Rashk haqda.
Rasuli akram ( s.a.v.) marhamat etadilar:
" Isro kechasida ( Me'rojga chiqarilganimda ) jannatda bir bino ko'rdim. Ko'shk yonida bir ayol tahorat olardi.
- Bu ko'sh kimniki ? -deb so'radim.
- Umarniki ! -deyildi.
O'sha ko'shkni aylanib ko'rmoqchi bo'ldim,lekin Umarning rashkchi ekanini eslab istagimdan voz kechdim ! "
Rasululloh ( s.a.v. ) ning bu so'zlarini eshitgan hazrat Umar ( r.a. ) yig'lay boshladilar va :
- Yo Rasululloh ! Sizga qarshi ham rashk tuyarmidim ! -dedilar
( Buxoriy, Bad'ul-Xolq, 8 Nikoh, 108; Ibn Moja, Muqaddima, 11 ; Ibn Hajar, Fathul-Boriy, 10/400-401 ).
Rasuli akram ( s.a.v. ) marhamat etadilar:
" Alloh taolo qizg'onadi. Mo'min qul ham qizg'onadi. Alloh qulini haromdan qizg'onadi. (Qulni haromdan asraydi). Shuning uchun ochiq-yashirin barcha yomon ishlarni ta'qiqlab,xarom qildi".
(Buxoriy,Nikoh,107 ; Muslim, Tavba,36 ; Termiziy, Rido, 14 ; Ahmad, Musnad, 2/342).
Rasululloh aytdilar:
" Albatta, Alloh taolo ba'zi rashkchilarni yaxshi ko'radi, ba'zi rashkchilarni yomon ko'radi (nafratlanadi,la'natlaydi). Huddi shunday ba'zi g'urur va kibrni sevadi,ba'zilarini la'natlaydi. Sevgan rashki-erkakning haqli ravishda xotinini qizg'onishidir. Sevmagan qizg'onishi esa hech qanday dalil-belgisiz,o'rtada shubha,dog' bo'lmagani holda er xotinini qizg'onishidur. Alloh sevgan g'urur va kibr kishi dushman bilan qarshilashganda va bir iztirob-musibat bilan yuzma-yuz kelganda shon-sharaf bilan mardlik va jasorat ko'rsatishidir. Alloh la'natlagan,nafratlangan,yomon ko'rgan g'urur va kibr esa,botil va behuda bir ishda maqtanib,g'ururlanishi va kibrlanishidir"
( Abu Dovud, Nikoh, 104 ; Nasoiy, Zakot, 66 ).
Payg'ambarimiz (s.a.v. ) Alloh qiyomat kuni quyidagi uch toifa odamga rahmat nazari bilan qaramasligidan,ularni jannatga qo'yilmasligidan xabar berganlar:
- Ota -Onasiga oq bo'lganlar ( isyon qilganlar,ularning haqlarini oyoq-osti qilganlar,toptaganlar).
-Ayolini begona erkaklardan qizg'onmaganlar. (Ayollarining harom ish va aloqalaridan zavq olgan erkaklar).
- ( Qiliq,qiyofa-kiyinishi, hol va harakatlari bilan erkakka o'xshash) erkakchalish ayollar.
( "Oila saodati", 55, Toshkent,2012)