Amerikada bosh bilan mih qoqish bo'yicha jahon chempionati o'tmoqda.Chempionatga dunyoning eng boshi qattiq odamlari yig'ilishgan.Chempionatni ko'rish uchun kelgan odamlardan stadion to'lgan.
Chempionat boshlandi.Rossiyalik mih qoquvchi uch daqiqa ichida boshi bilan to'rt ta mihni qoqib tashladi.Boshiga esa hech narsa qilmadi(jarohat etmadi).Barcha uni olqishlay boshladi.
Amerikalik mih qoquvchi uch minutda etti ta mih qoqdi.Odamlar hayratda qoldi.Uning ham boshiga hech narsa qilmadi.
Navbat Uzbekistonga keldi.Uzbekiston vakili sifatida esa Abdulazizbey(o'zimizning ADMIN) chiqib keldi.Uch minut ichida arang bir mihni yarmigacha qoqdi.Uning ustiga boshlari qon.
Hakamlar g'oliblarni e'lon qila boshlashdi.3-o'rin:Rossiya,2-o'rin Amerika,1-o'rin...Uzbekiston.Barcha hayron,tomoshabinlar hayqira boshladi.Hakam nima uchun Abdulazizbeyga 1-o'rin berganini tushuntira boshladi:"Ahir u mihni orqa tomoni bilan qoqib tashladi"...