to'ydan oldin kelin- taraf rozi bo'lgandan keyin kichgina fotiha marosi qilinyapti,
to'yga yaqin kelin taraf kuyovga kuyov taraf kelinga sarpo qilish uchun ko'ngildan chiqargancha pul beradi va har kim o'ziga yoqqan narsasini olib quda tarafga bervoradi(bu yangi odatlardan,, avval bunaka bo'lmagan) ,bir -birlari bn sarpo almashib kichkina ziyofatcha yuborishadi..
keyin,
bemani odat "kuyovga ziyofat uzatish marosimi "(30-40-50 ta dasturhon junatilar edi ) ham yo'q bo'ldi hozirda , shunisigayam shukur
nonushtada sho'rva +osh beriladi,
(o'rta hol oilalar faqat osh)
keyin ,ayollar +kelinni dugonalariga "qiz bazm" bo'lyapti hozir ,(bunda erkaklar aralashmaydi).
ko'pchilik oilalar bunga ruhsat berishmaydi alhamdulillah (qiz bazmga), mehmondorchilik bo'ladi holos.
kuyov jo'ralar bn kelin tarafga kelib 1-2 soat bazm bo'ladi , keyin kuppa-kunduz kuni kelinni kuyov honadoniga olib ketiladi,
u yerda ayolla mehmon bo'lishadi yana (kelin tomondan kelgan ),
ulardan keyin kuyov jo'ralari kuyovnikida yana bazmni davom ettirishadi ,
kelinnikida esa obeddan keyin to'y tugayapti (ja galati bo'lyapti ..baribiram avvalgi to'ylarimiz fayzlik edi...()
hullasi hammasi juda tez o'tyapti .....
to'yni ertasidan kelinni bechora onasi 3mahaldan dasturhon jo'natadi 4-5kun,
5-6 kuni "mehmon chaqirdi"marosimi bo'ladi ,
kelinni Dadasi aka+amaki+togalari ,,
va Onasi+hola+ammalari keladi,