Shu yilning 1-mart kuni.
Ishlarimiz kech tugaganligi uchun Samalyutga ulgurmadik Andijondan Shoshga moshinada yo`lga chiqdik.
"Ish qilib dovon oshiq bo`lsinu shu kecha yetib olayli Shoshga" - degan o`y tinchlik bermasdi meni.
- Qayerdadir patir sotarmidi? Yoki o`tib ketib qoldikmi? - so`radim haydovchidam.
- Hali kelmadik. Oldinda.
Haydovchining telefonlari jiringlab qoldi:
- alo.
- ...... -
- patirdaman - dedi haydovchi.
Men Patir sotadigan joyga yetib kelganimizni tushundim.
"Patirga" yetib keldik. 4 ta patirni sotib olgan edimam.
- Pereval yoqip ekan - dedi haydovchi.
- Nahotki, yo`g`e - dedim ishongim kelmay.
- Ertalab ochilarkan. .... - dedi haydovchi
- Ertaga tushda ochilarkan.... - dedi yana bir boshqa haydovchi.
"Axir ertaga uchrashuvlarim borku. Endi nima bo`ladi?" - degan xayollar tinchlik bermasdi.
"Patir" yaqinidagi choyxona/oshxona ga kirdik. Ikkit so`ri. Biri bo`sh, ikkinchisida esa boshqa haydovchilar. Keyin bilsam ular yuk mashinasi haydovchilari ekan.
Birin ketin yana boshqa yo`livchilar, haydovchilar kira boshlashdi.
- Dovondan hozir tushib kelyapmiz. Angrendan qo`yib yuborayapti. bu tomondan qo`yishmayapti. Bu tomoda yuk mashinalari tartibi buzulgan. Qor yog`ayapti.
Haydovchilar, oshxonada ishlovchilarning yo`l, ob havo, tirikchilik mavzularidagi hikoya va suhbatlari ancha qizidi. Men esa faqat tinglardim.
Kimdir:
- Dovon yopilsa vodiy Toshkentdan butunlay uzulib qoladida - dedi oshxonada ishlaydigan yigitlardan biri.
Orada bir necha soniyali sukunatdan keyin:
- Toshkent ham vodiyidan ajralib qoladi-da - qo`shib qoydim men.
Yana bir necha soniyali sukunatdan keyin:
- ha, to`g`ri aytasiz lekin - deb bosh silkib menga qarab qo`ydi bir haydovchi.Shu tun, kimdir mashinada, yana kimlardir oshxonaning boshqa hujralarida tunashdi. "Iloyo ertalab ochilsinda" - deya men ham uyquga ketdim.
Uyg`inganimda tong allaqachon otgan ekan. Ko`chaga chiqdim. Havo juda yaxshi. "Yo`l ochilganmikin-a". Yana hujraga kirdim.
- Hozir ochib yuborisharkan - deya ko`zini ochdi haydovchi telefonini qilida tutgan holda.
- oka, yo`l ochilibti - qo`lida supurgi bilan eshikni qiya ochdi oshxonada ishlaydigan yigit.
- Xayriyat.
Va nihoyat yo`lga tushdik:
Kichik va katta mashinalar turnaqator bo`lib dovonga ko`tarilib borishardi.