uzb da turklar o'zini podsho hisoblashadi.
normal turklar ham shunaqa kibrlimi?
ular yevropaga borishsa ham, shunday kibrlari saqlanib turadimi?
Hech shunga e'tibor berganmisiz?
Demak sizga shundaylari uchragan faqat:)
Men ilk tanigan inson Turk tili domlam edilar, Nizomiyda. U kishi bizdan ajralar ekanlar yig'lagandilar....Turklar shunday ekan, degan fikr bo'lgan boshda.
Bazilari puldor bo'lgani uchun o'zini katta ko'rsatadi, buni keyinchalik ishlagan joylarimda ko'rganman, lekin "damini ham olgandi" u boshliq, O'zbekistondan haydalgandi 24 soat ichida.
Hammasi shunday deyish qiyin!
Yevropada asosan Turklardan qo'rqishadi:) Tez jahli chiqqani uchun varvarı deyishadi eshitgandirsiz. Bilmadim men O'qituvchilarimni o'rnak olaman doim, ularni haqlarini to'lay olmayman, Alloh ulardan rozi bo'lsin. To'yimda ham yolg'iz qoldirishmadi, bosh qosh bo'lishdi 12 soatlik yo'ldan kelishdi men uchun. Bir talaba uchun shunchalik jon kuydirilsa kerak:)