Bolani hislari hammamiznikidan kuchli aslida:)
Qo'liga olishi ta'qiqlangan narsalarga ko'proq qiziqadi, payt poylab birdan sakraydi bu narsalarni ustiga:) masalan pul't. Yashiraverib charchadik. Ohiri qaynotam eski pul't olib kelib, tselofanga o'rab berdilar. 1-2 marta qiziqdi, keyin yuzigayam qaramadi:) haliyam haqiqiy ishlaydigan pul'tda ko'zi. Qo'liga tushib qolsa xursaaand, bir pul'tga, bir televizorga qaraydi.
Bolada rostdan ham teskari psixologiya bor. Qilma, degan narsani qiladi, kompyuterdan uzoq tutishga harakat qilganimiz sari bo'ynini egib bo'lsa ham qaragani qaragan. Ayniqsa o'zini rasmi turgan bo'lsa, tanib qolib kulaveradi. O'zini videolarini ko'rsatsak yerida tura olmay, har xil ovoz chiqarib, sakraydi:)