Nima qilasiz yashirib?!Ey ayollar, nima qilasiz yashirib, baribir ularga o‘xshagingiz keladi-ku! Harir matodan tikilgan liboslari bilaklari-yu, tovonlari, yoqalariyu yuzlarigacha berkitib turganini ko‘rib doimo havas ila boqasiz-ku.
Jamoat transporti, ishda yoki ko‘chada, xullas, qayerda bo‘lsa ham o‘zingizga o‘xshab kiyinmagan munis ayollarni ko‘rib qolsangiz, ularga e'tibor berib, men ham imkoni bo‘lsa shunday kiyinardim, degan xayol o‘tgan-ku qachondir. balki, bu xayol Sizga har kuni bir kelib ketar?! Nega buni amalga oshirish imkoniyati yo‘q ekan. Bor-da, bo‘lganda ham qandoq. Faqatgina fikrlaringizni bir oz o‘zgartirib, nafsingizni jilovlasangiz kifoya. Qiyinmi? Bilmasangiz bilib qo‘ying, mana shu qiyin ko‘rinayotganligi shaytondandir.
Hech e'tibor berganmisiz, ochiq kiyingan ayol bilan Alloh amriga javoban avratlarini berkitib yurgan ayolning yonma-yon o‘tirganini! Juda qiziq holat-a! Agar guvoh bo‘lgan ersangiz bilasiz kim go‘zalroqligini. Ba'zi erkaklar ochiq kiyingan ayolga qaraydi. Qaraganda ham XIRS bilan qaraydi. Avratlari yopilgan, ya'ni mastura ayolga qaragan erkaklar ichlarida rahmatlar aytadilar o‘zini-o‘zi asrab yurgani uchun. Yo‘q deb ko‘ring-chi. Unday deyolmaysiz ham. Chunki, bu Sizga ham ma'lum. Siz ayollar ming urinmang hamki, baribir erkaklarning aslida nima istayotganlarini bilolmaysiz. Agar Siz ochiq kiyinib erkaklarni qaratayotgan bo‘lsangiz, bilingki, ular Sizga faqat va faqat XIRS nazari bilan, KO‘NGILXUSHLIK niyati bilan qarayotgan bo‘ladilar. Agar Sizga aynan shu narsa kerak bo‘lsa, marhamat, ko‘chaga chiqib fohishalik bilan shug‘ullaning — baribir ular bilan bir xil gunohli ishni qilmoqdasiz, ta'bir joiz bo‘lsa ular bilan hamkasbsiz!
Mavridi kelganda bir narsani so‘rab olay, nari-berisi bilan 1 qarich chiqadigan mini yubka (uni yubka deyish ham g‘alati, boshqa termin topish kerak, «Welcome» kabi), lyamka yoki kalta libos kiyib olgan «hurliqo» negadir jamoat joyida, masalan metroda o‘tirib ketayotganda ikki oyog‘ini bir biriga qapishtirib, ochiq tizzasi hamda lyamkasi sabab ochilib qolgan joylarini metroda ketayotgan yo‘lovchilardan yopishga urinadi. Shuni tushunmayman. Axir o‘zingiz shu «kiyim»larni ba'zi yerlaringiz ochilib turishini bilib turib, hammaga ko‘rsatib yurishga rozi bo‘lib kiygansizku, axir o‘sha «kiyim»larni kiyishdan maqsadingiz ham barchaning e'tiborini tortish-ku, nima qilasiz shundoq ham ochilib yotgan avratlaringizni berkitishga urinib. Ularni berkitishni metroda emas, uydan chiqayotganda, to‘g‘rirog‘i o‘sha kiyimlarni sotib olayotganda o‘ylash kerak edi. Bu huddi ovqatning tuzini atayin sho‘r qilib tayyorlab, taom tortilganda, voy, man bilmabman, deb go‘yoki barchaning ustidan kulishga o‘xshaydi, bu faqat va faqat o‘z-o‘zini aldashdir. Eng qizig‘i, butun yelka qismlarini yopa olmaydigan lyamkalarini tepaga tortib qo‘yadilar, huddi yelka-yu boshlarigacha yetadigandek. Bu bechora yarim metrli mato o‘zi sizning yelkangizga 2ta ip orqali ilinib turibdi-ku. Yoki 1 qarich yubkalarini tizzalariga tortib qo‘yishadi! Huddi 1 qarich mato tizzalarni yopib, tovongacha tushadigandek. Sal ishonchliroq ishni qilsangizchi-a! Shundoq ham barchaning nazari tushaverib, tobora hunuklashib borayotgan yelka va oyoq qismingizni nima qilasiz hammaga maqtanishga urinib. Siz bu kiyimlarni kiyaverib «kitayskiy tovar»ga o‘xshab qolgansiz. Bizga esa haqiqiy ayol kerak. Tushungandirsiz-a, nima demoqchi bo‘lganimni. Tushunmagan bo‘lsangiz, unda sizni bir oz maqtab yuboribman, uzr!
Uzr-ku, biz erkaklarga MASTURA-MUNISA qizlar yoqadi. YOqqanda ham shunchalik yoqadiki, uylanish uchun juft qidirilayotganda uning go‘zalligiga emas, balki, uning XOTIN bo‘la oladimi-yo‘qmi, shunisiga e'tibor qilamiz. Shu gapning o‘zi yetadi ba'zi ochiq kiyinayotgan ayollarga.
Aytarsiz balki qancha ochiq kiyinadigan dugonam erga tegdi-ku, deb. To‘g‘ri, bundan keyin ham tegadilar. Axir guruch kurmaksiz bo‘lmaydi-ku. Erkaklarning orasida ham turli xillari bor. Haqiqiy erkak haqiqiy ayolni, iboli-hayoli va munis ayolni qidiradi. Bunday ayollarning birinchi belgisi Alloh ruxsat bergan ishlarni qilib, qaytarganidan tiyilib yurishlaridir. Yana aytarsiz o‘ranib yurganlarning ko‘pini ko‘rganmiz, gunoh ishdan boshi chiqmaydigan, deb. To‘g‘ri, hozir aytdim-ku guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deb. Ro‘molni niqob qilib, gunoh ishlar bilan shug‘ullanuvchilarga qilmishlariga yarasha jazo belgilanar qiyomatda. Asosiysi Siz bilasiz o‘ranganlarga faqat go‘zal amallar yarashishini. Islomda bir odam faqat o‘ziga javob bera oladi xolos. Siz nega avratlaringizni yopib yurmaganingiz uchun qiyomatda faqat o‘zingiz uchun javob berasiz, Siz aytolmaysiz «Boshqalar ham o‘ramasdi-ku» qabilidagi gapingizni. Sizga ma'lum edi bu ish FARZ ekanligi. Xuddi bir aroqxo‘r boshqa aroqxo‘rga «Aroq ichma, bu harom, Alloh harom qilgan», desa, boshqasi «O‘zing ichib yuribsan-ku» deydi. Qiyomatda esa o‘sha odam so‘roq qilinayotganda «Nega hamr ichgansan» deyiladi. Gunohkor banda «Men bilmaganman», desa, «Hamr haromligini senga manavi paytda, manavi kishi aytgan-ku» degan javob yangraydi. «Axir uning o‘zi ham aroq ichardi-ku», desa, unga javoban «U o‘zining gunohlariga o‘zi javob beradi, sen emas. Senga hamrning haromligi o‘sha aroqxo‘r orqali bildirilgan. Sen qiziqib ham ko‘rmading uning gapi haqmi yo yolg‘on», deyiladi.
Bilib qo‘ying, Siz avratlarni ochib yurish mumkin emasligini bilasiz, BIZ SIZLARNI OGOHLANTIRMOQDAMIZ, EHTIYOT BO‘LING, DO‘ZAX BILAN HAZILLASHMANG...
Aytgancha, bu maqolani «undaylar» o‘qimasalar ham kerak. Mayli, shunday bo‘lsa ham biz erkaklarning baxti uchun maqolalarimizni masturalar o‘qishsin va bilib qo‘yishsin ular JUDA TO‘G‘RI ISHNI QILMOQDALAR! Sizlarga rahmat. Ming bora rahmat! Hyech ko‘nglingizni cho‘ktirmang, Siz bizlarning nazdimizda eng oliy hushhulq, eng go‘zal, eng latofatli va eng lobar ayolsiz! Sizga «o‘shalar» havas ila boqishsin.
Agar bu maqolani avratlarini yopib yurmayotgan ayollarimiz ham o‘qigan bo‘lsalar ularga ham ming rahmat. Har holda haqiqatni bilib qo‘ydingiz, kim aslida kim ekanligidan boxabar bo‘lganingiz uchun tashakkur! YUqoridagi maqtovlar Sizga ham bag‘ishlanardi, agar o‘zingizni haromdan tiya olsangiz. Urinib ko‘ring, balki Siz ham maqtovimizga arzirsiz, balki, biz erkaklarning orzusidagi ayollardan biriga aylanarsiz. Nima qilasiz yashirib, baribir ularga havasingiz kelmoqda-ku!!!
Manba