Yuksaklarga uchuvchi ko'ngil...
Bo'yladir Ushbu jahonda qiyli qol,
Och ko'zingni, boq jahonga, ibrat ol,
Sen o'zingdanku qocholmassan aniq,
Bas, netib Haqdan qocharsan, ey rafiq?!
"Masnaviyda" keltirilishicha, Hazrat Sulaymon payg'ambar saroyiga bomdod va peshin namozi o'rtasidagi vaqtda bir odam shoshib kirib keldi. QO'riqchilarga juda muhim masalada Hazrat Sulaymon bilan ko'rishmoqchiligini aytdi. Qo'riqchilar uni darxol hukmdor huzuriga olib kirishadi. Hazrat Sulaymon rangi oqarib, qo'rquvdan titrayotgan odamdan so'raydi:
-Nima bo'ldi, nega titrayapsan? Nima darding bor?
-Bugun tong payti qarshimdan Azroil a.s. chiqdi. Menga qahr bilan bir qarab qo'ydi-da, yonimdan uzoqlashdi. Bilishimcha, u jonimni olishga qaror bergan,- dedi o'sha odam hovliqib.
-Xo'sh, mendan nima istaysan?- dedi Hazrati Sulaymon.
-Ey jonlarning qo'riqchisi va mazlumlarning olampanohi! Qurtlar, toshlar, tog'lar sizning amringizdadir. Shamolga ayting, meni Hindistonga olib borib qo'ysin, balki Azroil meni u yerdan topa olmas. Shu yo'l bilan jonimni asrab qolarman, yolg'iz umidim sizdan,- deb Hazrati Sulaymonga yolvora boshladi.
Sualymon a.s.ning u kishiga rahmi keldi. Shamolni chaqirib, unga "bu kishini darhol Hindistonga olib borib qo'y" deya amr etdi. Shamol bir onda uni Hindistondagi uzoq orolga yetkazdi.
Peshinga yaqin Hazrati Sulaymon devonni to'plab, yig'ilganlar bilan ko'risha boshladi. Qarasa, yig'ilganlar ichida Azroil a.s. ham o'tiribdi. Hazrati Sulaymon unda:"Ey Azroil, ertalab nega bir kishiag qahr bilan qaradingiz, nega u bechorani qo'rqitdingiz?" deb so'radi.
Dedi Azroil:"Ko'rib yo'l ustida,
Bir zamon qoldim taraddud ostida.
Chunki Haq aytmishdi:"Bir kun umri bor,
Senga Hindistonda jon etgay nisor".
O'yladim:Olisda jon bergay? Ajab,
Yuz qanoti bo'lsa ham, mushkul bu gap!"
"Masnaviy" deydi:"Biz kimdan qochmoqdamiz? O'zimizdanmi? Bu bir xayoli ish...Jonimizni kimdan qutqarib qolmoqchi bo'lyapmiz? Allohdanmi? Uning haqiqiy egasidanmi? Bu bo'sh hayoldir, bu maholdir...Dunyo Allohdan g'ofil qolishdir. Dunyo pul, ayol, kiyim kechak, tijoratdan iborat emasdir. Buni yaxshi bil".
Foniylikni va uning hikmatlarini o'rgana olgan yoki olmagan, abadiy azamatni his qila olgan yoki his qila olmagan har bir inson oxir - oqibatda qabr to'shagida cho'zilajakdir.
Hazrati Mavlononi tinglaymiz:"Vujudingni semirtirib, taraqqiy qildirma, chunki u oxiri tuproqqa beriladigan qurbondir. Sen ko'nglingni taraqqiy qildir. Yuksaklarga uchadigan, sharafga erishadigan udir...Ruhingga ma'naviy uzoqa ber. Uni komil tafakkur, inja his-tuyg'ular bilan quvvatlantirginki, manzilga yetib borsin!"
Usmon Nuriy To'pbosh.
FIKRAT jurnalidan.