Buvimiz 3-4 dona shar olib kelgandilar. Sharlar ko'ringanlariday "shaffof" emasliklarini ko'rdim.
1. Sharni shishirib o'g'limni qo'liga bog'lagandik, uchib ketmasin, o'ynasin, deb. Ipi o'ralashib, qo'lini achita boshladi, darrob chiqardik.
2. O'g'lim sharni yorib, qarasam og'ziga solib emyabdi, sharni yutishi mumkin edi, Xudo saqlasin.
3. Eng qiziq tarafi-shar qo'lida edi, birdan yon tarafiga ag'darilmoqchi bo'ldi, shar qornini tagida qolib birdan o'g'limni "otib yubordi" ....
Demak kichik bolani aslo yolg'iz qoldirmaylik azizlar.