Assalomu alaykum!
So'nggi ikki intervyu haqida shaxsiy fikrlarim:
1. Intervyu hajmi va jumlalalrdagi so'zlar soni qisqarib, uni o'qishliligiga sabab bo'lgan.
2. Qavs ichidagi kursivdagi izohlar garchi tabassumga sabab bo'lsa-da, intervyuning jiddiyligiga ta'sir etgan.
3. Intervyudan aniq maqsad ko'zlanganligini bilish qiyin. 2-intervyuda forum va forumdoshlar haqidagi qismiga o'xshab, mavzular bo'yicha alohida sarlavhachalar ham qilinsa, maqsadga muvofiq.
4. Intervuyulargagi ba'zi jumlalar haqida mulohazalar:
MuhammadSohib: Ta'limni kitoblardan olganmiz.Diynga Alloh buyurgani uchun amal qilganmiz.
Muhammad Sohib, bir ustoz ham toping. Islomiy ilmni kitobdan ham o'rganish mumkin. Lekin ustoz bilan o'rganilgan ilm chuqurroq bo'ladi va qalbga yaxshi singiydi. Ustoz oynadek gap: doim sizni o'nglab turadi. Shuning uchun ham ulamolar islomiy ilmlarni o'rganishda bir ustozga tayanishni tavsiya qilishadi.
ChehMik: Endi shu uylanmagan yigitlarga qanday maslahat berasiz?
Intervyu oluvchilar, savol so'rovchidan so'ralayotgan savoldagi jumlalarga yaxshilab e'tibor bersangiz.
Maslahat odatda, ma'lum bir sohada yetuk natijalarga erishgan insonlardan olinadi. Intervyu berayotgan shaxs endigina uylanganini hisobga olib, savolni maslahat emas, "umr yo'ldosh qidirish va 1,5 oylik turmush davomida ko'rganlaringiz xulosasi asosida qanday mulohazalar bildira olasiz?" tarzida savol qo'yilsa, menimcha, go'zalroq bo'ladi.
"Yoshlarga maslahatim..." degan javobni ham, "uylanish arafasidagi yoshlarga mening kichkinagina tavsiyam" tarzida ifoda etilsa, go'zalroq bo'lardi.
Muhammad Amin: Meni fikrim bo'yicha mazhab bo'yicha emas, Qur'on va Sahih hadislar bo'yicha dinda borsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Alloh bilguvchi... Biz ojiz bandalarmiz... Sahih hadislar va Qur'on hammasiga javob beradi...
Bemahzablikka ham shunday degan bo'lardim... Chunki mahzablar ham Allohni bandalari tomonidan tuzulgan. Demak ular ham xato qiladi.
Muhammad Amin, iloji bo'lsa mazhab haqida aniq bir fikrga kelishingiz uchun, aynan shu mavzudagi bilimlaringizni mustahkamlab oling. Aks holda siz qabul qilayotgan diniy axborotlarni tahlil qilishda biroz qiynalib qolasiz.
Mazhab ham Qur'on va hadis, qiyos, ijmo'dan tashkil topadi. Ahli sunna val-jamoaning 4 ta yo'li: hanafiy, molikiy, hanbaliy, shofe'iy mazhablari Haqqa olib boruvchi yo'l sifatida qabul qilingan. Mana shu yo'ldan qaysi birini tutsangiz, inshaalloh xato qilmaysiz.
Sahih hadislar va Qur'ondan topilmaydigan masalalar ham bo'ladi. Aynan o'sha maslalarni Alloh rahmat qilsin mazhabboshi mujtahidlarimiz qiyos va ijmo' bilimlari orqali bizga ma'lum qilib ketganlar.
Mana, masalan, burundan qon oqsa tahorat ketadimi?
Bu narsa Qur'onda ham, hadisda ham mavjud emas. Nima qilasiz?
Ana endi mazhabboshilarimizga murojaat qilamiz. Hanafiy mazhabiga ko'ra, tahorat ketadi.
Siz mazhab egalariga ergashavering. Chunki, bizning ijtihod qilishga ilmimiz ham, aqlimiz ham yetmaydi. Qur'on va hadisni qaysi holatda joriy bo'lgani, qaysi hukm uchun ishlatilishi haqidagi bilimlarimiz ham yo'q. Biz ergasguvchilarmiz. O'sha buyuk zotlarga ergashganimiz uchun savob olaveramiz.
5. Yana bir fikr. Berilayotgan savol va javoblarni oniy aloqa vositalari (Agent, Messenger) orqali emas, PM yoki emailda amlaga oshirgan ma'qulroq. Chunki javob beruvchida ham savol beruvchida ham shunda o';ylab, fikrlashga vaqt ko'proq bo'ladi.