460/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom agar shamol essa tizzalarini yerga qo’yib:
«Allohummaj’alha rohmatan va la taj’alha ‘azaba. Allohummaj’alha riyahan va la taj’alha riyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, uni rahmat ayla, azob qilma. Allohim, uning osoyishtaligidan qil, kuchliligidan qilma.) Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat qilganlar.
Alloh taolo kitobida aytadi:
«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik» (Qamar surasi, 19-oyat);
«Biz ularning ustiga tug’mas (foydasi yo’q) bo’ronni yuborgan edik» (Vaz-zoriyot surasi, 41-oyat);
«Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo’lgan hollarida yubordik» (Hijr surasi, 22-oyat);
«(Allohning qudrati ilohiyiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) — (yomg’ir haqida) xushxabar olib keluvchi shamollarni yuborishidir» (Rum surasi, 46-oyat).