Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1373840 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 249 250 251 252 253 254 255 256 257 258 259 ... 310 B


Muhammad Sanjar  15 Yanvar 2012, 18:07:54

Bir kuni boshqa shaharda, taksida ketayotgan edim. Yo'lda 3 ta yosh yigit qo'l ko'tardi. Yarmi bo'shatilgan pivo butilkasini ushlab olgan, yoshi taxminan 18-19lardagi, eng so'nggi "qiyqiriq" modada kiyingan, soch turmagi ham allambalo bir bola gap boshladi:
- Aka, bizga 1 soatga mashinangiz kerak. Bir soat hizmat haqingiz qancha bo'ladi?
Boshqasi gapga aralashdi:
- Mashinangizni kolonkalari zo'rmi ishqilib? Bizni bir soat shahar ko'chalarida aylantirib yurasiz, "Falon" gruppaning qo'shiqlarini baland qilib olib eshitib yuramiz...

O'shanda bu guruhni tanimasdim. Balkim ko'chada tasodifan quloqqa chalingan ba'zi qo'shiqlarning shu guruh tomonidan aytilganini bilmasdim shekili. Hozir esa ancha tanib qolganman. Ularga aloqadir har xil voqealarni eshitaverib, ko'chada ularga taqlid qilib yurgan yoshlarni ko'raverib..

Qishloqlik bir bola onasidan 10 000 so'm pul so'rabdi. Sababini so'ragan onasiga "Sochimni 'falon'chilarga o'xshatib oldirmoqchiman" debdi. Ona hayron, bu qanday qimmat turmak ekan deb. Uzoq injiqliklardan so'ng o'spirin niyatiga yetdi. Ona baribir ona ekanda, sut-qatiq sotib to'playotgan pulidan o'n ming so'mini o'g'liga ajratdi. Lekin qattiq tayinladi: "O'glim, faqat dadang bilib qolmasinlar-a..."

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  15 Yanvar 2012, 19:11:10

Bushagan paytlarim kupincha taksili qlib yurardim. Usha kunlarning birida 3ta bola mashinani tuhtatdi Mikrayonga borasmi deb suradi. Men ha dedim va ula mashinaga chqib utir. Kurinishidan juda yosh bolala maktapniyam bitrmagan busa kerak hali balant ovozda gaplashib ketardi gap suzlaridan ular qaerga ketishi ma'lum buldi uzi Mikrayongami deb suraganida shubha uyg'atudi manda (mikrayon qotortol bub ketka ayrim joylari) ulaga juda rahmim keldi hali ona suti og'zidan ketmagan qanchalik gunoh ishka qul urayotkanini blarmikin bula. Sekin ''Hayrulla Hamidovni' zino haqida mavezasi yozlgan diskini quyib ovozini kutarib quydim hamasi jim boshini quya solib eshitp ketardi manzilga yetay dganda qaerda tushasizlar deb suradim indashmadi saldan keyn bitasi qaytip ketamiz oka kegan joyimizga olib borib quying..

(bir okahonimiz aytib bergandila boshlardan utkan voqiyakan)

Qayd etilgan


Musannif Adham  16 Yanvar 2012, 11:55:11

Toshkent Xalqaro aeraportida samalyotga chiqquncha 7 ta tekshiruvdan utilarkan (manimcha Ginnesga kiritsa buladi):
 

Men oltita sanagan edim. Endi o'ylab ko'rsam 8 taga ham yetkazsa bo'larkan. Birma-bir aytaman. Aeroportga virtual sayohat  :):

1. Aeroport binosidan 50 metrcha uzoqlikda qorovullik punkti o'rnatilgan. Shu yerda chiptangiz qo'riqlash xizmati tomonidan, yukingiz detektor yordamida tekshiriladi. Uyog'iga chiptasi yo'q kishilar, kuzatuvchilar o'tkazilmaydi.

2. Uchish 2-qavatda. Oynavand zalga kirishda yana o'sha chipta va endi skaner bilan yuk tekshirish.

3. Binoga kirib oldingiz. Endi deklaratsiyani to'ldirib, qaydda o'tish(regstratsiya)ni kutasiz. Qayddan o'tish boshlanishi bilan navbatda turib, uchish talonini olasiz. Keyin esa yukingizni o'lchatib, me'yordan ortiqcha chiqib qolsa, iltimos qilib, yoki pulini to'lab, yukxonaga topshirasiz. Bu uchunchi tekshiruv.

4. Endi haligi deklaratsiyani pasport va uchish taloni bilan birgalikda bojxona tekshiruviga olib borasiz. Bu yerda ham samolyot ichiga olib kiradigan shaxsiy yukingizni skaner yordamida tekshirishadi. Deklaratsiyaga muhr bosib, olib qolishadi. Ha, bir ortiqcha savol berishadi: "Rostdan ham ....(deklaratsiyaga yozilgan miqdor) dollar olib ketyapsizmi? Tekshirsak ko'p chiqmaydimi?" Bu savol deyarli hammaga beriladi. Boshqalarni bilmadim, lekin menda bir xil o'y bo'ladi: "E seni aldab bir narsa toparmidim? Lekin ko'p bo'lsa yaxshi bo'lardi" :D.

5. Endi pasport nazoratiga o'tamiz. U yerda pasportni tekshirib, chiqish muhrini bosishadi.

6. Uzun yo'lak oxirida bir ayol(yoki bir erkak) o'tiradi. U uchish talonini tekshirib, TEKSHIRILDI degan muhr bosadi.

7. Va nihoyat oxirgisi: samolyotga chiqishdan oldin barcha temir buyumlar(soat, mobil telefon, ruchka), kamar, ustki kiyimlar, qo'l yuki, oyoq kiyim yana skaner tekshiruvidan o'tadi. O'zingiz ham detonator kabinasidan o'tasiz. Endi samolyotga yo'l ochiq.

Men 8 taga yetkazish mumkin dedim:

8. Haligi bojxona nazoratidan o'tishda(4-tekshiruvdan keyin) agar Sizdan shubhalanib qolishsa, yoki deklaratsiyangiz yoqmasa, unda alohida xonaga olib kirib, qo'l yukingiz, yoningizdagi pullaringizni stol ustiga qo'yib, yana bir tekshiruvdan o'tasiz. Bu hammaga emas, lekin taxminan 35% yo'lovchilar o'sha xonaga kirib chiqishadi.

Oxirida hammangizga xayrli parvoz tilaymiz. O'zbekiston Havo Yo'llari Milliy Aviakompaniyasi.  :)   

Qayd etilgan


Musannif Adham  16 Yanvar 2012, 12:21:34

Google  ва бошқа бир нечта сайтларда он-лайн таржимон (переводчик) лойихаси туппа тузук ишлаб турибди. Матн ёки сайт манзилини киритсангиз, жуда мукаммал бслмаса-да, хар холда тушунса бсладиган қилиб таржима қилиб беради. У ерда асосий жахон тиллари(Инглиз, Аемис, Франяуз, Араб, Испан, Хитой, А ус ва х.к.)дан  ташқари Қозоқ тили, Урду, Тамил ва хаттоки Гаити тили хам бор... Одамга алам қиладигани сша "иккинчи даража"ли тилларнинг аксаристида она тилимиз - Ўзбек тилидагидан нисбатан кам (хатто бир неча баробар кам) одам гаплашади. Бизнинг Ўзбек тилимиз учун сса бундай техник воситани хали хеч ким тайёрлагани йсқ. Хатто лойихасини хам сшитмаганман. Аима дейсизлар, қилни қирқ ёрадиган Ўзбек дастурчиларини фақат соққали ишлар қизиқтирармикин, ёки миллат қадристларининг снг асосийси-  она тили учун хам рағбат қилиб қолишармикин???

O'zim eshitganim aniq ma'lumot: 2004 yil bahorida O'zbekiston Milliy Universiteti Informatika fakultetida Windows operatsion tizimini o'zbek tiliga tarjima qilish bo'yicha katta guruh tuziladi. Guruhga dasturchilar, tilshunos olimlar biriktiriladi. Davlat tomonidan mablag' ajratilishi belgilanadi. Xullas hamma rejalar tayyor. Mutaxassislar bor. Oxirida gap pulga taqaladi. Va'da qilingan mablag' ajratilmaydi. Guruh tarqab ketadi...

U paytda Windows XP amalda edi. Keyin Windows Vista, undan so'ng mana hozir Windows 7 ni ishlatyapmiz. Lekin haligacha rus, ingliz yoki boshqa xorijiy tillarda. Hamma gap pulga taqaladi. Mehnat qilgan odam samarasini ko'rishni istaydi. Bo'lmasa bizda yaxshi dasturchilar, tilshunos, tarjimonlar yo'qmi? Qo'pol bo'lsa ham aytaman: tiqilib yotibdi. O'sha "ikkinchi darajali" (Bu atamangiz to'g'risi menga yoqmadi. "Har kimniki o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga". Keyin Urdu tilida 60.6 million, Qozoqda 13 million, Tamilda 66 million gaplasharkan) chet tillarga ham aksar hollarda pul evaziga tarjima qilingan. Davlat bo'lmasa, xususiy shaxslar homiylik qilishgan.

Google Translate masalasida ham shu ahvol...

Lekin taklif ham bor. Bizda nima ko'p? Har-xil yoshlar tashkilotlari ko'p. Kamolot, Kamalak kabi. Turli xil fondlar va ularning a'zolari ko'p. Ana shularga yuklash kerak bunday ishlarni. Menimcha har-xil oldi-qochdi tanlovlardan ko'ra mana shu ishlari foydaliroq bo'ladi.


Qayd etilgan


Музаффар  16 Yanvar 2012, 19:20:44

Жахонда халқаро хужжатлар асосан 6та тилда юритилади: Инглиз, А ус, Хитой, Араб, Испан ва Франяуз. "Иккинчи даражали" ссзини бекорга қсштирноққа олганим йсқ. У тилларни камситмоқчи хам смасман. Яқинда ислом.уз форумидаги Абу Муслим акамиздан хабар сқидим. Таржимон сайт устида иш бошланибди. Жудасм хурсанд бслдим. А­ътироз билдиришга анда шошилган сканман...

Qayd etilgan


Donishmand  16 Yanvar 2012, 19:38:12

So'zi o'zini rad qilsa, odam qanaqa bo'larkin...

Qayd etilgan


Музаффар  16 Yanvar 2012, 19:55:01

So'zi o'zini rad qilsa, odam qanaqa bo'larkin...

А иторикага ойдинлик киритсангиз...?

Qayd etilgan


Donishmand  16 Yanvar 2012, 20:11:19

So'zi o'zini rad qilsa, odam qanaqa bo'larkin...

А иторикага ойдинлик киритсангиз...?
Oydinlik kiritish shartmas, "gap egasini topadi" deyishadi-yu...

Sizning postingizdan keyin tushib qolgani uchun shubhalandingizmi? Shunday bo'lishini sezgandim. Nima qilayki, bu so'zlarga boshqa mavzularda joy yo'q ekan ;)
Sizning so'zingiz o'zingizni rad qilmayapti-ku. :)

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  17 Yanvar 2012, 04:35:47

bir kun avtobusda uyga qaytyapman qo'limda sotib olgan kitobim.. oldimda bir 30 yoshli kishi qo'limdagi kitobni ko'rib uka shu kitobni necha pulga oldiz. man palon pulga oldim desam,shu pulga uydagilariga go'sht yoki moy olib borganiz yaxshimasmi dedi.. nima deyishimni bilmasdan hayon qoldim....... uyga kelib uyladim bu gapni  iqtisodiyot nochorligidan manga shunaqa dedimi yoki....... siz nima deb uylaysiz aziz forumdoshla?

Qayd etilgan


Usmon  17 Yanvar 2012, 22:00:59

Амақимми гапларига қаршиман. Қслизда китоб обкетвотганиз уйда қолган нарса билан ишиз йсқлигиданмас-у. Иннайкейин, у китобни сқиб балки сиз нон заводи қурадиган илм оларсиз :-)  Хуллас, амақимдака сйлайдиган бслсак, Зимбабвега айланамиз, сиздака сйласак - Фозил одамлар шаҳрига (Лоримга Зимбабвеликлар киришмайди диб умид қиловиза)

Иннайкейин сна биннарса. Лоримга кирса қанақадур... одамми фикри тиниқлашади. Аур бор. Бугун снг хурсанд қилган пост - А абеллахон қсйган расм бслди. Ишқилиб башқачадеее.

Qayd etilgan