Ma'lumki juda ko'p islom dinini o'rgatuvchi kitoblar nashr qilinmoqda. Bu erda shu kitoblar haqida fikr almashsak inshaalloh yaxshi bo'lsa kerak. ))
Men birinchi sizlarga taklif etadigan kitobim bu Tafsir Hilol va Hadis va Hayot kitobi. Dinimizni mukammal bilmoqchi bo'lsa Qur'on va hadisni o'rganishimiz lozim va ularni mahkam ushlashimiz lozim
Albatta hozirgi kunga kelib, juda ko'p islomiy kitoblar chop etilyapti.
Ularning hammasini ham ishonchli deb bo'lmaydi. Undan tashqari internetdan ham istalgancha kitob topish mumkin.
Ayni shu paytda bitta muammo paydo bo'ladi:
Xo'sh, qanday kitobni o'qish kerak?
Tafsiri hilol va Hadis va hayot kitoblari ahli sunna valjamoa, hanafiya mazhabiga to'liq mos keladigan kitoblardir. Men ham shu kitoblarni o'qishni tavsiya etaman. Yana Shayx hazratlarininbg "Sunniy aqidalar" kitobi ham hopzirgi kundagi ko'pgina aqidaviy masalalarga javob beradi.
Eshitishimcha yana Shayxning "Vasatiya" kitobi ham chiqayotgan ekan. Men uning video tafsilotini ko'rgandim. Ushbu kitobda ham islomda vasatiya haqida so'z boradi.