Ehtiyot bo'ling: Zalolatga dalolat qiluvchi kitob
(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/mission1.jpg)
Ko‘plar donishmand deb bildilar o‘zni,
Xudoning zotidan ochdilar so‘zni.
Hech biri bilolmay azal sirlarin,
Aljirab-valjirab, yumdilar ko‘zni
(Xayyom).
Keyingi yillarda "hurfikrlilik"ni niqob qilib olib, xalqimizning muqaddas qadriyatlariga putur yetkazishga, el ichida diniy parokandalik yuzaga keltirishga intilayotganlar paydo bo‘ldi. Bilib-bilmay, bu yo‘lda ularga qo‘shilib, hammaslak bo‘lib qolayotganlar ham yo‘q emas. Chunki ko‘pchiligimiz buning zimnida nima turganini o‘ylab ko‘rmaymiz.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1922&Itemid=59)
Hayotbahsh "œsharbat"
(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/blood.jpg)
Tanimiz otashi, jonimizdir qon,
Nechun uning joyi misoli zindon?
Nechun to‘kiladi u juda oson,
Nechun arzon bo‘ldi bu arzanda jon.
Abu Ali ibn Sino
Inson tanasida kechayu-kunduz oqib turuvchi qon chindan ham jon kabi aziz ne'matdir. Qadimdan uning o‘ziga xos sirli xususiyatlarini kishilar turlicha talqin qilganlar, jumladan, tiriklik belgisi deb, hayvon so‘yib, qon chiqarish, «qurbonlik qilish» yo‘li bilan esa har xil falokatlarning oldini olish mumkin, deb o‘ylashgan.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2159&Itemid=59)
Manfaat va xolislik muammosi
(http://ziyouz.com/images/globals.jpg)
Nega bashoratlar hamisha ham o‘ng kelmaydi?
Xalqini farovon, Vatanini obod ko‘rish orzuligicha qolib ketsa, boshqa birov uni hayotining mazmuniga, dasturilamaliga aylantiradi: rejalar tuzadi; tavsiyalar ishlab chiqadi; eng muhimi, sinchi sifatida tahlil va voqealar rivojiga asoslangan holda muayyan bashoratlar qiladi. Mabodo, ular ko‘ngildagidek chiqmasa, jug‘rofiy-siyosiy jarayonlarni xalqi, Vatani manfaatiga mos o‘zanga burish taraddudiga tushadi. Bu - tabiiy.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3802&Itemid=59)
Parranda suti (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=4191&Itemid=76)
(http://ziyouz.com/images/cropmilk.jpg)
Ko‘pchiligimiz «qush suti» deganda, tuxum ko‘pirtirib tayyorlangan konditer pishiriqni tushunamiz. Holbuki, tabiatda ko‘chma ma'noda emas, o‘z ma'nosida ham qush suti mavjud. Parrandalar orasida polaponini sut bilan boqadiganlari ham ko‘p. Ayrim qushlarning hazm qilish tizimi tekshirilganda, jig‘ildonlarida sutga o‘xshash suyuqlik ishlab chiqarish jarayoni kuzatilgan.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=4191&Itemid=76)
2000 yilgi statistik ma'lumotga ko‘ra, dunyo miqyosidagi ma'lumot hajmi oxirgi 10 yil ichida 2 baravarga ko‘paygan. Ya'ni, mavjud axborot va ma'lumotlar bazasi inson yaralganidan to 2000 yilgacha qancha hajmga yetgan bo‘lsa, shuning teng yarmi oxirgi 10 yil ichida paydo bo‘lgan ekan. Yozuv, tasvir, tovush va video tasvirlarni ma'lumot sifatida sanash mumkin. Ma'lumot ko‘paygani sayin, uni saqlash, uzatish va foydalanish borasidagi muammolarni hal qilish masalasi oldimizda ko‘ndalang turadi.
davomi...
O'tgan asrning boshida Vatan ozodligi, xalqning ma'rifati, millatning taraqqiysi uchun kurashgan ilg‘or ma'rifatparvar ziyolilarning safida Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li ham bor edi.
Hoji Muin 1883 yil 19 martda Samarqandda tug‘ilgan. Otasi Shukrullo savdogar bo‘lib, 32 yoshida vafot etadi. O'n ikki yoshida ham ota, ham onasidan ayrilgan Hoji Muin Ruhobod guzarining masjid imomi bo‘lgan bobosi Mirsaid Sharif o‘g‘li tarbiyasida qoladi.
davomi...
Ishonish qiyin bo‘lgan voqea
Ishonmasdim. Bu voqeani o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganimda ishonmasdim. Esimda, bundan bir necha yil ilgari «Literaturnaya gazeta»da xuddi shunday manzara tasvirlangan maqola chiqqan edi. Biroq uni o‘qiganimda shubhalangandim. «O'libdimi endi shunchalikka borib yetsa», degan edim. O'zim ko‘rganimdan keyin ishondim. Yo‘q, avval o‘z ko‘zimga ishonmay garangsib turdim-da, keyin...
davomi...
Toshkentning tarixiy obidalari safida Oliy Majlis binosi yaqinida joylashgan - chorsi pishiq g‘ishtli, ikki qavatli, ikki ravog‘ining ikki yonida mezanali ikki minorasi bor, peshtog‘ining old va yon tomonlarining tepasi sharafayu kitoba bilan bezatilgan madrasa alohida ajralib turadi.
davomi...
Rigo o‘z tajribasini butun nozikligigacha oshkor qilishni istamadi, ammo uning aytishicha, bu nurlar faqat qorong‘ulikdagina ko‘zga tashlanmaydi. Tasavvur qiling, do‘konlarda nur shishalab, bochkalab sotilsa yoki olib borgan pulingizga yarasha idishingizga quyib berishsa. Bir xayolga beriling, uzoq safarga chiqishdan oldin avtomobilingiz bakini yoqilg‘i bilan to‘ldirishdan tashqari, yoritkichlariga yetarli darajada suyuq nur solsangiz, xuddi suv kabi quvurlarda nur oqsa...
davomi...
«Alpomish» dostoni o‘zbek xalqining jahon xalqlari madaniy merosiga qo‘shgan eng munosib javohirlaridan biridir. «Manas», «Kalevala», «Qirq qiz», «Ramayana» deb atalmish turli millatlar og‘zaki ijodi namunalari dunyo bo‘yicha inson badiiy tafakkuri ko‘lamining nodir asarlari sifatida baholangan. O‘zbek xalqi bu sohada ham taqdir saxovatidan bebahra qolmagan. Chunki turkiy xalqlarning o‘nga yaqin vakillarida «Alpomish» bilan aloqador doston, ertak, afsona, rivoyatlar bo‘lsa, ular orasida g‘oyaviy, badiiy jihatdan eng mukammali Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijro etgan nusxa deb tan olindi.
davomi...
Uyg‘onish davrining yorqin vakillaridan biri, mashhur italyan rassomi Leonardo da Vinchining jahon san'ati durdonasiga aylangan ushbu asariga juda ko‘p tadqiqotlar, romanlar va she'rlar bag‘ishlangan bo‘lsa-da, hamon mazkur rasm qandaydir sir og‘ushida hamon millionlab kishilarni jalb etmoqda. Asarda tasvirlangan xonim - Jakondaning sirli tabassumi barchani mahliyo etmoqda, hamon portreti yaratilgan ayol ismi yashirinligicha qolmoqda.
davomi...
An'anaviy matbuotning muayyan ma'noda "nonini yarimta qilgan" "sariq matbuot" qanday yuzaga kelganiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Bugun Nyu-York ostonasida savlat to‘kib turgan mashhur "Ozodlik" haykali homiysi aynan gazeta ekanidan boxabarmisiz? Kolumbiya universitetidagi jurnalistlar tayyorlovchi nomdor markaz haqida bilasizmi? Adabiyot, drama, matbuot, musiqa, ta'lim yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlarni rag‘batlantiruvchi nufuzli mukofotni-chi?..
davomi...
Abdulla Qodiriy... O'zbek nasrini yuksak rutbalarga ko‘targan, kitobiylashgan tilimizga jonli xalq ohanglarini olib kirgan qilqalam adib. Jahon adabiyotida dovruq qozongan zabardast romannavislar panjasiga dadil panja urib, o‘zbek romanchiligiga asos solgan nuktadon ijodkor, sohir san'atkor. Zulmdan qaddi dol bo‘lgan millat ma'rifatini hayotiy a'mol deb bilgan, bu yo‘lda borini nisor etgan ulug‘qalb shaxs.
davomi...
Elektron va komputer texnikasi sanoati ob'ektlari, ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon - ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi.
davomi...
«Dunyoning beshta oliy ta'lim dargohi borki, ular uzoq o‘tmishdan bugungi kungacha eng nufuzli deb tan olinadi. Bu Kembrij, Oksford, Garvard, Sorbonna va MDU universitetlaridir», degan gap-so‘zlarga duch kelganimdan so‘ng ular haqiqatga qanchalik yaqinligini bilmoqchi bo‘ldim. Lekin bir qancha manbalarda bu gaplar u darajada haqiqatga yaqin emasligi ma'lum bo‘ldi. Dunyo miqyosidagi oliy o‘quv yurtlar nufuzini belgilab beruvchi quyidagi ikkita eng mashhur ro‘yxatlarni o‘rganish asosida zamonamizning yetakchi universitetlari aslida qaysilari ekanini bilishga imkon tug‘ildi.
davomi...
Marhum ustoz, professor Homil Yoqubov domlaning adabiyotshunoslikka oid asarlarini talabalik davrimdayoq o‘qigan bo‘lsam-da, u kishi bilan 1957 yili O‘rta Osiyo davlat universitetining(hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini bitirish arafasida ko‘rishdim. Shu vaqtdagi domlam Subutoy Dolimov rahbarligida tayyorlagan "Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani" mavzusidagi diplom ishimga kafedrada endigina ish boshlagan Homil Yoqubov taqrizchi qilib tayinlangan ekan.
davomi...
Insoniyatning o‘zaro aloqa o‘rnatishga, axborot izlash va topishga bo‘lgan katta ehtiyojlari internetni bugungi kun tsivilizatsiyasining ajralmas qismiga aylantirib qo‘ydi. Ilk davrda «fikr daholari»ning murakkab ish faoliyatida ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan global tarmoq qisqa fursat ichida mutaxassislar nazoratidan chiqib ketib, oddiy foydalanuvchilar «qo‘liga o‘tdi».
davomi...
Iste'dod imkonsizlikdan ustun
Tomoshalar zalida chiroq yondi. Sahnaga tim qora kostyum kiygan, na tsirk artisti, na konferense va na mashhur qo‘shiqchini eslatadigan kishi chiqib keldi. Qo‘lida bunday joylarda ko‘rish unchalik odat bo‘lmagan bo‘r va latta.
davomi...
Kinematografiya sohasida qanchadan-qancha mukofotlar borligi hech ko’pchilikka ma’lum. Britaniya kinoakademiyasi mukofoti, Kann festivali "œoltin palma yaprog‘i", MTV awards va hokazo. Lekin har qanday kinoijodkorning bir umrlik orzusi Oskar mukofotini qo‘lga kiritish bo‘lsa kerak, nazarimda.
davomi...
Insoniyat tamaddunida fazoni zabt etish tarixi siru sinoatlarga shunchalik to‘laki, haligacha bu bilan bog‘liq ma'lumotlar va hujjatlarning yuqori qismidan «Maxfiy» degan yozuv tushmaydi. Mana, yaqinda o‘tgan asr*ning 50-yillarida orbitaga chiqarilgan itlar u yerda uzoq azobli o‘lim topganligi ma'lum bo‘ldi. O‘tmishning yana bir fosh etilgan sirlaridan biri bu Yuriy Gagarinning fazoga parvozini maxsus tushish apparatida emas, balki oddiy parashyutda yakunlaganidir.
davomi...
Beshik ko‘p asrlar avval hunarmandlarning aql-zakovati bilan ixtiro etilgan bo‘lib, u haqidagi ma'lumotlar o‘rta asr manbalarida, xususan, Mahmud Koshg‘ariyning "Devoni lug‘atit-turk" asarida, shuningdek, Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida ham ta'riflangan. Uning kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bu kashfiyot, ko‘chib yurgan paytda onalarga ancha-muncha qulayligi bilan afzal sanalgan.
davomi...
Odatda yaqinlaringizni uzoq vaqt ko‘rmay turib uchrashganingizda ular bilan qanday salomlashasiz? To‘g‘ri, ko‘pincha qo‘l berib, quchoqlashib, ba'zi hollarda hatto yengilgina o‘pib ham. Salomlashishning mazkur turlari shu darajada ommalashib, odat tusiga kirganki, agar kimsasiz orolda bo‘lmasangiz, bundan qochib qutulishning hech iloji yo‘q. Lekin dunyo bo‘ylab turli epidemiyalar keng tarqalgan ayni kunda tibbiyot mutaxassislari biz, beparvo insonlarga ikkita - biri yaxshi, biri noxush bo‘lgan yangiliklarni e'lon qilishdi.
davomi...
«Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar vaqtdan qo‘rqadi, vaqt*ning o‘zi esa - piramidalardan», degan ibora bor. Darhaqiqat, qancha suvlar oqib o‘tmasin, qancha asrlar hukmronlik qilmasin, bahaybat toshli osori atiqalar hali hamon ilk davridagiday Yer yuzida savlat to‘kib turibdi. Va hanuzgacha ular insoniyat uchun jumboqligicha qolmoqda. Ba'zilar ularni o‘tmish tsivilizatsiyalarining yashirin nomalari, yana birlari piramidalarni o‘zga sayyoraliklarning «ijod mahsuli» deyishsa, qolganlar ushbu ulkan mo‘jizalarning paydo bo‘lish tarixini afsonaviy Atlantida bilan bog‘lashga harakat qilishadi.
davomi...
... Suhbatlarimizning birida u: "Bolamni g‘arbcha tarbiyalayapman!", deb qoldi maqtangannamo. O‘shanda xayolimga nima keldi, aytaymi?! Pingvinlar haqidagi eski multfilm yodimga tushib ketdi: kichkintoy Lolo uzoq qarindoshlari bo‘lmish - qushlarga o‘xshab uchishga jon-jahdi bilan tirishadi, ammo u baribir ucholmaydi. Hech qachon ucholmaydi. Qushlar esa pingvinlardek chuqur suzolmaydi. Hech qachon.
davomi...
Mantiqiy masalalar, intellektual o‘yinlar aqlni charxlash, fikrlashni yanada teranlashtirishga xizmat qiladi. Shaxmat, shashka, Rubikning kubiklari, sonlarni ketma-ket yig‘ish, aralash parchalardan yaxlit tasvir hosil qilish kabi ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar odamlarni mudom o‘ziga tortib kelgan. Yaqinda britaniyalik olimlardan biri tafakkur olamiga yana bir oddiy buyum va unga yashiringan ajoyib o‘yinni taqdim etdi.
davomi...
Bugun mashina haydovchisi kutilmaganda benzin tugab qolishidan u qadar ham cho‘chimaydi. Sababi, yoqilg‘i quyish shaxobchalarini topish unchalik muammo emas. Shunday bo‘lsa-da, haydovchilar yaqinginasida otini o‘ynatib ketayotgan chavandozga bir jihatdan havas qilishi tabiiy. Sababi, jonivorga bir g‘aram o‘t yoki yem berish ham arzon, ham oson.
davomi...
XXI asr ko‘plab kutilmagan voqealar, qator yangi kashfiyotlarga boy bo‘lishi bilan birgalikda bir haqiqatni yana bir marotaba tasdiqladi. U ham bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan yutuqlari aslida insoniyat qachonlardir ega bo‘lgan qadimiy va deyarli unutilgan bilimlarining qaysidir jihatdan takomillashgan aksi ekanligidir. Mazkur fikrga darhol e'tiroz bildirishdan avval biroz shoshilmang.
davomi...
Aslida ushbu texnologik jamiyatda insonlarga foyda keltirish uchun yaratilgan buyumlar ayrim paytlarda muammo keltirib chiqaruvchi omilga ham aylanib qolayotganday, go‘yo. Darsda biroz zerikkan o‘quvchi uchun "sotka"dan yaxshi ovunchoq yo‘q. O‘qituvchi o‘ziga-o‘zi gapiravermaydimi? Nima qilibdi, uy ishlaridan ortib, kechasi bilan dars rejasini tuzib kelgan bo‘lsa?! Telefondagi o‘yinlar, videokliplar, qo‘shiq va rasmlar matematika, geografiya yoki fizikaning «tushunarsiz» formula va masalalariga qaraganda qiziqarliroq...
davomi...
Amerika adabiyotiga va shu orqali mahalliy siyosat ahli shuuriga "tinchlik" degan bebaho so‘zni olib kirgan yozuvchi Ernest Xemingueyning mashhur hikmatlari ko‘p. Masalan, o‘z hayotidan xulosa qilib: "Buyuk yozuvchi bo‘lish uchun ijodkorning buyuk bolaligi bo‘lishi kerak", degandi u. Yasunari Kavabata ham, ta'bir joiz bo‘lsa, bolaligi yozuvchi qilib tarbiyalagan yuksak ijodkorlardan biri hisoblanadi.
davomi...
"Agar televidenie xuddi hozirgidek rivojlanishda davom etsa, bugun tug‘ilgan bola 18 yoshga to‘lgach, eng ko‘p vaqtini uyquda va televizor qarshisida o‘tkazadi", deb yozgan edi Entoni Giddens "Sotsiologiya" asarida. Olimning qanchalik haq ekanligi vaqt o‘tgach ma'lum bo‘ladi. Umuman olganda, kutishga hojat ham yo‘q, negaki Grabovskiy kashf etgan "qora quti" o‘zining nimalarga qodirligini ancha ilgariroq ko‘rsata boshladi.
davomi...
Boburpodshohning opasi Xonzodabegim va uning o‘g‘li, ya'ni Boburning shayboniyzoda jiyani Xurramshoh taqdiri haqidagi ma'lumotlar talqini tarixiy manbalar hamda hozirgi zamon badiiy adabiyoti, ilmiy tadqiqotlarda turli-tumanligini ko‘ramiz. Shu sababli, goho o‘quvchilarimizni "Boburnoma" yoki Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" kabi o‘zbek tilida nashr qilingan asarlardan tashqari, hozircha chop etilmagan boshqa yozma manbalarda Boburning bu qarindoshlari to‘g‘risida yana qanday xabarlar borligi qiziqtirishi tabiiy hol.
davomi...
Agar shifokor xatoga yo‘l qo‘ysa, majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashsa, uni Gippokrat qasamyodiga zid ravishda ish tutganlikda ayblashadi. Barcha xabardor bo‘lgan, ammo uning to‘liq mazmuni haqida ozchilik biladigan o‘sha mashhur qasamyod aslida qanday, uning paydo bo‘lish tarixi nima bilan bog‘liq? Umuman, antik davr ilm-fanining darg‘alaridan biri - Gippokrat nomi bilan ataladigan shifokorlar qasamyodi hozirda ham o‘z ta'sir kuchiga egami?
davomi...
Soat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek.
davomi...
Kelajak o‘ziga ehtiyotkor munosabat talab qiladi.
O.Toffler
Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohlaydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo‘lgandan beri mavjud. Shu yo‘lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo‘lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo‘lishga uringanlar. Kelajakka bo‘lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi.
davomi...
Delfinlar bo‘yicha izlanishlar olib boradigan taniqli tadqiqotchi Jek Kassevits va uning turmush o‘rtog‘i Donna bir necha yillar ilgari «Global Heart» - «Global yurak» notijorat tashkilotiga asos solishgan bo‘lib, hozirgi kunda SpeakDolphin - «Delfin bilan so‘zlashamiz» loyihasi ustida ish olib borishmoqda. Tashkilot sayti globalheart.org.da keltirilishicha, loyihaning maqsadi uning nomidan ham o‘z ifodasini topgan.
davomi...
Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham - biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.
* * *
Maqsadga yaqinlashgan sayin mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad sari uzluksiz intilgan holda, o‘z yo‘llarini bosib o‘tishi kerak.
davomi...
Yolg‘on gapirish, munofiqlik keng tarqalgan salbiy ko‘nikmalardan biridir. Ba'zan sochlariga oq oralagan insonlar ham, hali dunyoqarashi to‘la shakllanib ulgurmagan bolalar ham birdek yolg‘on gapirishlari mumkin. Aldov maqsadli ravishda yoki shunchaki, biron-bir sababsiz ham amalga oshirilishi kuzatiladi. Qiziq, ba'zi hollarda yolg‘on to‘g‘rirog‘i lof, mutlaqo zararsiz bo‘lib, odatiy kundalik hayotga biroz bo‘lsa-da o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.
davomi...
Shu kunlarda barcha o‘zbekistonlikni quvontirayotgan xabar vatandoshimiz Ravshan Ermatov FIFA rasmiylari tomonidan iliq so‘zlar bilan qarshi olinayotganligidir. Ravshan Ermatovga tarbiya bergan otasi, uni bugungi darajaga yetkaza olgan birinchi ustozi, Respublika toifasidagi hakam, O'zbekiston futbol Federatsiyasi nazoratchi-inspektori Sayfitdin Ermatov bilan o‘g‘lining faoliyati xususida suhbat uyushtirdik.
davomi...
Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma'rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma'lumotlar ko‘rina boshladi.
davomi...
"O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari"ning 2003 yilda nashr etilgan birinchi jildi (tuzuvchilar - professorlar Nasimxon Rahmon va Hamidulla Boltaboev) so‘zboshisida o‘zbek adabiyotining (umuman, qadimgi turkiy adabiyotning) ilk davri to‘g‘risida fikr yuritilib, milodning V asridan boshlab adabiyotda alohida burilish yuz bergani ta'kidlanadi va shu sababli o‘zbek yozma adabiyotini X asrdan - "Qutadg‘u bilig"dan boshlab emas, balki milodning boshlaridan o‘rganish lozim, degan mulohaza bildiriladi.
davomi...
Madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu «imlo» usuli deb yuritilgan. X asrdan boshlab o‘quv muassasalarida «imlo» usulidan voz kechildi.
davomi...
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan.
davomi...
Hayotida hasad illatiga u yoki bu darajada duch kelmagan kishi kam topiladi. Uning ijtimoiy zarari esa o‘rnini qoplab bo‘lmas darajadadir. Xo‘sh, u qanday paydo bo‘ladi? Uning davosi bormi? Bunday savollar har qanday kishini o‘ylantirishi, tabiiy. Quyidagi mulohazalar shu xususida.
HASAD
Bu dunyoda kim hasadgo‘ylardan qutulgan? Kimki o‘z vatandoshlari nazdida qanchalik yuksaklikda tursa, shunchalik katta mavqeni egallasa, u shuncha tez hasadgo‘ylarga nishon bo‘ladi.
Jorji Amadu, braziliya yozuvchisi
davomi...
«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi. O‘sha paytdagi kongressmenlardan biri Jorj Braun uni kengash a’zolariga tanishtirar ekan «Ro‘parangizda mo‘jizaning tirik isboti turibdi», dedi».
davomi...
Kitobga insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. Avvaliga bunga televizorni ro‘kach qilgan bo‘lsak, endilikda kishilarning asosiy axborotni kompyuter orqali internetdan olayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
davomi...
Ko'hinur afsonasi
yoxud olamning ikki yarim kunlik sarfiga teng olmos haqida
Oriyatdan yaralgan millat
O'tmishda yashab o‘tgan buyuk shaxslar nimaga erishgan bo‘lsalar hammasiga qalblaridagi oliy tuyg‘u- milliy oriyatning kuchi tufayli erishgan. O'rta asrlardagi dunyoning 700 ta buyuk shaxsidan 500 tasi bobolarimiz bo‘lgani bizga katta sharaf va mas'uliyat yuklaydi.
davomi...
Butun bir mamlakatning OAVlari haqidagi ma'lumotlarni bitta maqolada jamlashning imkoni yo‘q. Shuning uchun bugungi Britaniya matbuoti xususida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. Britaniya matbuotidan andoza olsa bo‘ladigan, qolaversa, ularga o‘zimizning tanqidiy fikrlarimizni bildiradigan joylari bor.
davomi...
Qadimda Iyla nomli qishloq bo‘lib, uning aholisi baliq ovlash bilan tirikchilik qilishardi. Mana shu qishloqda Bani Isroil sulolasidan bo‘lgan bir qavm istiqomat qilar edi. Bani Isroil avlodlari ota-bobolari kabi shanba kunini muqaddas hisoblashar va shu kunni faqat ibodat uchun bag‘ishlashib, boshqa hech bir dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmas edilar.
davomi...
- Kun shafaq bilan tugaydi, tun tong bilan tugaydi. Xursandchilik g’am bilan tugaydi, g’am quvonch bilan tugaydi.
- Shirinlikni bir o’zing yema, bir o’zing ishni hal qilma, bir o’zing sayohatga chiqma, uxlayotganlar orasida bir o’zing bedor bo’lma.
- Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo’lib qolmaydi.
davomi...
- Ersiz xotin yugansiz ot kabidir.
- Mix taqani asraydi, taqa - otni, ot - mardni, mard - Vatanni.
- Jinni hammani telba deb o’ylaydi.
- "œYo’q"ni eksang, "œhech narsa" o’rasan.
- "œHolva-holva" deganing bilan og’zing shirin bo’lib qolmaydi.
davomi...
"¢ Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
"¢ Boy boshpanasiz bo‘lmaydi.
"¢ Boshlanmagan ishga ilon o‘tiradi.
"¢ O’z uyasida sichqon ham botir.
"¢ Ayiqning boshini ko‘rdingmi ― uning izini qidirma.
davomi...
O’z ma’ruzalari bilan ahli Ovro‘poni birqur angraytib tashlab Parijdan qaytgan ruhshunos olim janob Do‘lanov olqishu tahsinlarga ko‘milib ketdi. Turqi-tarovati gazeta sahifalariyu, teleekranlardan nari ketmay qoldi.
davomi...
Lang ochiq temir darvozadan kirib kelgan uringanroq "œNeksiya" o‘ng tarafdagi vagon-uydan biroz o‘tib to‘xtadi. Uning orqa eshigidan yuz-ko‘ziyu harakatlaridan chinakam amaldorlardek ko‘ri¬nishga astoydil chiranayotganligi sezilib turgan qirq yoshlardagi erkak shoshilmay tushdi.
davomi...
Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy 1821 yilning oktyabr oyida Moskva shahrida tavallud topdi. U serfarzand oilaning ikkinchi farzandi edi. 1828 yilda Fyodor nasliy dvoryan maqomini oldi. Onasi taqvodor ayol edi.
davomi...
«Men adoyi tamom bo‘lgan odamman, lekin baxtiyorman. Har qalay, men qo‘limdagi kosani tag-tugiga qadar sipqorib ulgurganimcha yo‘q. To‘g‘ri, judayam oz bo‘lsa-da, hali ichida nimadir bor.
davomi...
"¢ Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
"¢ Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
"¢ Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
"¢ Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
"¢ O’lim ikki marta kelmaydi.
davomi...
Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngul tarixining eng qorong‘u xonalarida maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til birla taqdir etula olmaydirg‘on bir guldir. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda aning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradir.
davomi...
Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan.
davomi...
"¢ Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi.
"¢ Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla.
"¢ Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq.
davomi...
"¢ Uzoq bo‘lsa-da qimmatini borib ol, qari bo‘lsa-da qizni ol.
"¢ Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan.
"¢ Aroq qadahdan boshqa hamma narsani yemiradi.
"¢ Odamning tilidan hatto chaqirtosh titraydi.
davomi...
Ulfat akaning o‘limidan keyin Tamara xola yolg‘izlanib qoldi...
Garchi befarzand bo‘lsalar-da, qirq yillik turmushlari davomida eri bilan yomon yashashmagandi. Farzand bo‘lmaganidan keyin er-xotin bir-biriga suyanib qolarkan-da.
davomi...
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylag‘ay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylag‘ay.
Alisher Navoiy
Ko‘klam keldi-yu hovlidan bir qushcha ketmas bo‘ldi. Avvallari e’tibor qilmagan ekanmi, Husan endi uni kunda ko‘radi: qushcha goh u, goh bu daraxtga qo‘nib oladi.
davomi...
"¢ Har kuni bitta bo‘lsa-da yaxshi so‘z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o‘sib qoladi.
"¢ Sher birovdan qolganini yemaydi.
"¢ Dunyoning to‘rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo‘lsa, bittasi doim ochiq turadi.
davomi...
"¢ O’lim eshiklari hamma uchun ochiq.
"¢ To‘qning ko‘ngli qo‘shiq istaydi.
"¢ Katta qalbning og‘rig‘i ham katta bo‘ladi.
"¢ Boshsizning o‘rmonida tulki xo‘jayin.
"¢ Odamga doim nimadir yetishmaydi.
davomi...
"¢ Boshingga dard tushsa, cho‘chqani ham "otam" deb yuborasan.
"¢ Zo‘rlik bilan tiklangan uy la’nat bilan buziladi.
"¢ Oxirgi burda noningni qanday bo‘lib berganingni unutgan do‘sting o‘lib ketsa ham achinma.
davomi...
"¢ Agar itning uyati bo‘lganida ishton kiyib olardi.
"¢ Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi.
"¢ Hatto oy ham nuqsonsiz emas.
"¢ Xursand bo‘lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o‘sha yerga bor.
davomi...
"¢ Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi.
"¢ Eshakdan: "Sening nechta xotining bor?", — deb so‘rashdi. U butun podani ko‘rsatdi.
"¢ Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib — otni.
"¢ Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash.
davomi...
"¢ Uzoqdagi surnay yoqimli eshitiladi.
"¢ Oldinga qaramay qadam tashlama, atrofga qaramay so‘z boshlama.
"¢ Behuda akillagan it bo‘riga yem bo‘ladi.
"¢ G’iybatni eshitish ― kasallik, eshitmaslik ― dori.
"¢ Chiroyli qiz eski ko‘ylakda ham chiroyli.
davomi...
O’tgan asrning yetmishinchi yillarida adabiyotimizga yangi avlod kirib keldi. Iste’dodli yozuvchi Erkin A’zam ana shu avlodning peshqadamlaridan biri sifatida faol ijod qilib kelmoqda.
davomi...
Qariyb bir yarim asrdirki, Munis tomonidan boshlanib, Ogahiy nihoyasiga yetkazgan "œFirdavsu-l-iqbol" asari adabiyotshunos, matnshunos va tarixshunoslar e’tiborini tortib keladi.
davomi...
Iste’dodli shoir A’zam O’ktamdan muxlislariga "œKuzda kulgan chechaklar", "œKuzatish", "œZiyorat", "œTaraddud", "œIkki dunyo saodati", "œQirqinchi bahor" kabi she’riy to‘plamlari hamda "œXabar" qissasi meros bo‘lib qoldi.
davomi...
Tez-tez xorijga chiqib, yurt ko‘rgan har qanday kishi kabi, Qodir ham bojxonada ishlagan odamlarning fe’li-xo‘yi va xatti-harakatlaridan o‘sha mamlakat haqida haqiqatga yaqin xulosa chiqara olardi.
davomi...
"¢ O’likni ko‘z yosh bilan tiriltirolmaysan.
"¢ Ko‘pam shirin bo‘laverma, yeb qo‘yishadi.
"¢ Yeyishga kelganda soppa-sog‘, ishlashga kelganda ― kasal.
"¢ Uyingdagi zog‘ora noning birovning moyli oshidan afzal.
"¢ Tirik shoqol o‘lik sherdan afzal.
davomi...
Birinchi daf’a «O’tgan kunlar» to‘g‘risida, to‘g‘rirog‘i, Otabek — Kumush qissasi haqida olti-etti yashar chog‘imda dadamlardan eshitganman.
O’ttizinchi yillarning o‘rtasi. Dadam, o‘n to‘qqizinchi yildan partiya a’zosi, katta ishlarda ishlab kelgan odam, nima uchundir, ishdan chetlashtirilib, qishloqqa qaytib kelgan paytlari.
davomi...
O’sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni, men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib, o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim.
U mahalda biz Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri — Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, o‘sha zamon imkoniyatiga ko‘ra tuzukkina uyda istiqomat qilardik.
davomi...
Germaniya — jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn, Gumboldt singari olim va ijodkorlari bilan tilga tushgan.
davomi...
Qalb kishisi bo‘lmish Rumiy nigohida ko‘ngil olami qanday jilvalanadi?!.. Buni faqat Mavlono yozib qoldirgan she’riy baytlardan bilib olsak bo‘ladi. Doktor Jaloliddin Bakir Chalabiyning "œHazrat Mavlononing asarlarida ko‘ngil" maqolasida "œDevoni kabir"dan qalbga oid bir qancha satrlar berilgan.
davomi...
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
"œBismillahir rohmanir rohim..."
davomi...
Xalqimizning ma’naviy va madaniy merosi shunday boy ummonki, unga qancha chuqur sho‘ng‘iganing sayin yanada noyob javohirlarga duch kelaverasan. Buyuk bobokalonlarimiz dunyo tamadduniga nafaqat o‘zining ilmiy salohiyati bilan, balki yuksak insoniy odob-axloqi, madaniyati bilan ham katta hissa qo‘shganlar.
davomi...
"¢ Ikki marta o‘ylab, bir marta so‘zla.
"¢ Tuzdan ham sho‘r bo‘lma, asaldan ham shirin bo‘lma.
"¢ Qush adashsa tuzoqqa tushadi, erkak adashsa erkini yo‘qotadi.
"¢ O’ttiz ikki tish orasidan chiqqan so‘z o‘ttiz ikki quloqqa yetib boradi.
"¢ Sovuq so‘z yurakka yetib bormasdan muzga aylanadi.
davomi...
"¢ Toza vijdondan ko‘ra yumshoq yostiq yo‘q.
"¢ Ayol ― xudoning go‘zal ne’mati, agar uni shayton totib qo‘ymagan bo‘lsa.
"¢ Sirkadan ko‘ra asalning atrofida pashsha ko‘p bo‘ladi.
"¢ Cherkovga emas, xudoga yaqin bo‘l.
"¢ Yigirma yoshli qizni yigitlardan asragandan ko‘ra sichqonni mushukdan asragan osonroq.
davomi...
Yoz faslida, bir tuman markazidagi kitobxona yigirmatacha yozuvchini nom-banom aytib, uchrashuvga taklif qildi. Uchrashuvdan keyin jamoa xo‘jaliklarida adabiy suhbatlar o‘tkazdik, dalalarni kezdik. Bir jamoa xo‘jaligi dalasida g‘alati bir bog‘cha-yaslini ko‘rib qoldik.
davomi...
«O’ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,
Assalom alaykum, dorning og‘ochi».
Rauf Parfi
Xayollar iskanjasida kolgan ayol, deraza tabaqasi kuchli shamoldan taraqlab yopilgach, o‘ziga keldi-da, og‘zini qaldirg‘och palaponiday ochib yig‘layotgan bolasiga ko‘zi tushdi.
davomi...
Men roppa-rosa o‘n yil qimmatbaho toshlarning tabiiy xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullandim. Ularni tadqiq etishda ishlatiladigan, hozirgi paytda Ittifoqning zargarlik sanoatida keng qo‘llanilayotgan bir qancha asboblarning muallifi ham bo‘ldim. Tadqiqotlar mobaynida qimmatbaho toshlarning juda ajib xossalari mavjudligiga, katta axborot manbai ekanligiga ishondim.
davomi...
Beriya haqidagi kitobimga men dastlabki kundanoq, 1980 yilda Nyu-Yorkda «Mustabidning qiyofasi» nomi bilan chiqqan Stalin to‘g‘risidagi kitobimning davomi sifatida qaraganman. Darhaqiqat, men Beriyani misoli bir Stalinnnng ko‘zgudagi aksidek tasavvur qilaman.
davomi...
— Zulfi-i! Ho, Zulfiyaxon! Chiqaqoling, sevinchli xabar kep qoldi!
— Hozir, ona, hozir chiqaman.
Zulfiyaning tovushi qo‘ng‘iroqdek jaranglab chiqqan bo‘lsada, uning o‘zi hiyla parishonxayol edi.
davomi...
Bismillahir rohmanir rohiym. Ulug‘ tangrimiz - Ollohga cheksiz shukrlar bo‘lsinkim, yaqin bir yarim asr davomida ozodlikning hayotbaxsh sharbatiga chanqoq Turkiston ahlining ko‘pchiligiga hurriyat nasib bo‘ldi.
davomi...
Alixonto'ra Sog'uniy she'rlari (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=4963&Itemid=217)
Sobiq ittifoqdagi barcha jumhuriyatlar tomonidan davlat mustaqilligi e’lon qilinishi ularga tutash bo‘lgan mintaqalarda siyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bu ahvol ayniqsa beshta mustaqil davlatni o‘z ichiga olgan Turkistonga taalluqlidir.
davomi...
Davlat tili haqidagi Qonun ijrosining sustlashib borayotgani o‘z eli, o‘z tiliga e’tiborli, e’tiqodli kishilarni tashvishga solmoqda. Qonun belgilab bergan tadbirlarning bajarilishi milliy basirligu fikri ojizlikka, to‘ralarcha bepisandligu loqayd xudbinlikka yuzma-yuz kelib qoldi.
davomi...
Rusiyaning Sharqqa hamlasi Oltin O’rda parchalanib, rus knyazliklari yagona markazlashgan davlatga birlashgan XVI asrdayoq boshlandi. Hijriy 911 (melodiy 1505) yilda Moskva knyazligi Oq O’rdaga hujum boshladi.
davomi...
Ajoyib hajv ustasi Said Ahmad yaqinda bir adabiy uchrashuvda qiziq bir fikrni aytib qoldi: «Erkin Vohidov hajviyasini yoqtiraman»,— dedi u. Kulgi ustasining kutilmaganda bildirgan bu e’tirofi kishini sergak torttirmay qo‘ymaydi. Axir she’riyat ixlosmandlari Erkin akani lirik shoir sifatida e’zozlaydilar, sevadilar. Nahotki shunday ijodkor Said Ahmadning e’tiborini hajviyasi bilan rom etgan bo‘lsa?!
davomi...
Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, inson bir sutkada o‘rtacha 1,5 kilogramm oziq-ovqat, 2,5 litr suv iste’mol qilar ekan. Odam o‘pkasi esa bir sutkada 13 kubometr havoni yutib chiqaradi. Bu butun bir boshli temir yo‘l tsisternasi hajmiga teng. Odam ovqat yemasdan bir oycha, suvsiz — uch kun yashashi mumkin. Biroq havosiz ikki-uch daqiqadan ortiq yashay olmaydi.
davomi...
Yigirmanchi asr birinchi choragidagi Turkiston madaniy hayotiga fidoyi ziyolilarning ulug‘ xizmatlari ko‘rk bag‘ishlab turadi. Vadud Mahmud shu avlodning bir vakilidir. Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo‘lgan (1905 yili vafot etgan).
davomi...
Hazrat Alisher Navoiyning tavalludining 570 yilligi munosabati bilan:
XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod mapzillaridan biri edi.
davomi...
"¢ Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi.
"¢ "Ertaga" hech qachon kelmaydi.
"¢ Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q.
"¢ Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam.
"¢ Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi.
"¢ Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana.
davomi...
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530)
Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, ika-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat - ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
davomi...
Dunyoga juda ma'lum va mashur bo'lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas Edryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham "Titanik" uch kecha -kunduz cho'kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Ammo "Titanik"ning okean bo'ylab birinchi va oxirgi safarining qatnashchisi sifatida salkam uch ming sayyohlar ishtirokida o'zining bu fikri noto'g'ri ekanligini tan oldi...
davomi...
Navoiy merosini muazzam ummonga o‘xshatishadi. Zangori osmon ostida chayqalib turgan bahri muhitning shiddatkor to‘lqinlari quyoshning munavvar nurlari bilan qorishib, borliqqa yorqin ifor taratadi. Ko‘zni qamashtirib, ko‘kka o‘rlayotgan tomchilarning har birida ilohiy nur jilvalanadi.
davomi...
Biz o‘zbeklarda istihola kuchli. O‘zni namoyon qilishdan tortinamiz. Axir bizning o‘nlab noyob iste'dod egasi bo‘lgan shoirlarimiz, yozuvchilarimiz bor. Ular zinhor televizorda ko‘rin*maydilar. She'rlari o‘qilsa ham kadr ortidan, muallifi aytilmay o‘qiladi. Bu kamtarlikning foydasidan zarari ko‘proq...
davomi...
So‘zni his qilishning o‘zi ulkan san'at, iste'dod, mahorat. Bu borada har kim tinimsiz ishlashi, izlanishi, maktab o‘quvchisi misol o‘rganishi zarur. Afsus*ki, men bu borada murabbiylik da'voim yo‘q. Til sabog‘iga qodir ijodkorlarni adabiyotimiz maydoniga safarbar etish unutilib qolayotgani yaxshi emas.
davomi...
Nikolay Vasilevich Gogolning o‘zi rus adabiyoti dahosi deya e'tirof etiladi. Ammo Gogolning insoniy fazilatlari haqida gap ketganida hech kim yakdillik bildirmaydi. Zamondosh va tarixchilarning xotiralarida buyuk adib sirli, damduz, ayyor, firibgarlik va aldovlarga moyil inson sifatida xarakterlanadi.
davomi...
Ziyouz.com da xotira va qadrlash haftasi:
Asqar Mahkam. Shavkat Rahmonning so‘nggi nafasi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8176&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/shavkat_rahmon1.jpg)
Ey, gulim,
Ko‘zlarga yoshlar to‘lganda
Soyamiz qo‘shilgan damlarni eslang!
Shavkat RAHMON
... U yuzini ters o‘girdi.
— Nimaga keldingiz?Nafasi siqilib, butun vujudi bo‘g‘riqqan, yuz tomirlarigacha taranglashib, tobora qorayib borayotgan daryo toshlaridek zaxali, o‘ydim-chuqur yuzi endi burungidek qoyatoshni eslatmas...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8176&Itemid=378)
Norqobil Jalil. «Men yer bilan salom-alik qilaman» (2004) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8174&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/togay_murod.jpg)
Biz uchun g‘ayritabiiy tuyuluvchi bu "œsalom-alik" Tog‘ay Murodning shiori edi va u bir umr shunga amal qilib yashadi. Chunki u shunday fe’l-a’moli bilan, qolaversa, o‘ziga xos hayot tarzi bilan boshqalardan ajralib turardi. "œBu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" deya erta bashorat qilgan yozuvchining vafot etganiga bir yildan oshdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8174&Itemid=378)
Nabijon Boqiy. Go‘ro‘g‘li sulton huzurida (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8168&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/tura_sulaymon1.jpg)
To‘ra Sulaymon bahorda bir ko‘rinish berib, qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib ketgancha dom-daraksiz ketdi. Nima balo, bedarak yo‘qoldimikan, deb o‘yladik. Unday desak, goh Iqboldan, goh Asqar Mahkamdan, "œuyoq-buyoqqa ketib qolmang, To‘ra buva tashrif buyurmoqchilar", degan xushxabar eshitilib qolardi. Labimizni yalab, yuzimizga tabassum yugurib, uch-to‘rt kun mayin kekirib yuramiz:
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8168&Itemid=378)
Umarali Normatov. Qodiriy haqida qaydlar (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8163&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/qodiriy.jpg)
«O‘TKAN KUNLAR» VA QO‘RQUV SALTANATI
XX asr o‘zbek nasrining shoh asari «O‘tkan kunlar» romani ilk bor 1922 yili «Inqilob» jurnali sahifalari orqali dunyo yuzini ko‘ra boshlagan edi. O‘sha daqiqalardan e’tiboran bu asar millatning har bir ziyolisi, kitobxoni ruhiyatiga, ma’naviyatiga, qolaversa, shaxsiy hayoti va taqdiriga qaysidir darajada daxldor.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8163&Itemid=378)
Shukur Qurbon. Bo‘z bolasi o‘zbaki so‘zning (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8162&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/muhammad_yusuf.jpg)
1. "œSIZ — MAHAMMAT YUSUPSIZ-A..."
Aslida bu xotirani men emas, mening to‘g‘rimda Muhammad Yusuf yozganida to‘g‘riroq bo‘lardi. Harholda undan besh-olti ko‘ylakni ortiqroq kiygandim. Shoirning o‘zi ham buni his qilib, menga andijoncha, ya’ni ismimni qo‘shmay, o‘z jigarlarimdek samimiyat bilan "œaka", deb murojaat etardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8162&Itemid=378)
Hamid Ziyoyev. Birinchi jahon urushi va o‘zbeklar (birinchi maqola) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8153&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/1-jahon.jpg)
O‘zbek xalqi ko‘p ming yillik tarixning muayyan bir davrlarida chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarida yuz minglab odamlari va boyliklaridan ayrildi. Ko‘p shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi. Ammo xalqimiz o‘tmish zamonlarda chorizm va sho‘ro davlatining 130 yillik hukmronligi davridagidek qirg‘in-barot, talon-taroj va azob-uqubatlarni boshidan kechirmagan edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8153&Itemid=378)
Hamid Ziyoyev. Ikkinchi jahon urushi va o‘zbeklar (ikkinchi maqola) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8154&Itemid=378)
(http://ziyouz.com/rasmlar/2-jahon.jpg)
Garchand chor hukumati ag‘darilgan bo‘lsa-da, lekin uning mustamlakachilik siyosati va milliy zulmi sho‘ro davlati tomonidan izchillik bilan davom ettirildi. Chorizm davridagi haq-huquqsizlik, adolatsizlik, qirg‘in-barot va milliy boyliklarning talanishi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Tarixda ko‘rilmagan bunday fojialarning barchasi saltanatparastlik va kommunistik g‘oyaning mahsuli edi, xolos.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8154&Itemid=378)