Mahdiyahni ota-ona haqidagi ochgan yangi mavzusidan ilhomlanib
bu mavzuni ochdim. Balkim hammaga birdek ma'qul bo'lmas ammo,
oz bo'lsada hato va kamchiliklarimizni anglashda, anglatishda yordam
bo'lar, degan umidda Mufazzala opangiz.
Onam doimo akalarimga itoat qilishimni, ularni hurmat qilishimni,
katta akamni otam o'rnida ko'rishimni hohlardi.
Men esa buni hohlamasdim
Men ham bolangizman, meniyam
hurmat qilishsin ulariz, deb qaysarlik qilardim.
Xozir ulg'ayib, o'zim ham ona bo'lganimda Onamni bu o'gitlariga endi tushunib
yetyapman. Qizimni akasiga itoat qilmaganini ko'rsam qonim qaynaydi.
O'zim ham shunday bo'lganimni eslab, sabr bilan bizga tarbiya bergan Onamni haqlariga duo qilaman.
U paytda men tushunib yetmagan haqiqat:
Qiz bola yoshligidan itoatga o'rgatilishi kerak.
Agar shunday qilinsa oilalik bo'lganida baxtli hayot kechiradi va
Robbisini rizosini topadi, inshaAlloh.
Qani Forumdosh, ota-onangiz sizni qaysi sifatlaringizdan rozi yoki
qaysi fe'llaringizdan norozi...?
(Meni bu mavzuda yozadiganlarim juda ko'p)