Har bir insonni bu hayotda qiziqishlari bo'ladi. Men masalan ho'jayinimga foyda beradigan qiziqishlari (hobbi)ga hech e'tiroz bildirmayman. U kishidan ham meni qiziqishlarimga-menga zarar bermaydigan, vaqtimni behuda sarflashimga sabab bo'lmaydiganlariga albatta, hurmat ko'rsatishlarini talab qilaman.
Chunki er-xotinlik degani umuman dunyoga ko'z yumgin, degani emas. Hayot davom etyabdi. Yor-do'stni ham o'z o'rni bor. Agar u choyxonada bo'lsa- albatta uchrashsin. Sport bilan shug'ullangandan keyin oilasiga yana ham sog'lom qaytayotgan bo'lsa to'pini ham tepsin....