Maqtanish deb o‘ylamang-u, ancha ko‘rkam yigitman. Buni atrofimdagilardan ham ko‘p eshitganman. Onam ham doim: "œKo‘z tegmasin, shunday chiroyli o‘g‘lim bor", deb qo‘yadilar. Ularning gaplarimi yoki boshqalarning menga havas bilan qarashlari ta’sir qilganmi, ishqilib, o‘zimga ancha yuqori baho berardim. Yulduzga qo‘limni uzatsam bemalol uza olaman, deb o‘ylardim...
U oddiygina qiz edi. Bir guruhda o‘qirdik. Oyni uyaltirgudek malohati ham yo‘q edi. Oshiqlarni lol etadigan darajada go‘zal emasdi. Ammo kishini o‘ziga tortadigan nimasidir bor edi (bundaylarni istarasi issiq, deyishadi, shekilli). Avvaliga unga boshqa kursdoshlarimdek munosabatda edim. Ammo vaqt o‘tib, unga boshqacha qaray boshladim. Negadir uni ko‘rgim kelaveradigan bo‘lib qoldi. Oldiniga bu holatni o‘tkinchi deb parvo qilmadim. Bora-bora uni ko‘rmasam, bir narsamni yo‘qotgandek seza boshladim o‘zimni. Uni sevib qolganimni tushundim. Sevganda ham, yoniq harorat bilan sevdim.
Unga sevgimni izhor qilishga anchagacha botinmay yurdim. Nihoyat, yurak yutib, dardimni aytganimda esa, u sevgimni qabul qilmadi. "œMen sizni sevmayman!" deb ko‘zimga tik qarab aytdi. Lol bo‘lib qoldim. Ochig‘i, meni rad etishini kutmagandim...
Nahotki, yulduzlarga yetgan qo‘lim unga yetmasa?.. Hazil hazil