Assalomu alaykum!
1. Lobar Azizxo`jayeva.
2. 29/01/1991
3. Toshkentdanman, ayni vaqtda esa sevimli ishxonamdaman:)
4.
[email protected]5. ...
6. Hayot maktabida oddiy o`quvchi, 7x7 gazetasida esa adabiy bo`im boshqaruvchisi va jurnalistman.
7. Xayol dunyosida yashayman... Badiiy kitoblar, kitoblardagi qahramonlar- mening hamrohlarim. Kasbchilik, har bir sohaga, har bir ishga, har bir voqeaga qiziqaman. Shuningdek turli taom va pishiriqlar tayyorlashga(ishdan ortganda), har xil buyumlar yasashga(ilhom kelganda), telefonda quvnoq muloqot qilishga(ishdan qaytayotganda), agent orqali do`stlar bilan muloqot qilishga(hafalik rejalarimni topshirib olganda) qiziqaman. O`zim nasr va nazmda ijod qilaman(hikoya, she'r, badihalar, tarjimalar, intervyular...). Fe'l atvorim ob havoday, ba'zan jiddiy, ba'zan o`ta quvnoqman. Ishxonada hammani kuldirishni, quvnoq kayfiyat ulashishni yoqtiraman. Bolajonlar- jon-u dilim. Chaqaloqlr bilan shunday tez til topishaman-ki! Agar kasbimni bu qadar sevmaganimda mendan yaxshigina enaga chiqishi mumkin edi:)
8. Hali tumushga chiqish niyat yo`q:)
9. Oilada uch qiz, bir o`g`ilmiz. Kamina eng kenjatoy va erkatoy:)