Assalomu alaykum!
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!
Albatta, Biz u(Qur'on)ni Laylatul Qadr da tushirdik.
Laylatul Qadr qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
Laylatul Qadr ming oydin yaxshiroqdir.
Unda farishtalar va Ruh Robbilari izni bilan barcha ishlar uchun tushadir.
U to tong otguncha salom bo‘lib turadir.
Ollohumma innaka afuvvun, tuxibbul-afva, fa'fu anniy. Yo Olloh, darhaqiqat Sen afv etuvchisan. Afv etishni yaxshi ko'rasan. Bas, meni afv et.
Ollohim bu ulug' kechaning barokotidan barcha mo'min-musulmon birodarlarimizning bu kungi ibodatlarini, bandachilik bilan, bilib-bilmay qilib qo'ygan gunohlari uchun mag'firat tilab qilgan duolarini o'z dargohingda qabul aylagin, ularga ikki dunyo saodatini nasib etgin, payg'ambarimizga (s.a.v.), ul zotning ahliyalariga, sahobai kiromlariga salovotu salomlar yetkazgin, bizlarni o'z saodat yo'lingdan adashtirmagin, Omin!