aytgandilar manga "Musulmon bu dunyoda qiynalib yashaydi" deb.Avvalari yaxshi tushunmasdim,musulmon Allohga ibodat qilsa hech qachon qiyinchilik ko'rmaydi deya o'ylardim.Qo'shnim juda nochor 6 ta farzandi bor.Shuning qizi med.kollejga kirmoqchi edi,juda aqlli qiz.Ammo kirolmadi,aybi ota-onasining puli yo'qligida bo'ldi xolos.Pora bermay deganlar bermasa o'qishga kirolmaydi bolasi,bersa gunohkor,o'qitmasa ham bo'lmaydigan davr....Bu haqida o'ylashni ham istamayman.Faqatgina sinov deb qabul qiladigan bo'ldim.Yaxshiyamki dunyo abadiy emas ekan.Shunisi taskin beradi...

Qayd etilgan

Musannif Adham  13 Avgust 2010, 13:02:32

Biz siz bilan doimo bir xil mavzuda tortishamiz. Bu "an'ana" anchadan buyon davom etib kelmoqda. Lekin har bir bahsimizda, biron bir yechimga erisha olmaganmiz. Nima uchun bilasizmi? Chunki siz ham, men ham doimo o'zimiz uchun kerak bo'lgan joyni ushlab olib, o'sha so'zlardan iqtibos olib keltiramiz. O'zimizning kamchiligimiz bayon qilingan jumlalarni esa e'tiborsiz qoldirib ketamiz.

Xuddi ChehMik faqat mening "Beee" degan so'zimdan iqtibos olgani kabi. Chunki haqiqatdan men o'sha yerda muomala qilishda katta xatoga yo'l qo'ygan edim. Qolgan so'zlar esa e'tiborsiz qoldi...

Keling bu safar shu ishni qilmasdan, to'g'ri bahs yuritaylik... Men uhbu mavzu yopilishini istamayman. Siz ham qarshi bo'lmasangiz...

Keling bir boshidan boshlaylik...

Bor va ko'rgan narsamni (menga bejab ko'rsatishgan narsani emas) haqiqat deb qabul qilyapman.

Bor va ko'rgan narsangiz har doim ham haqiqat bo'lavermaydi. Chunki siz ko'rayotgan narsalar sizga bejab ko'rsatilmayotganligiga kim kafolat bera oladi...

Iqtibos
Y_U_R_I_S_T, ayni kezi kelganda, bir gapni aytib ketay. Siz xuddi men yurgan yo'ldan ketyapsiz. Men Sizda ko'p hollarda o'zimning yoshligimni, yoshlikdagi fikrlarimni ko'raman. Xafa bo'lmang, agar Sizni o'zimga o'xshatganligim yoqmagan bo'lsa. Lekin Sizga o'xshab fikrlashim 16 yoshimda tugadi. O'shanda nima aslida nimaligini, qanday yolg'onlar bilan aldanib yurganligimni bilib qoldim. Balki Siz ham bir kun kelib, men hozir o'ylayotgandek o'ylarsiz, balki o'z yo'lingizda sobit qolarsiz.

Men hech ham xafa bo'lmadim, samimiy.

Faqat meni bir narsa o'ylantirayapti... Siz mendan farqli ravishda fikrlayman debsiz. Men Vatanparvarlik ruhida fikrlayman. Unda siz...?!

Iqtibos
Haqiqat masalasiga kelsak, O'zbekiston Qozog'istondan har yili 1 million tonna un sotib oladi. Demak, O'zbekiston Ispaniyadan boy emas.

O'zbekistonnning Qozog'istondan un sotib olishi bu yuqorida bayon etilgan bug'doy mavzusiga aloqasi yo'q. Gap bug'doy haqida ketmoqda.

Voy, deyishingiz mumkin, gapni aylantirayapti deb. Tushuntiraman. Bug'doy bu - hom ashyo... Uni unga aylantirish esa umuman boshqa mavzu. Balki ularda un ishlab chiqarish sifati yaxshiroq bo'lishi mumkin, ularda un ishlab chiqarish tannarxi arzonroqqa tushishi mumkin, ularda bizdan ko'ra kuchliroq texnologiyalar bo'lishi mumkin. Tushunyapsizmi, bu umuman boshqa masala!

Bu xuddi bizda paxta sanoati yaxshi bo'lgan bilan, paxtadan tikilgan sifatli kiyim-kechaklarni chetdan olganimiz bilan barobar!

Iqtibos
Yana bir haqiqat shuki, bizda bolalar emas, kattalar ham yolg'on bilan to'yintiriladi.

Marhamat qilib, menga yana bir haqiqatni anglash uchun yordam bersangiz:

Dunyodagi qaysi davlatda bolalar ham, kattalar ham yolg'on bilan to'yintirilmaydi. Hech bo'lmasa bitta variant ayting - Utopiyadan boshqa...

X.Hamidov masalasiga kelsak, haqiqatdan biz ular haqida hech narsa yozmadik. Tahririyatdagilar ham o'sha vaqtda qanday javob berganliklari ma'lum.

Xo'sh, o'zingiz nima deya javob bergan bo'lar edingiz. Ha, kecha qamoqqa olindi. Munaqa bo'libdi, unaqa bo'libdi, shuncha berishmoqchi ekan degan bo'lardingizmi? Vaholanki, o'sha vaqti voqealar rivojini o'zingiz ham aniq bilmaysizku... Keyin siz o'sha vaqtda insonlar orasida gap qanday tarqalishini ham hisobga olishingiz zarur. "Voy, munday bo'pti", degan gap, ikkinchisiga, "voy-voy, munday bo'pti" deb yetib boradi. Uchinchi insonga esa "Voy-voy-voy, munday bo'pti" deyiladi... Bu ham isbot talab qilmaydi...

Gazeta va saytda nega yozilmaganini esa ma'sul insonlar hal qilishadi... Lekin futbol gazetasida "Falonchi shuncha yilga ozodlikdan mahrum qilindi" degan xabar ketishi...

Iqtibos
Birodar, eshitaverib, yodlab olgan jumlalarimiz bilan emas, o'zingizning oddiy so'zlaringiz bilan yozing, postlaringizni. Muomala masalasida ham ChehMik haq deb bilaman.

Deyarli hammasi o'zimning jumlalarim... Agar maqollarni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, unda siz haqsiz...

Muomala masalasida men nohaq edim... Buning uchun uzr so'rayman ChehMikdan...

Iqtibos
P.S. Dalil deganda, xalqning holatini topib gapirgan ChehMikning so'zlari va O'zbekiston Qozog'izstondan hali ham un sotib olishi haqidagi gapini aytdim. Siz inkor qilsangiz ham mana shu eng kuchli dalil. Siz istalgan novvoyning oldiga borib so'rangchi, qaysi undan non yopar ekan?

Men shuning uchun atayin dalil deganda nimani nazarda tutyapsiz deb so'ragandim. Un masalasiga boshqa qaytmayman. Yuqorida gapirdim...

Lekin ChehMikning topib gapirgan gapi dalil bo'lishiga qarshiman. Har bir odamning gapi dalil bo'laversa, dalilning kuchi qayerda qoladi... Dalil bu - hujjat, qayd etilgan fakt hisoblanadi.

Islomda ham birorta domla topib gapirgan bilan uning so'zlari dalil bo'lolmaydi. Dalil - bu Qur'on bo'ladi.

Y_U_R_I_S_T, Siz yana eski yo'ldan ketishni boshladingiz. Dalil faqat Qur'on bo'ladi, debsiz. Bir vaqtlar bir masala ustida tortishganimizda men Qur'ondan dalil keltirib, agar bunga qarshi gapingiz bo'lsa, siz ham oyat bilan dalil keltiring, dedim. Siz esa o'shanda o'sha "dalil"ni qabul qilmadingiz. U paytda Qur'on dalil o'rniga o'tmadi, endi esa boshqacha gapiryapsiz?

Vatanparvarlik masalasida ham men oldindan aytib kelganman: Vatanni yolg'ondan maqtab emas, bor kamchiliklarini aytib, keyin shuni tuzatib sevaman.

Siz bilan ana shu nuqtada kelisholmaymiz.

Xayrulloh Hamidov masalasida yana gapni aylantirishga majburman. Birga ishlab kelgan hamkasbning oilasiga "ikki enlik" hamdardlik bildirilsa, menimcha hech narsa bo'lmasdi. Yoki ular ham "jihodchi" bo'lib qolsihdan qo'rqdilarmi? Mayli har kim o'ziga javob beradi. Sizchi? Loaqal forumda, o'sha intervyu olgan blogingizda biron narsa dedingizmi?

Un va bug'doyning farqi borligini yaxshi tushunaman. Lekin rasmiy matbuotda 1997 yildan beri "G'alla mustaqilligiga erishganimiz"ning aytilishiyu, bugungacha yeydigan nonimiz uchun 1 million tonna un sotib olishimizni qanday tushuntirib berasiz? Hech bo'lmasa shu masalada to'g'ri gapirish mumkindir? Agar Siz aytganday, gap faqat texnologiyada bo'lsa, o'sha texnologiyani olib kelishning iloji yoqmi? Shunday qilsa, balki arzonroq tushar.

ChehMik ham, men ham qiyosning noto'g'ri qo'yilganiga qarshilik bildirdik. Ya'ni o'sha bug'doy masalasi. Keyingi gaplar shunga bog'liq kelib chiqdi. Agar gaplarimda bir-biriga bog'liqlik bo'lmay, "quruq olib qochgan" bo'lsam, unda bu mening xatoim va uzr so'rayman.

Yana bir gap: Jorj Bush uslubida gapirmang: "Yo biz bilansiz, yoki bizga dushmansiz!".

Faqat meni bir narsa o'ylantirayapti... Siz mendan farqli ravishda fikrlayman debsiz. Men Vatanparvarlik ruhida fikrlayman. Unda siz...?!

Munozara davom etishiga qarshimasman. Lekin yana oldingilaridek yechim yopish ehtimoli bor. 

Qayd etilgan