Va alaykum assalom va rahmatullohu va barokatuhu.
1. Ko'p emasu lekin AMMA porasining oxirgi 11 surasini bilaman. Keyin namoz o'qiganda aytish shart bo'lgan suralarni ham.
2. 12 yoshga to'lgan kunim to'liq namoz o'qishni boshlaganman.
3. Ko'proq badiiy kitob o'qishga qiziqaman. Keyin nazmni ham mutolaa qilib turaman. Muhammad Yusufning
"Sen bizni sevgidan xotira, bayroq
Lola, lolajonim, lolaqizg'aldoq"
degan satrlari judayam yoqadi...
4. Yo'q, Ilohim bundan keyin ham bunaqa bo'lmasin.
5. Albatta buni esdan chiqarib bo'larkanmi? Bir marta Jahongir degan sinfdoshimiz derazani sindirib qo'yganida butun sinfimiz bilan uni yonini olib himoya qilganimiz esimda... O'shanda butun koridor bizni sinfni shovqinidan "larzaga kelgandi"!
6. Xiyonatga emasu, lekin aldanishlar bo'lgan maktabda...
7. Ibo-hayo bu eng harir libos. U hammada, ya'ni erkakda ham ayolda ham bo'lishi shart. Ibo-hayo deganda shaqona andishani tushunaman.
(Savollaringiz uchun rahmat!)