Inego'l Turkiyadagi Bursa viloyatining bir nohiyasidir. Tabiati, manzarasi o'zgacha. Bu kotlet ham İnegol'lga xos bir kotletdir...1.5 kuni muzlatgichda o'tgan xom kotletlar pishganda og'izda eriydi...
Masalliqlar: 500 gr molning to'sh qismidan qiyma
1 dona piyoz
0.5 qoshiq iste'mol sodasi
2 qoshiq suv
1 qoshiq limon suvi
2-3 qoshiq non maydasi
istakka qarab tuz
Tayyorlanishi:Qiymani avvalo yaxshilab yo'g'iring. So'ngra non maydasi, suv, tuzni solib yo'g'iring. Idishingizni qopqog'ini yopib, 24 soat muzlatgicha solib qo'ying- xolodilnikka:)
Ertasi kuni limon bilan sodani aralashtiring. Ko'pirgan qorishmani qiymani ustiga soling. Piyozni qirg'ichdan o'tkazib, qiymaga aralashtiring.
Qiymalardan yong'oq kattaligida bo'laklar olib, shakl bering. Ustini yopib, 5-6 soat yana xolodilnikka soling:)
Muzlatgichdan olgan xom kotletlarni pishirmasdan 10 daqiqa oldin chiqaring, biroz xona haroratida yumshasin.
Inego'l kotlelarini:
1. duxovkada 200 darajada
2. biroz yog' solib tovada
3. tost mashinkasida
pishirishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha...
Foydalangan manbalarim:
http://yemekvetatlitarifleri.com/inegol-kofte-tarifi-p-235.html?osCsid=jiigmcs6oea8o7sac1ullac7q3http://kzmveben.blogspot.com/