Bismillohir rahmonir rahiymi
QASAMLAR VA NAZRLAR KITOBI
Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): «Lo yuoxizukumullohu billag‘vi fi aymonikum valokin yuoxizukum bimo aqqadtumul-aymona, fa-kafforatuh it’omu asharati masokiyna min avsati mo tut’imuuna ahliykum avkisvatuhum av tahriyru rakabatin, fa man lam yajid, fasiyomu salosati ayyomin, zolika kafforatu ammonikum izo halaftum, vahfazuu aymonakum, kazolika yus «shinullohu lakum oyotihi la’allakum tashkuruuna». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamagaydur, ammo ul astoydil aytgan qasamingiz uchun sizlarni jazolag‘aydur. (Astoydil aytgan) qasamingiz evaziga beradigan kafforatingiz shulkim, o‘nta muhtojni o‘z bola-chaqangizga yediradirgan o‘rtamiyona taom birlan to‘yg‘azg‘aysiz yokim ularni kiyintirg‘aysiz yohud bir qul yo cho‘rini ozod qilg‘aysiz. Kimniki bular qo‘lidan kelmasa, uch kun ro‘za tutmog‘i lozimdur. Bu sizga har qachon qasam ichsangiz, kafforat bo‘lg‘aydir. Qasam ichmoqdan o‘zingizni tiyingiz! Olloh shukr qilg‘aysiz deb shul tariqa sizlarga o‘z hukmlarini bayon qilur».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abu Bakr, Olloh taolo qasam kafforati haqida o‘z oyati karimasini nozil qilgunga qadar, ichgan qasamlarini sira buzmas erdilar va ul oyat nozil bo‘lganda: «Men qasam ustiga qasamyod qilmag‘aymen, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsam, (ilgari ichgan) qasamimga kafforat berg‘aymenda, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen»,— dedilar».
Abdurrahmon ibn Sumra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ey Abdurrahmon ibn Sumra, amirlikni talab qilmagil, gar talabingga muvofiq bu mansabga qo‘yilgaysen, unga suyang‘aysen (undan foydalang‘aysen) va gar talab qilmay (o‘z layoqating yirla) erishg‘aysen, unga madadkor bo‘lg‘aysen. Basharti, qasamyod qilg‘on ersang-u, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsang (ilgari ichgan) qasamingga kafforat berib, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘il!».
Abu Burda otalaridan naql qiladilar: «Men bir guruh ash’ariylar birlan birga Rasululloh salallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib, minib va yuk ortib ketmog‘imiz uchun ulov so‘radim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, menda sizlarga yaroqli birorta ham ulov yo‘qdur!»— dedilar. Shunda biz (nima qilarimizni bilmay) Olloh taolo iroda qilgancha vaqt turib qoldik. So‘ng, uchta katta tuyani yetaklab kelishib, bizni mindirib, yuklarimizni ortib qo‘yishdi. Yo‘lga tushganimizdan so‘ng, o‘zaro: «Olloh taolo haqi, yaxshi ish bo‘lmadi! Biz Janob Rasulullohning qoshlarig‘a ulov so‘rab borib erdik ul zot avval bizga yaroqli ulov yo‘q deb, so‘ng ulov topdirib berdilar. Kelinglar, ortimizga qaytaylikda, Janob Rasulullohga bu haqda qaytaylik!» — dedik-da, orqamizga qaytib, ul zotning oldilariga bordik. Janob Rasululloh: «Sizlarga ulovni men berganim yo‘q. Olloh taolo berdi. Olloh taolo haqi, inshoolloh men qasamim ustiga qasam ichmag‘aymen, biror qasamni afzalroq ko‘rsam, ilgarigi qasamimga kafforat borib, so‘ng o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen!» — dedilar.
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomatda ersa birinchilarmiz!» — dedilar. Janob Rasululloh yana: «Olloh taolo haqi, birortangiz xotiningizga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamingizni buzsangiz, buning uchun siz Olloh taolo dargohida Olloh taolo kafforat bermoqni farz qilgan qasamki ichib, gunohkor bo‘lgandin ham og‘irroq gunohkor bo‘lg‘aysiz!» — dedilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki ayoliga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamini buzsa, kafforattalab qasam ichib gunohkor bo‘lgandan ham ortiqroq gunohkor bo‘lg‘aydur! — dedilar».