Onajon, opam va singillarimga ham ayting, kiyim-kechagiga e’tibor berishsin, Allohning amrlariga bo‘ysunsin, ochiq-sochiq yurishmasin, aks holda bu yerda ming bora pushaymon bo‘lishadi va jannat ne’matlaridan bebahra qolishadi, «Qalbim toza, qalbimga qara, namozimni ham o‘qiyman» kabi so‘zlar g‘aflatda qolgan kimsaning gaplaridan boshqa narsa emas, bu xatoga aslo yo‘l qo‘yishmasin, mo‘minlar barcha go‘zal va shar’iy amallarini ko‘paytirsa, bu yerda nadomat qilmaydilar, moda, deb butun qomatlarini ko‘rsatadigan kiyimlarga burkanmasinlar, ko‘kraklarini ochib, avrat joylarini namoyish etmasinlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurganlaridek, «kiyimli yalang‘ochlar» o‘laroq o‘zlarini aldamasin; ana bilishingiz kerak, bu yerda hech bir gunoh yashirin qolmaydi, boshqalar ko‘rmaydi, degan xayolda gunohga qo‘l urmanglar, chunki hisob-kitob kuni hatto gunoh qilgan a’zolaringizning o‘zi ham guvohlik berishadi.
("Qabrdan maktub" dan parcha)