Tarixing ta’rifinda.
Fosiq fe’lli ko’p kaslaring,
Noming bulg’ar alhazar,
Shul o’rinda tarixingga,
Tashlasak bir dam nazar"¦
Qirg’in-barot, qiy chuv ila,
O’tdi qancha asrlar,
Vayron bo’ldi, kuyib bitdi,
Qancha qo’rg’on qasrlar.
Qay elating buyuk bo’ldi,
Egalladi sharf — shon.
Qay biridan qatli om-la,
Qolmadi hech nom nishon.
Xudolikni da’vo qilgan,
Uch to’rt badxulq kasriga,
Qirg’in to’ldi tarixingning
Har bir yilu asriga.
Qirg’iningga qo’l keldi ko’p,
Qilgan kashfiyotlaring,
Insonligin unutdi ko’p,
O’z zotingga yotlaring.
Ilk yasalgan qurollaring,
Turli suyak toshlardan,
Qancha-qancha tanalarni,
Judo qildi boshlardan.
Jonga qasdni qildi maqsad,
Topilgan turli tig’ing,
Qirg’iningni qildi oson,
So’ngra pilta piltig’ing.
Lek miltig’ing kor kelmadi,
Qo’rg’onlarni buzishga,
Zambarakni o’ylab topding,
Kor kelar deb bu ishga.
To’p-to’p qilib odamlarni,
To’plab otdi to’plaring,
Bu ham kamday ixtironi
To’xtatmasdi ko’plaring.
Va nihoyat kashf qilindi,
O’zi yurar qurollar,
Qirildi ko’p begunohlar,
Ayollar, yoshlar,chollar.
So’ngra o’zi uchar, otar,
Qurollar ham topildi,
Go’yoki tosh qurollaring,
Sahifasi yopildi.
Yo’q!Yo’q!Yana bir bora — Yo’q!
Bekorlarni aytasan,
Bu ahvolda yana tezda,
Tosh qurolga qaytasan.
Tarixdagi urushlaring,
Sanog’iga cho’t yetmas,
Yana urush, qirg’in barot,
Miyangdan nari ketmas.
Bul ketishda omonatin,
Xojang qaytib olgaydir,
Minglab yillar yiqqanlaring,
Keyin kimga qolgaydir.
Qurollaring kor kelmasdir,
Haq balosi kelsa zo’r,
Qani, keyin qolarmikan,
Sendan bitta merosxo’r?
Har tarafdan turli to’fon,
O’rlab holing bo’lsa tang,
Kor kelmasdur qanotliyu
Va qanotsiz raketang.
Butun boshli koinoting,
Yonib tursa o’choqday,
Topgan atom bombalaring,
Uchar pista po’choqday.
Nafs yo’lida topganlaring,
Seningcha hali kamdur.
Har topganing tanazzulga,
Qo’yilgan bir qadamdur.
Har g’arazli kashfiyoting,
Har bir yangilik ishing,-
Oqibati bir vaqt kelib,
Boshga balo ortishing.
Har kashfingdan hayratdasan,
Oshib zavqu g’ayrating,
Bu borlqini bor qilganga,
Yo’qdir aslo hayrating.
Ildam bo’l-u,hovliqmagil,
O’zdan ketib shoshmagil,
Har ixtiro borasinda,
Hech haddingdan oshmagil.
Maqsad quyon ovlashmidur,
Yoki o’rdak otishdur?
Qurolingdan maqsad bitta,
Zotingni yo’qotishdir.
Nima bu bir adashishmi,
Yoki istak xohishmi?
Yoki ermak o’yinmidur,
Yo boshqa zarur ishmi?
Tinchligingni tinch yo’l ila,
Nahot hal qilolmasang,
O’zing boshlab o’yiningni,
Adog’in bilolmasang?
Balki dersan bu bir ermak,
Yoki tinchlik qurishdir,
Yo’q,aldama,niyating bad,
Maqsading — shum urushdir.
Orangdagi uch-to’rt kasning,
Cho’ntagi, pul uchundir,
Asli erta paydo bo’lar,
Vayrona, kul uchundir.
Qurollaring uchun bozor
Erur urush maydoni,
Nishon tayin, bu o’zingsan,
Ya’nikim, inson joni.
Ba’zi damlar ketib o’zdan,
Chalib shodlik kuyini,
Huvillatib qo’yding ancha,
Allohning Bayt — uyini.
Ulug’ ibodatxonalar,
Vayron bo’ldi talandi,
Sharobxona ombor bo’ldi,
Va yoki o’t qalandi.
Harom-harish narsa tiqding,
Boqding unda cho’chqalar,
Hozirda ham kimdir qayda,
Ulug’ baytga o’t qalar.
Gumrohlikning sahrosida,
Adashding,kezding, chopding,
Unutib sen Haqni, turli
Dohiylar o’ylab topding.
Tarixingda qaysi bir zot,
Doxiylikni istadi,
Omma aqlin axta qilib,
Daxriylikka qistadi.
Ul "œdaho"lar xohlamasdan
Xoliqning xohishini,
Xohladilarkim, xaloyiq
Haqni unutishini.
Qani o’sha dixiylaring,
Qani o’sha "œdaho"lar?
Bilmam,endi Xollaq O’zi,
Buni qandoq baholar?
To’g’ri o’rgan o’tmishini,
Zaminning har xalqini,
Tarxingni to’g’ri bitgil,
To’g’ri bo’lsin talqini.
Ko’p kuzatdim tarixingda,
Yolg’on yashiq bitishlar,
Kimlargadir kerak bo’ldi,
Turli taftish-titishlar.
Avlodlaring adashtirgay,
Bundayin usti ostlik,
Tarix talab qilar sendan,
Hamisha ro’yi rostlik.
Tarix bu — osor maktuba -
Ajdodlaringdan xatdur,
Tarix aytar kimligingni,
Tarix saboq, ibratdur.
Qavmlaring shajarasin
Ko’plar chalkash tuzmishlar,
Atay toptab o’tmishingni,
Tarixingni buzmishlar.
Kim tilabdur o’zga elga,
Bosqinlik, zulm, zo’rlik,
Bir kun oxir qavmi ko’rgay,
Battar bir xorlik, xo’rlik.
Kim quturib tig’ o’natar,
O’zga elat qoshida,
O’sha tig’I bir kun o’ynar,
O’z xalqining boshida.
Kim agar kin, g’araz ila
Yer yuziga chang solar,
Oqibat o’z eli cuhun
Do’ppidek bir yer qolar.
Biz buyukmiz degan zotlar,
Yurtlariga bir-bir boq,
Shumlik shunday saboq berar,
Tarixdan shunday saboq.
Qani o’sha yer yuzini,
Olmoqchi sarkardalar.
Barchasining borlig’iga,
Tarix tutdi pardalar.
Birir oqil, biri johil,
O’tdi qancha amirlar.
O’tdi qancha "œbexabarlar"
Hamda valiylar,pirlar.
O’tdi barcha johillar ham,
Ham barcha ahli donnish,
O’tdi jimgina yurganlar,
O’tdi qilgan dil xonish.
O’tdi qancha faqir gado,
O’tdi qancha boylar ham,
Qurib bitdi qancha daryo,
Qancha toshqin soylar ham.
Ketdi qancha tog’,o’rmonlar,
Kesildi qancha tollar,
Ketdi ming yillik chinorlar,
Ketdi yosh navnihollar.
Qora qondan qancha-qancha
Daryolar to’ldi, toshdi,
Qancha yo’llar uzra qavming,
Qilig’I haddin oshdi.
Shu qisqa bir tarixingda
Qavming to’kdi qancha qon,
Xamirturushingga tuproq
Bergan zamin pushaymon.
Oh, ul qancha istamovdi,
O’shal payti ibtido,
Quloq tutgil,qat qatidan,
Har lahza qilur nido.
Sezgan erdi kirdikoring,
Ul berarda loyini,
Ne ilojkim, sendan qochib,
Tark etolmas joyini.
Har quturgan holatingda,
Bo’lmasdur seni tanib,
"œLoy hadya"si yodga tushib,
Zamin qo’yar siltanib.
Ba’zan boshi, ba’zan qalbi,
Yo boshqa joy tebranar,
Zotingdagi tushunmaslar,
Tushunmay ajablanar.
Sig’dirolmay ichga alam,
Zamin titragan damda,
Qaysidir bir qavimng qolar,
Falokat g’am alamda.
So’ngra samo saltanati,
Yig’lagay to’yib to’yib,
Sen qolarsan sel ichinda,
Tinchliging bir yon qo’yib.
Ul zamonkim osmon zamin,
Yo’qotsa sabru toqat,
O’shal damda yog’ilgaydur
Boshingga bir falokat.
Qani qavming qachon o’zin,
Fe’lu xuyin tuzatar,
Degandayin Sobir senga
Sezdirmayin kuzatar.
Tugal topmas ta’rifingdan
Qalqisin ko’zda yoshing.
Bitik bitib bilmam charchoq
Yetsa bo’ldi bardoshing"¦
Nazarimda ko’pchiliging
Kimligin unutganday,
Qani edi ta’sir qilsa
Yozganim men kutganday.
Bul bitigim ta’sir qilsin
Misoli bir chaqinday,
Bul ketishda,nazarimda
Halokating yaqinday.