Latifalardan oling!  ( 314176 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:54:49

E’LON:
— Tashkilotga huquqshunos talab etiladi. Lekin bir shart bilan. U sinov muddati tugagunga qadar hozirgi ishlab turgan huquqshunosimizni qonunlarga tayangan holda ishdan bo‘shatib berishi lozim.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:55:12

Rossiyada pivoni jamoat joylarida ichishni taqiqlab qo‘yishgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunga kelib mamlakatda jamoat joyining o‘zi qolmaganmish

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:57:13

— Do‘xtir, mening kasalimni ham xalqona yo‘l bilan davolasa bo‘ladimi?
— Albatta. Oq xalat sotib olasiz, cho‘ntagiga yuz dollar solib davolaydigan vrachga sovg‘a qilasiz, vassalom!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:57:57

Foydali maslahat:
— Agar yaqin tanishingning sen to‘g‘ringda qanday fikrda ekanini bilmoqchi bo‘lsang, uning jahlini chiqarib ko‘r!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:58:46

Ota besh yashar qizini urishayapti.
— Qani, borib uxla-chi! Televizordan ko‘z uzmay o‘tiraverasanmi?
— Dada, bog‘chada aytishdiki, biz ertak kitoblarni ko‘p o‘qishimiz kerak ekan. Lekin men o‘qishni bilmayman. Menga ertak kitob o‘qib beri-ing!..
— Bo‘pti, qizim, o‘tirib televizor ko‘raver!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:59:14

— Sizga aytib qo‘yay, bugundan boshlab benzin qimmatlashdi!
— Bo‘pti, menga ellik litr kechagisidan bera qoling!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 19:59:41

O‘qituvchi:
— Hayvonlar shohi kim?
O‘quvchi:
— Hayvonot bog‘i direktori.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:00:13

Xotin erini tashlab ketdi va oradan hech qancha o‘tmay qaytib keldi. Bu ishi uchun eridan tinmay kechirim so‘ray boshladi.
Er:
— Mayli, ketganingni-ku, kechirdim! Ammo qaytib kelganingni hech qachon kechira olmayman

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:01:03

— Xo‘sh, mehnat ta’tilingni qanday o‘tkazding?
— Xuddi ishdagiday. Hech narsa qilmayman, o‘tiraman va tushlik vaqti bo‘lishini kutaman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:01:16

Talaba:
— Men bugun kechasi yomon uxladim, domla! Tun bo‘yi tushimda sizga imtihon topshirib chiqibman.
Muallim:
— Ha-a, shuning uchun kechasi bilan boshim og‘rib chiqqan ekan-da!

Qayd etilgan