Forumga kitob joylash qoidalari:
1. Mavzu nomini aniq keltiring. Uning muallifini ham mavzu nomini yozganingizdan so'ng nuqta qo'yib yozing. Mavzu va kitob nomini KATTA harf bilan yozing. Ba'zi kitoblar haqida qisqacha izohni qavs ichida ham berishingiz mumkin.
Masalan: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy
2. Mavzuning birinchi postida kitob, uning muallifi, muharriri, tarjimoni, qayerda chop etilganligi, nashriyoti, yili, nima haqdaligi haqida ma'lumotlar qoldiring.
3. Kitobning bo'lim, bob va asosiy mavzularini qora hardda bering. Shuningdek Qur'oni karim oyatlarini ham qora harfda chop eting.
4. Hadisi sharif, she'rlar va ba'zi iqtiboslarni egilgan harfda bering.
5. Har bir abzatsdan keyin 1 qator tashlang.
6. Bir postda 3-4 ta, agar qatorlari ko'p bo'lsa, 1-2 ta abzats berish mumkin.
7. Har bir mavzuni alohida postda bering.
8. Imloviy xatolarni bartaraf etib, forumga kiritishdan avval tekshirib chiqing.
9. Mavzu tugagandan so'ng uning mundarijasini oxirgi post qilib joylang va uni 1-postga ham ilova qiling.