Bizlarning ilmimiz juzviydurkim, anbiyolar qadri sharofatlarini qamrab ololmas.
Chunonchi, Haq subhonahu va taolo bizlarda uyquni xalq qilmasa, bir kishi bizlarga uyqu ahvolini hikoyat aylab, desakim, uyqu deb bir nimarsani aytarlarki, kishi o‘zidan bexud bo‘lib, harakat qilmaydur, va eshitmaydi, va so‘zlamaydi va andisha qilmaydurkim, tongla na bo‘lg‘usidur. Vaqtiki bedor bo‘lsa, kelgusini ko‘radur va eshitadur va xamma nimarsaga qodir bo‘ladi, bas, bu hikoyatlarga odamlar bovar qilmaslar.
Charoki, odam o‘zi ko‘rmagan nimarsaga (aqli) bovar qilmas. Chunonchi, Haqazza va jalla bu ma’nodin xabar beribdurkim:
Bal-kazzabu bimo lam yuhitu bi-ilmihi va lamo ya’tihim ta’viluhu.
Ya’ni: Ular Qur’on ilmini, oyatlar ta’vili-mohiyatini bilmay turib, yolg‘on deydilar. (Yunus, 39).
Va yana bir oyatda xabar beribdur:
Va izlan yaxtaduv bihi fa-sa-yaquluna xazo ifkun qadimun.
Ya’ni: Ular o‘zlari hidoyat topmagach, «Bu eski uydurmadur», - dedilar va o‘zlariga zulm qildilar. (Ahqof, 11).
Va ajablanmaginki, anbiyo va avliyolarda sifat bo‘lg‘aykim, ul sifatdin chandon xosiyat va lazzatlar ko‘rgaylar. Va o‘zgalarda bu sifat yo‘qdurkim, bu lazzatlardin mahrumdirlar.