Assalomu alaykum.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Hurmatli forumdoshlar, xatmul qur'an ishtirokchilari, biron bir ish behikmat bo'lmaydi inshaAlloh. Bu navbatdagi
qur'on tilovatining ma'lum bir muddat nihoyasiga yetmay turishida ham bir yaxshiliklar bor deb umid qilamiz.
Allohim jamiyki amallarimizni dargohida beriyo qabulu maqbul aylasin. Amiyn.
Alhamdulillah bizga ajratib berilgan 19,20,21,22-juz'lar tilovatini nihoyasiga yetkazib qo'ydik inshaAlloh.
Barchamizga, bu omonat hayotimizda, kalomullohni tilovat ila xatm qilishligimiz, unga amal qilishligimiz, kelajak
avlodga bekamu ko'st yetkazishligimiz nasibu ro'z aylasin. Amiyn.